6-ma’ruza: O’lchamlar, og’ishlar va joizlik. Joizlik maydoni Reja
Download 459.67 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
6.1-rasm. Joizlik maydonlari: a - tirqishli o'tqizma uchun teshik va valning joizlik maydonlarining joylashishi; b - joizlik maydonlarining grafik tasviri. 6.3. Joizlik va joizlik maydoni. Joizliklar jadvallari va og'ishlar joylashish sxemalarida og'ishlar mikrometr, chizmalarda esa millimetr hisobida ko'rsatiladi. Joizlik T (lot. “tolerance” - joizlik) - eng katta va eng kichik joiz chekka o'lchamlar o'rtasidagi farq yoki yuqorigi va quyi og'ishlar o'rtasidagi algebraik farqning mutlaq qiymati: TD=D max -D min =ES-EI; Td=d max -d min =es-ei. Joizlik doim musbat bo'lib, partiyadagi yaroqli detallar haqiqiy oichamlarining yoyilish maydonini joriy qiladi. Joizlik kattalashishi bilan buyurnning ishlab chiqarish narxi kamayadi. Soddalashtirish uchun joizliklar grafik usulida joizlik maydonlari shaklida tasyirlanadi (6.1 b-rasm). Bunda buyumning o'qi doim sxemaning tagida joylashgan bo’ladi (6.1 b-rasmda ko'rsatilmagan). Joizlik maydoni - yuqori va quyi og'ishlar bilan cheklangan maydon. Joizlik maydoni joizlik qiymati va uning nominal o'Jchamiga nisbatan holati bilan aniqlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanganda nol chiziqqa nisbatan yuqori va quyi og'ishlarni ko'rsatuvchi ikki chiziq o'rtasidajoylashadi. Nol chizig'i - nominal o'lchamni bildiruvchi chiziq bo'lib, joizlik-larni va o'tqizmalarni grafik usulida tasvirlashda o'lchamning og'ishi shu chiziqdan boshlab belgilanadi. Agar nol chiziq gorizontal joylashgan bo'lsa, u holda musbat og'ishlar bu chiziqdan yuqorida, manfiy og'ishlar esa pastida yozib belgilanadi. Nazorat savollari: 1. O'lcham deb nimaga aytiladi? 2. Nominal, haqiqiy va chekka o'lchamlar qanday belgilanadi? 3. Og'ish deb nimaga aytiladi? 4. Yuqori, quyi, haqiqiy og'ish nima? 5. Joizlik nima? U qanday belgilanadi? 6. Joizlik maydoni nima? Download 459.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling