6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja


 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana05.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1166911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu

 
4. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv 
zarurligi va shakllari. 
 
O‘zbekiston sug‘urta bozori davlat miqyosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy 
omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar, milliy sug‘urta 
an’analari va madaniyati hisobga olingan holda isloh etilgan va milliy sug‘urta 
bozori tashkil topishi va shakllanishi sekin astalik bilan tubdan o‘zgarib borgan va 
bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan
3
. Respublikamiz sug‘urta bozori isloh etilishini 
birinchi bosqichi (1991-1996 yillar) sug‘urta bozoriga xususiy sug‘urta 
kompaniyalarni kirib kelishi va Davlat sug‘urtasi(Gosstrax)ni transformatsiyasi 
jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy 
bazasi bilan qo‘llab quvvatlangan. 1991 yilning o‘zida milliy iqtisodiyotimizni isloh 
qilinishini qonuniy rasmiylashtirilishiga asos solgan “O‘zbekiston Respublikasidagi 
tadbirkorlik haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi 
3
Умаров С.А. Становление и развитие рынка страховых услуг в Узбекистане. // Страховое дело, – Т.: 2007. 
№1. – С. 32-35. 


kabi o‘sha davrning progressiv qonunlari qabul qilingan. “O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi” (kodeksning 52-bobi sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan) 
amalga kiritilguniga qadar (mart 1997 yil) “O‘zbekiston Respublikasidagi 
korxonalar 
to‘g‘risida”gi 
qonun 
xo‘jalik 
yurituvchilar 
tomonidan 
Respublikamizning o‘ziga xos iqtisodiy konstitutsiyasi sifatida qaralgan. 1992 yil 
31 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar 
Mahkamasining 605-sonli qarori bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979 
yil 9 oktyabrdagi “O‘zbekiston SSR davlat tekshirish organlari to‘g‘risidagi 
Nizomni tasdiqlash haqida”gi 700-sonli qarori bekor qilinib, “O‘zbekiston davlat 
sug‘urta organlari to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. Ushbu Nizomga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi (“O‘zdavsug‘urta”) va unga bo‘ysunuvchi davlat 
sug‘urta boshqarmalari va nazorat muassasalari O‘zbekiston Respublikasi davlat 
sug‘urta organlari hisoblangan. “O‘zdavsug‘urta” O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzurida bo‘lib, to‘la xo‘jalik mustaqilligi sharoitida ish olib borgan va 
davlat sug‘urta organlarining yagona tizimini tashkil etgan
4
. Bu davrda nodavlat 
sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritgan bo‘lsalarda, sug‘urta sohasida Davlat 
sug‘urta organlari ustun kelgan. CHunki, “O‘zdavsug‘urta” butun Respublika 
bo‘yicha tarqalgan keng tarmoqli va barqaror davlat strukturasi imidjiga ega 
bo‘lgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 23 
dekabrdagi qarorlari bilan amalga kiritilgan, fuqarolarga qarashli mol-mulkining 
davlat majburiy sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat 
majburiy sug‘urtasi kabi va boshqa sug‘urtaga oid qonun hujjatlari 
“O‘zdavsug‘urta”ga majburiy sug‘urtani amalga oshirishga ustunlik bergan. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish, erkin raqobatni talab qilishi va O‘zbekiston Respublikasida 
sekin astalik bilan Davlat sug‘urta tashkiloti o‘rnida yangi sug‘urta tashkilotlarini 
tuzish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, 1993 yil 6 mayda tijorat sug‘urtasi amalga 
oshirilishiga, sug‘urta faoliyati davlat nazoratiga va milliy sug‘urta bozorida chet el 
sug‘urtalovchilarning faoliyat yuritishlariga huquqiy asos solgan hamda 
“O‘zdavsug‘urta”ning yakka hokimligini bartaraf etilishiga manba bo‘lib hizmat 
qilgan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun amalga kiritildi. Lekin, 1997 yilga qadar 
barcha nodavlat sug‘urta kompaniyalari xissasiga umumiy sug‘urta mukofotlari 
tushumining bir foizidan ham kam bo‘lgan ulush to‘g‘ri kelgan
5
.
 
4.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori. O’zbekiston davlat sug’urta organlari tog’risida. O’zbekiston 
Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – Т., 1992. 12-son, 40-modda. 
5
Мирсaдыков М.А. Этапы реформирования страхового рынка республики как важнейшего элемента 
финансовой инфраструктуры страны. Ўзбекистон Республикаси банк ва молия тизимларида ислоҳотларни 
чуқурлаштириш муаммолари (Халқаро илмий-амалий конференция). – Т.: Молия, 2005. – С. 125. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling