6 Ma’ruza. Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar. Maruza rejasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1177344
  1   2   3   4   5
Bog'liq
КНГСЙТТ маруза-6



6 Ma’ruza. 

Neft emulsiyalarini parchalash uchun ishlatiladigan 
deemulgatorlar. 
 
Maruza rejasi. 
6.1. Neftni parchalashda deemulgatorlarning o’rni. 
6.2 Deemulgatorlarning tasnifi va ularga qo’yiladigan talablar. 
6.3. Neft emulsiyalarini parchalashning asosiy usullari. 
6.4. Suv – neft emulsiyalarini parchalash usullari. 
6.1. Neftni parchalashda deemulgatorlarning o’rni. 
Neft emulsiyalarini hosil bo‘lishini oldini olish va hosil bo‘lgan neft 
emulsiyalarini parchalash uchun deemulgatorlar – sirt faol moddalar ishlatiladi. 
Deemulgatorlarning vazifasi suv tomchilarining yuzasidagi emulgatorlarni, ya’ni 
neft va qatlam suvi tarkibidagi tabiiy sirt faol moddalarni (asfalten, naften, qatron 
(smola), parafin) siqib chiqarishdir.
Deemulgatorlarning samaradorligi deganda deemulgatorlarning sarfi
tayyorlangan neftning sifati (uning tarkibidagi xlor tuzlarining, suvning va mexanik 
aralashmalarning qoldig‘i), eng past harorati va neftni tindirish vaqti nazarda 
tutiladi. 
Deemulgatorlarning samaradorligi ma’lum bir konning suvsiz neftidan va 
qatlam suvidan tayyorlangan, hamda bir xil muddatda tindirilgan emulsiya 
namunalarida sinaladi. 
6.2 Deemulgatorlarning tasnifi va ularga qo’yiladigan talablar. 
Emulsiyalarni parchalash uchun ishlatiladigan deemulgatorlar ikki 
guruhga bo‘linadi: 
- ionogen (suv eritmalarida ion hosil qiluvchi); 
- noionogen (suv eritmalarida ion hosil qilmaydigan). 



Birinchi guruhga kam samarador deemulgatorlar kiradi. Bular neytrallangan 
qora kontakt (NQK) va neytrallangan nordon gudron (NNG). 
Ikkinchi guruhga diproksamin – 157, proksamin – 385; dissolvan – 4411, 
siparol, poliakrilamid kiradi. 
Noionogen deemulgatorlar ionogen deemulgatorlarga nisbatan qator 
afzalliklarga ega. Bular quyidagilar: 
 
1) solishtirma og‘irligi kichik (diproksamin – 157 va dissolvan 4411 60 – 70 
0
C haroratdagi emulsiyaning bir tonnasiga – 20 – 30 g ketadi, bunda neftning 
suvlanganligi 1 % bo‘ladi). 
2) suvda yaxshi eriydi, qatlam suvi va neftdagi tuz va kislotalar bilan 
ta’sirlashmaydi, quvur va apparatlarda cho‘kindi hosil qilmaydi. 
3) NQK dan 4 – 6 marta qimmat, lekin sarfi NQK ga nisbatan yuz marta kam. 
Deemulgatorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

Emulsiya fazalaridan (neft yoki suv) birida yaxshi erishi lozim; 

«neft - suv» tutash yuzasidagi tabiiy emulgatorlarni siqib chiqarish uchun 
yetarlicha sirt faollikka ega bo‘lishi lozim; 

«neft - suv» chegarasida eng kam reagent sarfi bilan fazalararo taranglikni 
kamaytirish; 

qatlam suvida koagulyasiya qilmasligi; 

metallarga nisbatan inert (muqarrar) bo‘lishi (zanglamasligi). 
SHu bilan birga deemulgatorlar arzon, transport qilinishi oson 
bo‘lishi, harorat o‘zgarishi bilan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi, ishlov 
berilgandan so‘ng neftning sifati yomonlashmasligi va turli neft – suv emulsiyalarini 
parchalash qobiliyatiga ega bo‘lmogi lozim. 
Noionogen deemulgatorlar o‘zlarining kimyoviy xususiyatlari bilan mana shu 
talablarga javob beradi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling