6-mavzu. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish 1-topshiriq Muhokama uchun savollar
Download 18.06 Kb.
|
Божхона назорати амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - topshiriq
- Vaziyat yuzasidan savollar
- 3- topshiriq
6-mavzu. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish 1-topshiriq Muhokama uchun savollar Bojxona nazorati deganda qanday nazoratni tushunasiz? Bojxona nazorati qanday shakllarda amalga oshiriladi? Bojxona nazoratidan kimlar yoki nimalar ozod qilinadi? Bojxona organi kimlarga, qanday xollarda va qanday muddatga litsenziya beradi? Litsenziyaning amal qilishi qanday hollarda tugatilishi va u xolat bo‘yicha kimga shikoyat qilinishi mumkin? Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlar qanday hollarda bojxona organi tomonidan ko‘riladi va aksincha? O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarinii bojxona nazoratini olib borishdagi vazifalari va huquqlari nimalardan iborat? 2-topshiriq Jismoniy shaxs Xalqaro aeroport bojxona chegarasidan oʼtayotganda 2 litrdan viski va pivo, 10 quti tamaki mahsuloti, 2 ta atir, 68 gr tilla buyumlari bilan “Yashil” yoʼlakdan oʼtib ketishni hoxladi. Bojxona nazoratchilarini tekshiruvlari natijasida dalolatnoma tuzish kerakligi aytilganda, olib kirayotgan mahsulotlarining umumiy summasi 5000 AQSh dollarini tashkil etishini va bu holat qonunchilikda belgilab qoʼyilagnini aytib, huqubuzarlik sodir etmaganini, tegishli organlarga murojaat qilishini aytib, janjal koʼtardi. Vaziyat yuzasidan savollar: 1. Bu holatda jismoniy shaxs haqmi? 2. Agar haq bulsa isbotlang? 3. Siz bojxona xodimi boʼlganingizda jismoniy shaxsga bu holatdagi qonun buzilish holatini qanday tushuntirgan boʼlar edingiz? 4. Qaysi hujjatlarga asosan jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni isbotlagan boʼlar edingiz? 5. “Yashil” va “Qizil “ yoʼlaklar nima maqsadda joriy etilgan? 6. Ulardan foydalanish tartibini bilasizmi? 3- topshiriq Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan 500 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valyutani kiyimlari orasida olib kirayotgan shaxs qoʼlga olindi va dalolatnoma rasmiylashtirildi. Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling