6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja
Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
5. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari.
O‘zbekiston sug‘urta bozori davlat miqyosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar, milliy sug‘urta an’analari va madaniyati hisobga olingan holda isloh etilgan va milliy sug‘urta bozori tashkil topishi va shakllanishi sekin astalik bilan tubdan o‘zgarib borgan va bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan 6 . Respublikamiz sug‘urta bozori isloh etilishini birinchi bosqichi (1991-1996 yillar) sug‘urta bozoriga xususiy sug‘urta kompaniyalarni kirib kelishi va Davlat sug‘urtasi(Gosstrax)ni transformatsiyasi jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy bazasi bilan qo‘llab quvvatlangan. 1991 yilning o‘zida milliy iqtisodiyotimizni isloh qilinishini qonuniy rasmiylashtirilishiga asos solgan “O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi kabi o‘sha davrning progressiv qonunlari qabul qilingan. “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi” (kodeksning 52-bobi sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan) amalga kiritilguniga qadar (mart 1997 yil) “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi qonun xo‘jalik yurituvchilar tomonidan Respublikamizning o‘ziga xos iqtisodiy konstitutsiyasi sifatida qaralgan. 1992 yil 31 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979 yil 9 oktyabrdagi “O‘zbekiston SSR davlat tekshirish organlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 700-sonli qarori bekor qilinib, “O‘zbekiston davlat sug‘urta organlari to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi (“O‘zdavsug‘urta”) va unga bo‘ysunuvchi davlat sug‘urta boshqarmalari va nazorat muassasalari O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari hisoblangan. “O‘zdavsug‘urta” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida bo‘lib, to‘la xo‘jalik mustaqilligi sharoitida ish olib borgan va davlat sug‘urta organlarining yagona tizimini tashkil etgan 7 . Bu davrda nodavlat sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritgan bo‘lsalarda, sug‘urta sohasida Davlat sug‘urta organlari ustun kelgan. Chunki, “O‘zdavsug‘urta” butun Respublika bo‘yicha tarqalgan keng tarmoqli va barqaror davlat strukturasi imidjiga ega bo‘lgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 23 dekabrdagi qarorlari bilan amalga kiritilgan, fuqarolarga qarashli mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi kabi va boshqa sug‘urtaga oid qonun hujjatlari “O‘zdavsug‘urta”ga majburiy sug‘urtani amalga oshirishga ustunlik bergan. Bozor 6 Умаров С.А. Становление и развитие рынка страховых услуг в Узбекистане. // Страховое дело, – Т.: 2007. №1. – С. 32-35. 7.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori. O’zbekiston davlat sug’urta organlari tog’risida. O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – Т., 1992. 12-son, 40-modda. iqtisodiyotiga o‘tish, erkin raqobatni talab qilishi va O‘zbekiston Respublikasida sekin astalik bilan Davlat sug‘urta tashkiloti o‘rnida yangi sug‘urta tashkilotlarini tuzish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, 1993 yil 6 mayda tijorat sug‘urtasi amalga oshirilishiga, sug‘urta faoliyati davlat nazoratiga va milliy sug‘urta bozorida chet el sug‘urtalovchilarning faoliyat yuritishlariga huquqiy asos solgan hamda “O‘zdavsug‘urta”ning yakka hokimligini bartaraf etilishiga manba bo‘lib hizmat qilgan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun amalga kiritildi. Lekin, 1997 yilga qadar barcha nodavlat sug‘urta kompaniyalari xissasiga umumiy sug‘urta mukofotlari tushumining bir foizidan ham kam bo‘lgan ulush to‘g‘ri kelgan 8 . Sug‘urtalovchilar o‘zlarining sug‘urtalanuvchilari ko‘payishi xamda foyda olishdan manfaatdordirlar. Chunki, boshqa iqtisodiy faoliyat turlari kabi sug‘urta sohasi ham tijorat faoliyatiga tegishli bo‘lib, asosiy maqsadi foyda va daromad olishdir. Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. 9 O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni 5- moddasida “Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar, sug’urta vositachilari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta bozorining prfessional ishtirokchilari hisoblanadilar”, deb qayd etilgan. Sug’urta bozorining asosiy professional ishtirokchisi-sug’urtalovchi. Sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshipish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasnodir: - maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati; - sug’urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog’liq faoliyat; - sug’urta agenti sifatidagi sug’urta vositachiligi; - binolarni ijaraga bepish. O’z navbatida, sug’urtalovchilar mulkiy shakliga qarab, bir nechta turda bo’ladi. Sug’urta bozorida qayd etilgan qatnashchilardan tashqari, o’zaro sug’urtalash jamiyatlari ham faoliyat ko’psatishlari mumkin. Bu jamiyatlarning boshqasug’urtalovchilardan farqi shundaki, ular foyda olish uchun intilmasdan, ko’rilgan zararni o’zaro hamkorlikda qoplashni nazarda tutadi. Statistik ma’lumotlar bo’yicha, o’zaro sug’urtalash jamiyatlari xalqaro sug’urta bozorida to’plagan 8 Мирсaдыков М.А. Этапы реформирования страхового рынка республики как важнейшего элемента финансовой инфраструктуры страны. Ўзбекистон Республикаси банк ва молия тизимларида ислоҳотларни чуқурлаштириш муаммолари (Халқаро илмий-амалий конференция). – Т.: Молия, 2005. – С. 125. 9 Insurance: Principles and Practice. Can piled by David Bland, Chartered Insurance Institute 2015 sug’urta mukofoti hamda aktivlari jihatidan salmoqli o’ringa ega. AQSH va Yaponiya milliy sug’urta bozorlarida o’zaro sug’urtalash jamiyatlarining soni jami sug’urta tashkilotlarining 50 foizdan ko’prog’ini tashkil etadi. Bugungi kunda O’zbekiston sug’urta bozorida quyidagi assistans tashkilotlar o’z faoliyatini ko’rsatib kelmoqdalar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling