6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari
Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
Download 100.29 Kb.
|
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)
3. Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
Sub’ektlarning asosiy vositalari foydalanish jarayonida asta-sekin eskirib boradi. Bu eskirishning iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalar o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga o’tkazib, iste’mol qiymatini asta-sekin yo’qotib boradi. Sub’ektlarning mulki bo’lgan asosiy vositalarning eskirishi 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» passiv, sintetik schyotlarning guruhida hisobga olinadi. Asosiy vositalarning eskirishi har oyda belgilangan va amaldagi me’yorlar bo’yicha to’la tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya summasi miqdorida aniqlanadi. 0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotlarining guruhi quyidagi schyotlardan tashkil topgan: 0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi». 0212-«Lizing bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi». 0220-«Imoratlar va inshootlarning va o’zatuvchi moslamalarning eskirishi». 0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» va hokazo. 0240-"Mebel va idora jihozlarining eskirishi". 0250-"Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasining eskirishi". 0260-"Transport vositalarining eskirishi". 0270-"Ishchi hayvonlarning eskirishi". 0280-"Ko’p yillik daraxtlarning eskirishi". 0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi». 0299-"Moliyalashtiriladigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi". To’la qiymatiga amortizatsiya hisoblangan asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil bo’ladi. Birinchisi – jismoniy eskirish va ikkinchisi, ma’naviy eskirishdir. Jismoniy eskirish deb asosiy vositalarning atmosfera sharoitlari ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o’zgarishlar /zanglash, chirish, ayrilish/ sodir bo’lganda boshlang’ich holatining yo’qolishiga aytiladi. Jismoniy eskirish asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ham ular bekor yotganda ham sodir bo’lishi mumkin. Asosiy vositalarning jismoniy eskirishining darajasi ularning ishlab chiqarishdagi foydalanishi bilan bandlik darajasiga, sifatiga texnologik jaryonning xususiyatlariga, schyotki sharoitlardan muhofaza qilish va parvarish qilish sifatlari, hamda ishlaydigan ishchilarning malakasiga bog’liq. Asosiy vositalarning texnikaviy tavsifi va iqtisodiy samaradorligining davr talabidan, ya’ni haqiqatdan orqada qolishi ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish o’z navbatida ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisi – shu kabi asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarishining arzonroqqa tushishi natijasida ular qiymatining kamayishi bo’lsa, ikkinchisi – yangi va ilg’orroq asosiy vositalarni joriy qilish va ularning texnikaviy jihatdan orqada qolishi natijasida qiymatining pasayib ketishi hisoblanadi. Asosiy vositalarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarish maqsadida ularning har oydagi eskirgan qiymati mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shib boriladi. Ushbu ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladigan asosiy vositalarning eskirish summasi to’la qayta tiklashga belgilangan amortizatsiya ajratmalarining o’rnatilgan me’yorlariga asosan hisoblanadi. Bu me’yorlar asosiy vositalrning balans qiymatiga nisbatan bir yillik foizlar hisobida belgilanadi va davlat tomonidan yagona tartibda tasdiqlanadi. o’rnatilgan me’yorlar barcha sub’ektlar uchun yagona va majburiy bo’lib hisoblanadi. Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari asosiy vositalarning guruhlari va turlariga belgilanadigan umumiy me’yorlardan iborat. Amortizatsiya miqdorini hisoblashga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: boshlang’ich qiymati; qoldiq qiymati; amortizatsiya qilinayotgan qiymati; taxmin qilinayotgan foydalanish muddati; o’rnatilgan amortizatsiya me’yori. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari /eskirish/ning bir yillik summasini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: bunda: As – amortizatsiyaning yillik summasi; Bq – asosiy vositalarning balans qiymati; Tx – taxminiy tugatish xarajatlari; Mq – asosiy vositalarning tugatilishidan olinadigan materiallarning taxminiy qiymati; Kq – asosiy vositalarning taxminiy qoldiq qiymati; Fm – asosiy vositalardan foydalanish muddati. To’la qayta tiklashga mo’ljallangan amortizatsiya ajratmalari (eskirish) ning yillik me’yori (Em)ni topish uchun esa quyidagi formuladan foydalaniladi: Masalan, asosiy vositaning balans qiymati (Bq) 2500000 so’m, tugatish xarajati (Tx) - 200000 so’m, asosiy vositani tugatishdan olingan materiallarning qiymati (Mt)-400000 so’m qoldiq qiymati (Qq)-300000 so’m va asosiy vositalardan foydalanish muddati (Fm)-10 yil deb faraz qilsak, unda to’la qayta tiklashga mo’ljallangan yillik amortizatsiyaning (eskirish) me’yori (Em)- 8% bo’ladi. Amortizatsiya summasini hisoblash jarayonida quyidagi usullardan foydalaniladi: Qiymatni bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli; Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli; Tezlashtirilgan hisobdan chiqarish usuli; a) sonlar yig’indisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli; b) qoldiqni kamaytirish usuli. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisobdan chiqarish usuli. Bu usulga muvofiq, ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat qilish muddati (davri) mobaynida bir tekisda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Ushbu usul, amortizatsiya summasining aktivning xizmat muddatining uzoq davom etishiga bog’liqligiga asoslanadi. Har bir davr uchun amortizatsion chegirmalar summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni (ob’ektning boshlang’ich qiymatidan uning qoldiq qiymatining ayirmasi) ob’ektdan foydalanishning hisobot davri soniga bo’lish orqali hisoblanadi. Amortizatsiya me’yori doimiy hisoblanadi. Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 100.000.000 so’m besh yil muddatli foydalanish davri oxiridagi qoldiq qiymati 20% ni tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisoblab chiqarish usuliga binoan 18.000.000. so’mni tashkil etadi. Ushbu tartibda amortizatsiya hisoblash quyidagicha bajariladi:
Download 100.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling