6-Mavzu : Moliyaviy auditini o’tkazish usullari
Download 448.25 Kb.
|
6 Mavzu Moliyaviy auditini o’tkazish usullari
Maxsus yondashuv. Maxsus xususiyatlariga ega bo’lgan xo’jalik
sub’ektlarining tekshirish uslubiyotlarini o’z ichiga oladi. (boshqarish tizimi, kapital tarkibi, ishchi xodimlar tarkibi, tashkiliy huquqiy shakli, soliq tizimi va boshqalar). Masalan: chet el sarmoyasi asosidan korxonalar audit o’tkazish uslubiyoti, kichik tadbirkorlik sub’ektlari. Shu bilan birga alohida soliqqa tortish tartibi belgilangan korxonalarni tekshirish uslibiyoti (yagona soliq kontsignatsiya shartnoma va boshqalar). Tarmoq yondashuvi uslubiyoti, bunda iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyat turi va tarmoq xususiyati hisobga olib tekshirish uslibiyoti. Bunga (qishloq xo’jaligi, qurilish bank, sug’urta, investitsiya fondlar).Ushbu uslibiyotda har bir sub’ektli harajatlariga tekshirish uslibyoti yotadi. Auditorlik faoliyat standartlari mazmunida keltirilgan amallar(usullar) – Auditorlik dalillarni to’plash va baholash («Auditorlik dalillar»); – Tanlash natijalarini baholash va olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq qilish («Auditorlik tanlash»); – Moliyaviy xisobotdagi no anannaviy farqlanishlarni o’rganishi («Tahliliy amallar»); – Ekspert xulosalarini olish va ko’rib chiqish («Ekspert ishidan foydalanish»); – Auditorlik amallarni bajarilishini va ular natijalarini aks ettirish («Auditni hujjatlashtirish»); – Muhimlik darajasini baholash va aniq auditorlik amallarni bajarilishida auditorlik tavakkalchiligini baholash («Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi»); Moliyaviy auditi fani - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali boshqarish va rivojlantirish, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni to’g’ri qarorlar qabul qilishi uchun ularni ishonchli axborot bilan ta’minlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarfaoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobotining ishonchliligini baholashga oid bilimlarni mujassamlashtiruvchi va hosil qiluvchi fandir. Auditorlik faoliyatiga oid o’zaro munosabatlarda sub’ekt sifatida davlat, auditorlik tashkilotlari, auditorlar, korxona menejerlari va mulkdorlari, buxgalteriya (moliyaviy) hisobotidan foydalanuvchilar, auditorlarning professional jamoat tashkilotlari qatnashadi. Moliyaviy hisobot auditi fan sifatida auditorlik faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni o’rganib, amaliy faoliyat sohasi sifatida esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qonuniyligi hamda moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligiga oid tekshiruv natijalarini tasdiqlangan rasmiy shakl va mazmundagi auditorlik hujjatlarida umumlashtiradi va sub’ekt rahbariyatiga taqdim etadi. Moliyaviy hisobot auditi usulini fan sifatida ta’riflaganda, u foydalanadigan umumiy tadqiqot usullarini dialektika, rasmiy mantiq va tizimli yondashuv kabi usullarga ajratish mumkin. Moliyaviy hisobot auditi tadqiqot ob’ektlariga nisbatan professional qarorni shakllantirish maqsadida umumiy usullarning barchasidan auditorlik dalillarini to’plash va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida foydalaniladi. Shuningdek, moliyaviy hisobot auditining alohida va aniq ob’ektlarni tekshirishda qo’llaniladigan xususiy yoki maxsus usullari ham mavjud. Download 448.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling