6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Nominal olcham
- Haqiqiy olcham
6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja: 1. O’lchamlar. 2. Og’ish va og’ish turlari. 3. Joizlik va joizlik maydoni. Tayanch so‘z va iboralar: O’lcham, nominal, xaqiqiy, chegaraviy o’lchamlar, yuqori va quyi og’ish, joizlik, joizlik maydoni 6.1. O’lchamlar. Asosiy atama va ta'riflar O'zbekiston Respublikasi standartiga binoan joriy qilingan. O'lcham - chiziqli kattalik (diametr, uzunlik va hokazo)ning tanlangan o'lcham birliklaridagi sonli qiymati. Masalan, 5 km; 10 m; 25 dm; 4 sm; 17 mm; 30 mkm va hokazo. Nominal o'lcham - chekka o'lchamlarni aniqlash va og'ishlarning boshi bo'lib xizmat qiladigan joiz qiymatlari ko'rsatilmagan o'lcham. Biror birikmani tashkil qilgan detallar uchun nominal o'lcham umumiy, ya'ni bitta bo'ladi. Nominal o'lchamlar mustahkamlik va bikrlik hisoblari, geometrik shakllari turg'unligi va buyumlar konstruksiyalari uning ishlovbopligiga asoslanib topiladi. Tayyorlama, detal kesuvchi va o'lchash asboblari, shtamp, moslama- larsonini kamaytirish hamda texnologik jarayonlarning namunaviylashtirilishini osonlashtirish uchun o'lchamlarning hisoblangan qiymatlari standartda ko'rsatilgan qiymatlarga binoan yaxlitlanadi (odatda, kattaytirish tomonga). Normal chiziqli o'lchamlar (diametr, uzunlik, balandlik va h.k.) qatorlari afzal sonlar qatorlari asosida, lekin ularning qiymatlari bir oz yaxlitlab tuzilgan. Operatsiyalararo texnologik o'lchamlar, boshqa qabul qilingan o'lchamlarga bog'liq birliklar hamda konkret detallarning standart orqali me'yorlangan o'lchamlari (masalan, rezbani o'rta diametri) bu qatoiiardagi qiymatlarga mos bo'lmasligi mumkin. Haqiqiy o'lcham - joiz xatolik bilan o'lchash natijasida aniqlangan o'lcham. Detalni mutlaq aniq, kerak bo'lgan o'lchamlari bo'yicha tayyorlash va xatosiz o'lchashning iloji yo'q. Ishlab turgan mashinadagi detaining o'lchamlari yeyilish, elastik, harorat ta'sirida, qoldiq deformatsiyaga uchrashi va boshqa sabablar tufayli statik holatda yoki yig'ish jarayonida aniqlangan qiymatdan farqlanadi. Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling