6-Mavzu : Moliyaviy auditini o’tkazish usullari
Download 448.25 Kb.
|
6 Mavzu Moliyaviy auditini o’tkazish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING USLUBIY ELEMENTLARI
Bu borada bizning qarashimiz A.D.Sheremet va V.I.Podolskiy nuqtainazariga mos keladi. Moliyaviy hisobot auditining usullari asosini auditorlik dasturi va umumiy rejasida belgilangan vazifalar, auditorlik testlari va dalillarni to’plash amallari, auditorlik tanlash va boshqa tahliliy amallar tashkil etadi. Fikrimizcha, bugungi kunda moliyaviy hisobot auditining uslubiy muammolaridan biri – bu amaldagi auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda auditorlik faoliyatini ilmiy tadqiq etish va amalga oshirish usullarining etarlicha yoritilmaganligidir. Bu holat ayniqsa, amaliyotda auditorlarni tekshiruv usullari mazmuni, ahamiyati va qo’llash tartibini etarlicha tushunmasliklari oqibatida tekshiruvlarni sifatsiz yoki samarasiz o’tkazilishiga sabab bo’lmoqda. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946son Qarori bilan auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi. Xususan, moliyaviy hisobot auditini o’tkazishga doir yangi talablar belgilanib, 2020 yil 1 yanvardan majburiy auditorlik tekshiruvidan 14 Muallif tomonidan tuzilgan MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING USLUBIY ELEMENTLARI o’tishi lozim bo’lgan tashkilotlar soni ortishi kuzatilishi aniq. Shu munosabat bilan «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi va amaldagi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks kabi normativ hujjatlarga majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortganlik holatlari uchun javobgarlik yuzasidan tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni maqsadga muvofiq,deb hisoblaymiz. Moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari - audit tekshiruvini bajaruvchi tashkilot mutaxassislari tomonidan olib boriladi va ularning tijorat mahfiyligi, tashkilotning yangilik siri (“nou-xou”)ni tashkil etadi. Moliyaviy hisoboti auditi jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Mazkur usullardan qay birini qo’llash o’tkazilayotgan auditning maqsadi va vazifalari hamda auditorning bilimi va malakasiga bevosita bog’liqdir. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida moliyaviy hisobot auditi usuliga quyidagicha ta’rif berish orqali uning mazmuni va ahamiyatini to’liq va aniq ochib berish mumkin. Moliyaviy hisobot auditi usuli - bu fanni tadqiq etish va auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida bajariladigan va qo’llaniladigan tadqiqot tamoyillari, tartiblari, bosqichlari, talablari hamda tahliliy amallari majmuidir Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, moliyaviy hisobot auditi amaliy fan sifatida, iqtisodiy nazariyalar va to’plangan auditorlik amaliyoti ta’siri ostida shakllanadi. Auditni mustaqil fanga ajratishda bozor munosabatlari tizimida auditorlik faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mohiyatidan kelib chiqqan holda tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda iqtisodchi olimlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan moliyaviy hisobot auditini o’tkazishga asosiy to’rt xil yo’ndashuvlar mavjud bo’lib, ular buxgalterlik, yuridik, maxsus tarmoqlararo yondashuvlarga ajratiladi. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, auditorlik dalillarni to’palshda test usulini qo’llash ijobiy samara beradi. Chunki test usuli orqali olinadigan ma’lumotlarni operativ tahlil qilish imkonini beradi. Auditning xalqaro standarti bo’ycha test usulini - “dalillarni tasdiqlash maqsadida nazorat samarasini o’z ichiga oluvchi riskni baholashda yoki mohiyatan tekshirish natijasida ma’lumotlarning etarli bo’lmagan xolatida foydalanish tavsiya etiladi”.20 Milliy auditorlik tashkilotlarimiz tomonidan ko’p xollarda mohiyatan tekshirish amallari amalga oshiriladi, biz bilamizki bu xolat ko’p mehnat talab qiladi. Bizningcha, №330 AXSga muvofiq nazorat testlarini xajmini aniqlashda quyidagi savollarni ko’rib chiqishi lozim: birinchidan, sub’ekt tamonidan davr maboynida nazoratni amalga oshirish chastotalarni; ikkinchidan, auditor nazorat samaradorligiga tayanganda, audit davrini davomiyligi; uchinchidan, testlar asosida olinadigan auditorlik dalillarini ko’lamini; to’rtinchidan, nazorat samaradorligi riskini baholashda, audtiorni unga tayanish rejasi; beshinchidan, nazoratlardan kutilayotgan og’ishishlarga. Download 448.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling