6-ma’ruza. Mavzu: Tuzilmali xaritalar tuzish. Rejа
Download 0.74 Mb.
|
6-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаyanch iborаlаr
- 6.1-rasm. Yer ostidagi qatlam relefini struktura xaritasi yordamida tasvirlash
6-ma’ruza. Mavzu: Tuzilmali xaritalar tuzish. Rejа: Struktura xaritalarini tuzish Uchburchaklar usuli. Kesmalar usuli. Strukturalar xaritasini tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish Tаyanch iborаlаr: Struktura xaritasi, svita, mutlaq balandlik, bazis tekisligi, izogips kesimi, topograf, interpolyatsiya, quduq og’zi, gorizont, braxiantiklinal, kalka, quduqning altitudasi. Foydalanilgan adabiyotlar: 6.1. Struktura xaritalarini tuzish Struktura xaritasi biron-bir qatlam, svita usti yoki tagi, intruziv jinslar, rif massivlari yuzasi va h.k. mutlaq balandliklari qiymatining maydon bo’ylab taqsimlanishini ma’lum masshtabda ifodalaydi. Struktura xaritasi topografik asosda, zarur masshtabda tuziladi. Xaritada asosan mutlaq balandliklarning bir xil nuqtalarini birlashtiradigan chiziqlar izogipslar ko’rsatiladi. S truktura xaritasi yer yuzasi relefini ifodalaydigan topografik xaritalardan farqlanadi. Struktura xaritasi tuzilishida turli gorizontlar aks etadi, unda gorizontal chiziqlar vositasida qandaydir biror gorizontning ustki qismi yoki tubining yer osti relefi o’z ifodasini topadi va razvedka quduqlarining aniq loyihalanishini ta’minlaydi. Neft va gaz uyumlarini tadqiq qilishni osonlashtiradi, chunonchi strukturalarning turli uchastkalarda mahsuldor qatlamlar xususiyatlarining (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi, qalinligi, qatlam bosimining tarqalishi va sh. o’.) o’zgarib borishini o’rganishga imkoniyat beradi.
Konchilik amaliyotida struktura xaritasi asosan ikki usulda tuziladi: 1) uchburchaklar usuli, kam buzilgan yoki buzilmagan strukturalar mavjud bo’lganda samarali ishlatiladi. 2) kesmalar usuli, odatda kuchli buzilib ketgan strukturalar bo’lganda ishlatiladi, shuningdek, mazkur usul uchburchaklar usuli bilan ham birgalikda qo’llaniladi. Struktura xaritasini tuzishda quyidagilarni bajarish lozim: 1) quduqlar kesimi o’rganilib, tog’ jinslari gorizontlari tanlanadi, bularning ustki qismi bo’yicha struktura xaritasini tuzish mo’ljallanadi; struktura xaritasini tuzish uchun tanlab olingan gorizontning maydon bo’yicha kuzatilishi va quduqlar kesimlarida yaqqol ajralib turishi shart; kesimlarni taqqoslab tanlangan gorizont normal holatda yotganligiga va uning ustki qismini yuvilib ketmaganligiga ishonch hosil qilish zarur; 2) quduqning xaritada belgilangan o’rni uning joydagi holatiga mos kelishi, shuningdek, ularning altitudalari (mutlaq balandligi) tekshiriladi; agar bu borada shubha tug’ilsa, ular topograf yordamida hal etiladi; 3) izogipslar kesimi strukturaning o’rganishni qanchalik mukammalligi va uning tuzilishini murakkabligiga bog’liq holda tanlanadi. Shulardan so’ng struktura xaritasini tuzishga kirishiladi. Endi struktura xaritasini tuzish usullari ta’rifiga to’xtab o’tamiz. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling