6-mavzu. Djon meynard keyns ta’limoti va neokeynschilik xalqaro iqtisodiy integrasiyaga oid nazariyalar


NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI NAZARIYALARI


Download 25.96 Kb.
bet5/8
Sana04.02.2023
Hajmi25.96 Kb.
#1165148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-MAVZU

NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI NAZARIYALARI
1. Nomukammal bozorning xususiyatlari
2. E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi
3. J.Robinsonning iqtisodiy ta’limoti


1. Nomukammal bozorning xususiyatlari

XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQShda yaqqol ko’zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo’ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin.


Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo’lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institusionalizm, keyin neoklasiklar tomonidan tadqiqot obyekkti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug’ullandi.
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o’zining «Monopolistik raqobat nazariyasi», ngliz J.Robinson xonim esa «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop yetdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) xaridorlarni bu tovarlar bahosi to’g’risida to’liq informasiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi «kategoriya» va «qonun» lardan izlaydilar. Institusional yo’nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy o’sishga avvalo «inson omili»ning ta’siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, huqukiy va boshqa muammolardir.

Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling