6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari
-jadval Asosiy vositalarining tasnifi
Download 100.29 Kb.
|
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)
63-jadval
Asosiy vositalarining tasnifi
Asosiy vositalar ishlab chiqarishga qatnashishi nuqtai nazaridan ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalari va noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalardan moddiy ishlab chiqarish sohasida foydalaniladi, ishlab chiqarishning bir nechta jarayonida qatnashib, asta-sekin eskiradi, o’zining qiymatini yaratilgan mahsulotning, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning tannarxiga qisman o’tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yirik shohli ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi. Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan madaniy-maishiy, sog’liqni saqlash muassasalari, kommunal xo’jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlarga xizmat qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, lekin sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda yordam beradi. Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatini qisman yo’qotib boradilar. Asosiy vositalar xalq xo’jaligining qaysi tarmog’ida ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va hokazo) bo’yicha ham guruhlashtiriladi. Asosiy vositalarni xalq xo’jaligining tarmoqlari va turlari o’rtasida taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar qanday tarmoq yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga qarab, tegishli asosiy vositalar ham o’sha tarmoq yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, xalq xo’jaligining tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va qanday ishlarni bajarishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: Download 100.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling