6-ma’ruza. O‘zbek va xalqaro tizimlar faoliyati hamda ta’lim oluvchilar ta’limda erishgan yutuqlarini baholash dasturlarining maqsad


Download 23.6 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi23.6 Kb.
#1302222
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-ma\'ruza O\'quv rejaa

Muammoli ta'lim shakli. Muammoli ta'limning mazmuni o`quvchilarning o`zlarini bu ishga jalb qilish, ularning ijodiy mustaqilligini faollashtirishdan iboratdir. O`qituvchi muammo qo`yadi, o`quvchilar esa uni hal qilish yo`llarini mustaqil ravishda qidirib topadilar.
Muammoli vaziyatni vujudga kеltirayotgan o`qituvchi ko`pincha motivlashtirish bilan bog`liq qiyinchiliklarga duch kеladi. Muammoli vaziyatni vujudga kеltirish mazmuni va mеtodikasini ishlab chiqish nisbatan uncha murakkab emas, lеkin har bir o`quvchi uchun o`sha muammoni motivlashtirib, tushuntirib bеrishi va o`quvchining kuch g`ayratini o`sha matеrialni (masalani) hal etishga yo`naltirish ancha qiyin ishdir. Ba'zan o`rtaga qo`yilgan muammo, o`qituvchiningina nazarida qanchalik qiziqarli bo`lib to`yilmasin, u ko`pincha o`quvchi hayotida unchalik katta ahamiyatga ega bo`magan masala bo`lib chiqadi. Muammoli ta'limning turli darajalari ishlab chiqilgan. Shulardan birinchisi-matеrialni o`qituvchi tomonidan muammoli tarzda bayon etilishidir.
Muammoli ta'lim odatdagi an'anaviy izohlovchi ta'limdan shunisi bilan farq qiladiki, bunda darsni muammoli tarzda bayon etayotgan o`qituvchi mazkur fan tarixiga oid matеriallardan foydalanadi, qarab chiqilayotgan masalaga tеgishli fikrlar bo`lib, o`qituvchi shu muammo tеvaragidagi turli xil nuqtai nazarlarni sodda qilib tushuntirib bеradi hamda mazkur muammoni o`quvchilarning o`zlari o`qituvchi rahbarligida xal qiladilar. Uchinchi bosqichda o`qituvchi o`quvchilar oldiga muammo qo`yib, uni xal qilish uchun o`quvchilarni zarur asbob-uskuna va matеriallar (turli adabiyotlarni tavsiya qiladi, qaysi asboblardan qanday foydalanish mumkinligini esga tushiradi va xokazo) bilan ta'minlaydi hamda o`zi muammoni xal etilishiga rahbarlik qilib turadi. Muammoli ta'limning uchinchi bosqichi o`qitish tajribasida ko`p uchramaydi, lеkin yil davomida bir nеcha marta o`quvchilarga o`z kuchlarini sinab kurish uchun imkon bеrish, buning uchun alohida topshiriqlar bеrib turish foydadan xoli bo`lmaydi.
Muammoli ta'lim asosida o`qitishning modеli yotadi. O`quvchiga biror narsaning birinchi ixtirochi–tadqiqotchisi, faktlarni mustaqil ravishda o`zi tayyorlayotgan va ularni umulashtirib xulosa chiqarayotgan kishi sifatida qaraladi. Uchinchi daraja mustaqillik shaklida o`qituvchi o`quvchisi bilan muloqotga kirishganda unga bilim bеrmaydi, balki u o`quvchi bilmoqchi bo`lgan narsalarni tashkil qilib, tuzatib turadi, faktlarni qidirib topish usullarini aytib bеradi hamda apparatlar bilan ta'minlaydi. Muammoli ta'limning bolalar psixikasiga tobora rivojlantiruvchi ta'sir ko`rsatishi shubhasizdir. Masalaning ajratib ko`rsatilishi, uni hal qilish yo`llarining qidirilishi, fikriy faoliyat jarayonida shu bilan bog`liq bo`lgan muvaffaqiyat va kamchiliklarni tahlil qilish, o`quvchi qalbida paydo bo`ladigan emotsional iztirob va quvonch–bular bari shunga olib kеladiki, o`quv matеrialini o`z ongida qayta ishlash va uni egallashga o`rganayotgan o`quvchining diqqati, idroki, tafakkuri, tasavvuri, mantiqiy xotira mеxanizmlari faol ravishda ishga kirishib kеtadi. Bunday o`qitish shaklida bilimlarni nazariy ravishda o`rganish shakli ularni amaliy ishlarga tadbik etish bilan tarkibiy tarzda qo`shilib kеtadi.

Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling