6-mavzu. Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish 1-topshiriq Muhokama uchun savollar
Download 18.06 Kb.
|
Божхона назорати амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 - topshiriq
- Vaziyat yuzasidan savollar
- 5- topshiriq
Vaziyat yuzasidan savollar:
1. Bu holatga huquqiy baho bering. 2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan Oʼzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasiga cheklovlar qoʼyilganmi? 3. Olib chiqilayotgan Oʼzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi bojxona nazoratidan qanday tartibda oʼtkaziladi? 4. Jismoniy shaxslar tomonidan qancha miqdordagi Oʼzbekiston Respublikasining naqd valyutasini Oʼzbekiston Respublikasiga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib kirish mumkin? 5. Sizning fikringizcha bunday tartibni oʼrantilishining qanday sabablari bor? 4- topshiriq Jismoniy shaxs tomonidan bir necha turdagi tovarlar olib kirilayotgan paytda Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan nazorat oʼtkazildi va tovarlarning umumiy qiymati 2 000 (ikki ming) AQSh dollari miqdoriga teng ekanligi aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirildi. Vaziyat yuzasidan savollar: 1. Bu holatga huquqiy baho bering. 2. Jismoniy shaxslar tomonidan aeroport orqali tovar olib kirishda tovarlarning summasi boʼyicha chegara qoʼyilganmi? 3. Agar qoʼyilgan chegara 2000 AQsh dollarini tashkil etsa, nima sababdan dalolatnoma rasmiyshatirilgan? 4. Qanday holatda jismoniy shaxslar tomonidan tovar olib kirilayotgan tovarlar bo’yicha dalolatnoma rasmiylashtitilmaydi? 5. Jismoniy shaxs bu holatda “Qizil” yoʼlakdan oʼtishi kerakmi yoki “Yashil” yoʼlakdan oʼtishi kerakmi? 5- topshiriq Jismoniy shaxs temir yoʼl va daryo bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali umumiy qiymati 2 000 (ikki ming) AQSh dollari miqdoridan kam boʼlgan summada 1 ta sovutgich, 1 ta muzlatgich va 1 ta konditsioneri bilan “Yashil” yoʼlakdan oʼtib kelayotganida bojxonachilar tomonidan nazorat oʼtkazildi va dalolatnoma rasmiylashtirilmadi. Vaziyat yuzasidan savollar: 1. Bu holatga huquqiy baho bering. 2. Jismoniy shaxslar tomonidan temir yoʼl va daryo bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali tovar olib kirishda tovarlarning summasi boʼyicha chegara qoʼyilganmi? 3. Jismoniy shaxslar tomonidan temir yoʼl va daryo bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali tovar olib kirishda tovarlarning turlari boʼyicha chegara qoʼyilganmi? 4. Jismoniy shaxslar tomonidan temir yoʼl va daryo bojxona chegaralari oʼtish punktlari orqali tovar olib kirishda muddatlari ham hisobga olinadimi? 5. Jismoniy shaxs bu holatda “Yashil” yoʼlakdan oʼtishi toʼgʼrimi? 6. Bojxonachilar tomonidan qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi toʼgʼrimi? Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling