6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
6.2. Og’ish va og’ish turlari.
Chizmalarni soddalashtirish uchun nominal o'lchamdan chekka og'ishlar tushunchasi joriy qilingan. Chekka og'ish - chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. Yuqori va quyi og'ishlar bo'ladi. Yuqori og'ish - eng katta chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. Belgilari ES, es. Quyi og'ish - eng kichik chekka va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. Belgilari EI, ei. Teshik uchun: ES=D max -D H ; EI=D min -D H (6.1 a-rasm). Val uchun: es=d max -d H ; ei=d min -d H (6.1 b-rasm). Haqiqiy og'ish - haqiqiy va nominal o'lchamlar o'rtasidagi algebraik ayirma. Agar haqiqiy yoki chekka o'lcham nominal o'lchamdan katta bo'lsa, og'ish musbat (+) bo’ladi, agarda haqiqiy yoki chekka o'lcham nominal o'lchamdan kichik bo'lsa, og'ish manfiy (-) bo'ladi. Chekka og'ishlar musbat, manfiy yoki bittasi nolga teng bo'lishi mumkin. Mashinasozlikka oid chizmalarda nominal va chekka chiziqli o'lchamlar va ularning og'ish birliklari ko'rsatilmasdan, millimetr hisobida belgilanadi, masalan, 42^; 42°; 50'; 42"; 42_0025. Burchak o'lchamlari va ularning og'ishlari gradus, minut yoki sekundlar hisobida birliklari ko'rsatilgan holda belgilanadi. Masalan, 10°30'40". Og'ishlarning mutlaq qiymatlari bir xil bo'lsa, ular ± ishorasi bilan nominal o'lcham yonida bir marta ko'rsatiladi. Masalan 60±0,2; 120°±10°. Nolga teng bo'lgan og'ishlar chizmalarda ko'rsa-tilmaydi, bu holda og'ishlarning bittasi qo'yiladi - musbat yuqori og'ish o'rnida, manfiy esa quyi og'ish o'rnida. Masalan, 200+0,2; 200-0,2. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling