6-mavzu. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish 1-topshiriq Muhokama uchun savollar


Download 18.06 Kb.
bet4/5
Sana27.02.2023
Hajmi18.06 Kb.
#1234160
1   2   3   4   5
Bog'liq
Божхона назорати амалий машғулот

8- topshiriq


Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar 300 ming AQSh dollaridan ziyod naqd xorijiy valyutani daftar varaqlari orasiga va kiyimlariga yashirib, olib chiqishga uringan 2 nafar shaxsni qoʼlga oldi.


Vaziyat yuzasidan savollar:
1. Bu holatga huquqiy baho bering.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketilayotgan Oʼzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasiga cheklovlar qoʼyilganmi?
3. Olib kirilayotgan Oʼzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi bojxona nazoratidan qanday tartibda oʼtkaziladi?
4. Jismoniy shaxslar tomonidan qancha miqdordagi naqd valyuta mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi?
5. Qanday holatlarda jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan summadan (qanchadan) ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga yoʼl qoʼyiladi?
6. Sizning fikringizcha bunday tartibni oʼrantilishining qanday sabablari bor?


9- topshiriq
Jismoniy shaxs Xalqaro aeroport bojxona chegarasidan oʼtayotganda 3 kg guruch, 2 kgdan paxta va zaytun yogʼlari, 2 kg shakar va qonunchilik doirasida boshqa mahsulotlarni olib ketayotganda bojxona nazoratidan oʼtkazildi va huquqbuzarlik sodir etmagan deb topildi.


Vaziyat yuzasidan savollar:
1. Bu holat bojxona xizmati organi xodimi toʼgʼri qaror qabul qildimi?
2. Agar shunday boʼlsa buni isbotlang?
3. Siz bojxona xodimi boʼlganingizda jismoniy shaxsga bu holatdagi qonun buzilish holatini qanday tushuntirgan boʼlar edingiz?
4. Qaysi hujjatlarga asosan jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni isbotlagan boʼlar edingiz?
5. Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlar turlari boʼyicha cheklovlar qoʼyilganmi?
6. Qanday tovarlarni mamlakatdan olib chiqish mumkin emas?
7. Qanday tovar, mahsulotlar uchun masxus ruxsatnomalar talab etiladi?
8. Bunday tartibni joriy etilishidan maqsad nima?

Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling