6-mavzu. Djon meynard keyns ta’limoti va neokeynschilik xalqaro iqtisodiy integrasiyaga oid nazariyalar
Xalqaro kapital harakati va investisiyalarga oid nazariyalar
Download 25.96 Kb.
|
6-MAVZU
2. Xalqaro kapital harakati va investisiyalarga oid nazariyalar
Neoklassik yo’nalish vakillari (B.Olin-Shvesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (AQSh)) asarlarida kapitalning xalqaro harakatda bo’lishi (migrasiya) u yoki bu mamlakatda kapitalning mo’l-ko’lligi turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Bunday izoh marjinalizm kosepsiyasidan kelib chiqqan. Ularning ta’kidlashicha, kapital harakati toki kapital unumi bir xil bo’lguncha davom etadi, ishlab chiqarish omillari samaradorligi va milliy daromad o’sishi iqtisodiy rivojlanishning tekislashuviga olib keladi. Neokeynschilik vakillari (F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrod) fikricha esa, kapital harakatlanishi savdo va to’lov balansining o’zgarishi, aktiv balansli mamlakatlarda kapital ortiqchaligi, passiv balansli mamlakatlarda, kapital yetishmasligi tufayli ro’y beradi. Kapital eksporti va importi masalasi iqtisodiy dinamik nazariyasida(Xarrod) yalpi milliy mahsulotning o’sishi hamda investision daromad va to’lovlar bilan boqg’angan. Kapital eksport qiladigan mamlakatlarda to’lov balansi saldosi musbat bo’ladi, ya’ni investision daromad investision to’lovlardan ortiqcha bo’ladi. Kapital import qiladigan mamlakatlarda buning aksi bo’ladi. Bevosita investisiyalar nazariyasida kapital chiqarish yirik korporasiyalar tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan. Bunda mazkur korxonalarning iqtisodiy nazariyalarida (maxsus bozor bo’limlari, kerakli texnologiya, malakali mutaxassislar) bo’yicha raqobatbardoshligi hisobga olingan. Amerikalik E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasida raqobatbardoshlik ishlab chiqarish va kapital konsentrasiyasi emas, balki firmaning bozorga, iste’molchilarning shaxsiy talablariga muvafaqqiyatli moslashish natijasi deb qaralgan. Xalqaro monopoliyalar (trasmilliy va transkorporativ konsernlar) faoliyatini aks ettiruvchi ta’limotlarda, mazkur monopoliyalarga ilmiy texnika taraqqiyotini targ’ib qiluvchi, har bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydigan, rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi xalqaro tashkilot deb qaraladi. Biroq ayrim nazariyalarda (R.Barket-AQSh, E.Penrouz, Angliya) xalqaro konsernlarining o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot va siyosatga tazyiq o’tkazish imkoniyati milliy davlat (soliq, kredit, investisiya, valyuta) siyosatini samarasiz bo’lishiga olib kelishi mumkin deb bayon etilgan. Download 25.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling