6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
Sug‘urta bozori milliy sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularni faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu erda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir. Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug‘urta bozorining xalqaro darajada muxim o‘rni bor va keyingi o‘n yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan. Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta turlariga qarab ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi: 1) Hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. 3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda. Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug‘urta faoliyatida risklar transferi ham o‘z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir. Shu o‘rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug‘atlarda turlicha: masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig‘indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda qo‘llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug‘urta bozori infratuzilmasining mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda tutiladi. Ma’lumki, sug‘urta mahsuloti sotilishining o‘ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon: - sug‘urta riski haqida axborot to‘plash va uni aniqlashtirish; - sug‘urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Sug‘urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o‘ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra, ma’lum qisqa davr oralig‘ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun kompaniya o‘z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug‘urta bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida sug‘urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini ta’minlovchi omil sanaladi. Sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, shuni qayd etish mumkinki, uning tarkibiga sug‘urta vositachilari, sug‘urtachilar uyushmasi, avariya komissari, syurveyer, aktuariy, sug‘urta auditori, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar hamda baholovchi firmalar kabi sub’ektlar kiradi. Shu o‘rinda, London sug‘urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug‘urta anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin. O‘zbekiston sug‘urta bozorida o‘ziga xos o‘ringa egadir. Masalan, aktuariy sug‘urta xizmatlari narxini aniqlashda qatnashuvchi sub’ekt sanaladi. Bunda, u katta sonlar va ehtimollik qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan foydalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari aktuariy faoliyatisiz sug‘urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning belgilanishini ta’minlay olmaydi. Aktuariy sug‘urta faoliyatini strategik rejalashtirish, sug‘urta sohalari, klass(tur)lari, shuningdek, kompaniya bo‘yicha sug‘urta portfeli tarkibi va sifatining tahlili kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug‘urta tashkilotining hisoboti uning vakolatli shaxslaridan tashqari aktuariy tomonidan ham tasdiqlanishi talab etiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling