6 Ma’ruza. Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar. Maruza rejasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1177344
1   2   3   4   5
Bog'liq
КНГСЙТТ маруза-6

Termokimyoviy usul tizimga suv globulalari atrofidagi himoya solvat 
qobiqchasini parchalovchi, isitilgan neftda suvning koalessirlangan tomchilarini 
cho‘ktiruvchi kimyoviy modda (deemulgator)ni kiritishni birga qo‘shib olib boradi. 
Usul neftning zichligi va qovushqoqligini pasayishi hisobiga (neftni 60-100
0
C gacha 
isitish) va tomchilarning himoyaviy qobiqchalarini kuchsizlanishi va ularning neftni 
harakati jarayonida koalessensiyasining engillashishi oqibatida yiriklashishining 
tezlashishi (d
k
ni oshishi) hisobiga tomchilar cho‘kish tezligini anchagina oshirishga 
imkon beradi.



6.3-rasm. Neftni termoqimyoviy suvsizlantirish prinsipial sxemasi. 
1-nasos; 2-isitib bergich; 3-aralashtirgich; 4-tindirgich; I va II-xom ashyo va 
suvsizlantirilgan neft; III-suv; IV-deemulgator.
Neft oqimiga deemulgator maxsus aralashtirgichda ko‘p bo‘lmagan 
miqdorlarda (5-50g/t neft uchun) kiritiladi. Deemulgator yaxshigina sirt-faol 
xossalariga ega holda suv tomchilari atrofiga adsorbirlangan emulgatorlarning 
solvat qobiqchalariga: 
- solvat qobiqchaning deemulgatorlarini adsorbsion sitib chiqarish (o‘rin olish) 
hisobiga; 
- emulgator komponentlari bilan kimyoviy o‘zaro tasirlashuv va solvat 
qatlamning parchalanishi hisobiga; 
- qarama-qarshi tipdagi emulsiya hosil bo‘lishi, ya’ni fazalar inversiyasi 
hisobiga tasir ko‘rsatadi. 
Natijada suv tomchisi atrofidagi emulsiyalovchi moddalardan tuzilgan yupqa 
parda parchalanadi, uning mustahkamligi va himoya hossalari keskin pasayadi, bu 
esa suv tomchisi koalessensiyasiga yordam beradi. 
Termokimyoviy usul toza holda odatda quduq oldida katta bo‘lmagan 
chuqurlikda tuzsizlanish bilan neftni suvsizlantirish usuli sifatida qo‘llaniladi. 
Ushbu usulda asosiy ta’sirni deemulgator taminlagani uchun, unga 
qo‘yiladigan asosiy talablarni hamda uning harakteristikasini qisqa ko‘rib chiqish 
lozim. 



Deemulgatorlar – quyidagi talablarni qoniqtiruvchi kimyoviy moddalardir:
- neftning asosiy moddasi bilan o‘zaro ta’sirlashmasligi va uning tarkibini 
o‘zlashtirmasligi lozim; 
- apparaturani korroziyaga uchratmasligi; 
- kam sarflarda yuqori deemulgirlovchi faollikni ta’minlashi; 
- neftdan ajratib olingan oqava suvdan yengil ajratib olinishi; 
- insonlar uchun zaharsiz bo‘lishi; 
- nisbatan arzon bo‘lishi va kamyob bo‘lmasligi lozim. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, emulgatorlarning tarkibi neftning kimyoviy tarkibi 
bilan ham, qatlam suviniki bilan ham bog‘langan. Mos ravishda neftning 
emulsiyalik guruhiga bog‘liq holda deemulgatorni tanlash va uning sarfi faqat 
tajribada va har bir neft uchun yakka tartibda aniqlanadi. 
Deemulgatorlar ikki xil bo’ladi - noelektrolit va kolloid tipli. 
Noelektrolit deemulgatorlarga neft emulgatorlarini erituvchi va shu bilan birga 
uning qovushqoqligini pasaytiruvchi organik moddalar (benzol, spirtlar, benzin 
fraksiyalari, kerosin) kiradi. Bu esa suv tomchilarini tezda koalessensiyasini va 
ularni cho‘kishini osonlashtiradi. Ularni asosan laboratoriya va izlanish amaliyotida 
qo‘llaydilar. 
Neftni suvsizlantirish sanoat texnologiyasida noelektrolitlar ular sarfining 
kattaligi va yuqori qiymatlari, hamda suv cho‘ktirilgach ularni neftdan ajratib 
olishning murakkabligi bois qo‘llanilmaydi. SHuning uchun sanoatda qo‘llanilishga 
kolloid tipli sirt-faol moddalar (SAM) eng ko’p qo’llaniladi. Ular uch ko‘rinishda: 
anianoaktiv, kationoaktiv va noionogen bo‘ladi. 


10 
Anionoaktiv deemulgatorlar (sulfanol, sulfoefirlar, karbon kislotalar) suv 
mavjudligida uglevodorod qismining salbiy zaryadlangan ionlari va metallar yoki 
vodorodning musbat ionlariga dissotsiyalaydilar. 
Kationoaktiv deemulgatorlar suv mavjudligida musbat zaryadlangan radikal va 
manfiy zaryadlangan kislota qoldig‘iga parchalanadilar. Deemulgatorlar sifatida 
onda-sonda qo‘llaniladi. 
Noionogen deemulgatorlar suvli muhitlarda ionlar hosil qilmaydilar. Ular 
neftlarni suvsizlantirish texnologiyasida eng keng qo‘llanilishga egadir. Suvda 
eruvchanligi bo‘yicha ularni shartli ravishda suvda eruvchi, suv-neftda eruvchi va 
neftda eruvchilarga ajratish mumkin. 
Suvda eruvchilarga oksietillangan suyuq organik kislotalar (OJK), alkilfenollar 
(OP-10 va OP-30), hamda organik spirtlar (neonol, sintanol, oksanol) kiradi. Neftni 
deemulsatsiyasi jarayonida ushbu deemulgatorlarning 75-85%i drenaj suviga o‘tib 
ketadi. 
Suv-neftda eruvchi noionogen deemulgatorlarga etilen va propilenoksidlarning 
blok-sopolimerlari (dissolvan 4411, proksanol 186 va 305 lar, proksamin 385, 
separol WF – 25 va boshqalar) kiritilgan. Ular emulsiyaning parchalanish jarayonida 
30-60% gacha drenaj suviga o‘tib ketadilar, boshqa qismi esa neftda qoladi. 
Neftda eruvchi deemulgator neftda chin va kolloid eritmalar hosil qiladilar va 
suvda deyarli erimaydilar. Ular drenaj suviga 10-15% o‘tib ketadi. Ushbu 
deemulgatorlarga diproksamin 157, oksafor 1107 va 43 lar, proxinor 2258 va 
boshqalar kiradi. Ushbu deemulgatorlarning harakteristikalari 7.3.-jadvalda 
keltirilgan. 


11 
Ayrim deemulgatorlarning tavsifi 
6.1-Jadval 
Nomi 
Tashqi 
ko‘rinishi 
Zichlik 
kg/m
3
20
0

dagi qo-
vushqoq-
lik, 
mm
2
/s
Harorat,
0
C
eruvchanlik*
chaq-
nash
qo-
tish
Suv 
da
Aroma-
tik 
uglevo-
dorod-
larda
kero-
sinda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
OJK
To‘q jigar-
rang pasta
1050
-
420
42
R
R
NR
Dissovan 4411
Sariq 
suyuqlik
1050
1158
-
-
R
R
NR
Proksanol 305
-//-
1045
650
45
-35
R
R
NR
Proksamin 385
-//-
1050
800
46
-37
R
R
NR
Separol WF-25
-//-
-
300
23
-50
R
R
R
Diproksamin 157
-//-
1030
40
50
-40
OR
R
R
Oksafor 1107
Jigarrang 
suyuqlik
1040
400
60
-40
NR
R
-
Proxinor 2258
To‘q 
jigarrang 
suyuqlik
970
120
132
-22
D
R
-
*) R – eriydi, NR – erimaydi, OR – erishi cheklangan, D – dispersiya hosil qiladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling