6-Mavzu : Moliyaviy auditini o’tkazish usullari


Download 448.25 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi448.25 Kb.
#1750594
1   2   3
Bog'liq
6 Mavzu Moliyaviy auditini o’tkazish usullari


Bu borada bizning qarashimiz A.D.Sheremet va V.I.Podolskiy nuqtainazariga mos keladi. Moliyaviy hisobot auditining usullari asosini auditorlik
dasturi va umumiy rejasida belgilangan vazifalar, auditorlik testlari va dalillarni
to’plash amallari, auditorlik tanlash va boshqa tahliliy amallar tashkil etadi.
Fikrimizcha, bugungi kunda moliyaviy hisobot auditining uslubiy muammolaridan
biri – bu amaldagi auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar va o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda auditorlik faoliyatini ilmiy tadqiq etish
va amalga oshirish usullarining etarlicha yoritilmaganligidir. Bu holat ayniqsa,
amaliyotda auditorlarni tekshiruv usullari mazmuni, ahamiyati va qo’llash tartibini
etarlicha tushunmasliklari oqibatida tekshiruvlarni sifatsiz yoki samarasiz
o’tkazilishiga sabab bo’lmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19
sentyabrdagi PQ-3946son Qarori bilan auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari qabul qilindi. Xususan, moliyaviy hisobot auditini o’tkazishga doir
yangi talablar belgilanib, 2020 yil 1 yanvardan majburiy auditorlik tekshiruvidan
14 Muallif tomonidan tuzilgan
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING
USLUBIY ELEMENTLARI

o’tishi lozim bo’lgan tashkilotlar soni ortishi kuzatilishi aniq. Shu munosabat bilan
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi va amaldagi
ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks kabi normativ hujjatlarga majburiy
auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortganlik holatlari uchun javobgarlik
yuzasidan tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni maqsadga muvofiq,deb
hisoblaymiz.
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari - audit tekshiruvini bajaruvchi
tashkilot mutaxassislari tomonidan olib boriladi va ularning tijorat mahfiyligi,
tashkilotning yangilik siri (“nou-xou”)ni tashkil etadi. Moliyaviy hisoboti auditi
jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng
foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda
belgilaydi va qo’llaydi. Mazkur usullardan qay birini qo’llash o’tkazilayotgan
auditning maqsadi va vazifalari hamda auditorning bilimi va malakasiga bevosita
bog’liqdir.




Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida moliyaviy hisobot auditi usuliga
quyidagicha ta’rif berish orqali uning mazmuni va ahamiyatini to’liq va aniq ochib
berish mumkin.
Moliyaviy hisobot auditi usuli - bu fanni tadqiq etish va auditorlik
tekshiruvini amalga oshirish jarayonida bajariladigan va qo’llaniladigan tadqiqot
tamoyillari, tartiblari, bosqichlari, talablari hamda tahliliy amallari majmuidir





Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, moliyaviy hisobot auditi amaliy fan
sifatida, iqtisodiy nazariyalar va to’plangan auditorlik amaliyoti ta’siri ostida
shakllanadi. Auditni mustaqil fanga ajratishda bozor munosabatlari tizimida
auditorlik faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mohiyatidan kelib
chiqqan holda tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda iqtisodchi
olimlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan moliyaviy hisobot auditini
o’tkazishga asosiy to’rt xil yo’ndashuvlar mavjud bo’lib, ular buxgalterlik, yuridik,
maxsus tarmoqlararo yondashuvlarga ajratiladi.
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, auditorlik dalillarni to’palshda test usulini
qo’llash ijobiy samara beradi. Chunki test usuli orqali olinadigan ma’lumotlarni
operativ tahlil qilish imkonini beradi. Auditning xalqaro standarti bo’ycha test
usulini - “dalillarni tasdiqlash maqsadida nazorat samarasini o’z ichiga oluvchi
riskni baholashda yoki mohiyatan tekshirish natijasida ma’lumotlarning etarli
bo’lmagan xolatida foydalanish tavsiya etiladi”.20 Milliy auditorlik tashkilotlarimiz
tomonidan ko’p xollarda mohiyatan tekshirish amallari amalga oshiriladi, biz
bilamizki bu xolat ko’p mehnat talab qiladi.
Bizningcha, №330 AXSga muvofiq nazorat testlarini xajmini aniqlashda
quyidagi savollarni ko’rib chiqishi lozim:
birinchidan, sub’ekt tamonidan davr maboynida nazoratni amalga oshirish
chastotalarni;
ikkinchidan, auditor nazorat samaradorligiga tayanganda, audit davrini
davomiyligi;
uchinchidan, testlar asosida olinadigan auditorlik dalillarini ko’lamini;
to’rtinchidan, nazorat samaradorligi riskini baholashda, audtiorni unga tayanish
rejasi;
beshinchidan, nazoratlardan kutilayotgan og’ishishlarga.






Download 448.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling