Imoratlar – bularga sex, ombor, tajribaxona, idora, o’t o’chirish deposi, garaj va shunga o’xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashqi atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi va moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi binolar kiradi.
Inshootlar – bularga mehnat buyumlarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan, texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv minorasi, ko’priklar, temir yo’llar, asfalьt ko’chalar, devorlar, nasos stantsiyalari, kanallar va hokazolar kiradi.
O’tkazuvchi moslamalar – bular yordamida elektr va issiqlik energiyasi, hamda mexaniqa energiyasi o’tkaziladi, bir inventardan ikkinchi inventarga suyuq va gazsimon moddalar yuboriladi. Bunday moslamalarga elektr o’tkazish yo’llari, gaz suv va bug’ o’tkazuvchi quvur yo’llar, telefon o’tkazuvchi simlar, kabellar va hokazolar kiradi.
Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan:
a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi stantsiyalarning asbob-uskunalari);
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarish xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexaniq ta’sirni ko’rsatuvchi mashinalar, jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, kranlar, kompressorlar);
v) o’lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning asbob-uskunalari;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa xil mashina va asbob-uskunalar.
Transport vositalari – samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, kemalar, aravalar, avtobuslar va hokazolar kiradi.
Uskunalar – asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga ishlov berishga xizmat qiladigan mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan qo’l mehnatining qurollari yoki mashinalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |