6-mavzu : sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi 1 № Kompaniya nomlari Huquqiy tashkiliy shakl
Sug’urtalovchilar uyushmasi - sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish,
uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi. O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi 1 № Kompaniya nomlari Huquqiy tashkiliy shakl 1 O'zbekiston sug'urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi Mas'uliyati cheklangan jamiyat 4. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda etkazilgan zararni qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog‘i zarurdir. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish mumkin. Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. Masalan, Buyuk britaniyada sug‘urta ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bulimi, AQSHda esa maxsus sug‘urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari, sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi. 5. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya (ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. Ya’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z 1 UzReport axborot agentligining http//www.uzreport.uz internet sahifasi ma’lumolari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak. Chunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat sug‘urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo‘lida ham xizmat qiladi. E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. CHunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi stavkalarini to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug‘urta kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling