6-Mavzu. Dеngiz vа оkеаnlаrning gеоlоgik fаоliyati. Cho’kindi tоg’ jinslаri. Reja
Download 26.75 Kb.
|
Cho‘qindi tog‘ jinslari
Bu xildagi jinslar qadimgi magmatik va metamorfik jins-larning tashqi va ichki omillar ta’sirida yemirilishidan hosil bo‘lgan mahsulotlarini oqar suvlar yordamida ko‘l va dengiz hav-zalarining tubiga yotqizilishidan paydo bo‘ladi. Suv osti vulqon mahsulotlari dengiz cho‘kindilari bilan hosil qilgan aralashma-lar ham cho‘kindi jinslarni yuzaga keltiradi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida yuqorida eslatilgan omillar qatog‘i kimyoviy va organogen jarayonlar ham cho‘kindi jinslarni vujudga keltirishda katta ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki cho'kindi jinslar jami Yer po’stining 5% tashkil etadi. Lekin prof.John J.Renton fikricha ular Yer sharinig 75% qoplap olgan. Asosan cho'kindi jinslar yer yuza qismida keng tarqalgan. Cho'kindi jinslar nurash va cho’kish jarayoni natijasida vujudga keladi. Cho'kindi jinslar qatoriga kiruvchi foydali qazilmalar hozirgi kunda insoniyotni energiya bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Cho'kindi yo’l bilan hosil bo’lgan foydali qazilmalardan keng tarqalgani neftdir. Neft bugungi kunda dengiz shelflari va quruqlikdagi pasttekisliklaridan qazib olinadi. Neft AQSh energiya byudjetining 70% egallaydi. Cho'kindi jinslar orasida tarqalgan ko’mir AQSh energiya byudjetining 20%-ni tashkil etadi. Atom energetikasining asosiy yoqilg’isi bo’lgan uran energiya byudjetining 5%-ni tashkil etadi.1 Alyuminiy oksidi — A12O3 mo‘l, G‘203 esa G‘eO dan ancha ortiq-cha bo‘ladi. Natriyning miqdori magmatik jinslarning tarkibi-dagi natriydan kam. Cho‘kindi jinslarning tarkibidagi bir qatog‘ elementlar; xlor, oltingugurt, ftog‘, titan, vanadiy, mis, xrom, bariy kimyo-viy yo‘llar bilan, ba’zilari (karbon, fosfor) bioximik yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Bunda o‘simlik va hayvonot olami katta rol o‘ynaydi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra cho‘kindi jinslar 4 guruhga bo‘lingan. 1) Gillar. 2) Qum-toshlar. 3) Qarbonatli jinslar. 4) Kalsiy, magniy, natriy va kaliy tuzlari bilan boyitilgan jinslar. Cho‘kindi jinslarning kamroq tarqalgan xiliga: fosforitlar, boksitlar, temirli va marganesli rudalar, ko‘mir va boshqalar tegishli. Cho‘kindi tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi asosan kar-bonatlardan, sulfat, fosfatlardan, temir, alyuminiy, marganes va kremniylarning oksidlaridan, gilli minerallardan iborat. Ularning minerallari allotigen va autigen xillarga bo‘lingan. Allotigen minerallar birlamchi (magmatik) jinslardan o‘zgarmay cho‘kindi jinslarning tarkibiga o‘tgan mineraldir; kvars, dala shpatlari yaqqol misol bo‘la oladi. Autigen minerallar cho‘kindi jinslarning bunyodga kelish ja-rayonidan ular bilan birgalikda hosil bo‘ladi. Chaqiq — mexaniq jinslarning sementlovchi moddalari autigen minerallardir. Autigen minerallarga quyidagilar tegishli. Karbonatlardan: kalsit, dolomit, ozroq aragonit, siderit, rodoxrozit; sulfat-lardan: gips, angidrit, barit, selestin, mirabilit; kvarslardan: xalsedon, opal; gidroslyudalardan: seritsit; alyuminiy gidrook-sididan: boksit (diaspor, gidragillit va byomitdan iborat); temirning suvli silikatidan: temirli xloritlar, nontronit; temirning gidrooksididan: limonit va marganesning gidrat ok-sididan: psilomelanvad; kalsiy fosfatidan: karbonat — apa-tit, gidrat — apatit, fosforit; galoidli birikmalardan: galit, silvin, karnallit. Gilli minerallardan: kaolinit, montmori-lonit. Cho‘kindi jinslarda organiq dunyo qoldiqlari juda ham ko‘p uchraydi. Cho‘kindi jinslarning ko‘pchiligi monomineralli. Masalan: gvarsli qum, dolomit, ohaktosh va boshqalar. Cho‘kindi jinslarning tuzilishi. Cho‘kindi jinslarning tuzi-lishi deganda ular tarkibidagi zarrachalarning shakl va o‘lcha-miga asosan tafovuti tushuniladi. Tuzilishi chaqiq, kristallangan — donali, yashirin kristalli xillarga bo‘linadi. Chaqiq strukturali cho‘kindi jinslarning ko‘pchiligi turli jinslarning va ba’zi allotigen, ya’ni minerallarning sinib burdalangan turli shakl va o‘lchamdagi bo‘lakchalaridan iborat. Cho‘kindi jinslar strukturasi quyidagi guruhga bo‘lingan: a) bo‘laklarning diametri 2 mm dan katta bo‘lgan yirik bo‘- lakli chaqiq jinslar yoki psefitlar (yunoncha «peefos» — shag‘al); b) donalari 2 mm dan 0,1 mm gacha bo‘lgan mayda donali qum jinslar yoki psammitlar («psammos» — qum); v) zarralari 0,01 mm dan 0,1 mm gacha bo‘lgan changsimon zar- rali jinslar yoki alevritlar. Gipsografik egri chiziq va uning xususiyatlari? Okean va dengizlar tubidagi yotqiziqlarning qanday turlarini bilasiz? Litoral, batial va abissal cho'kindilar? 1 Download 26.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling