6-mavzu. Djon meynard keyns ta’limoti va neokeynschilik xalqaro iqtisodiy integrasiyaga oid nazariyalar


Download 25.96 Kb.
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi25.96 Kb.
#1165148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-MAVZU

4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar

Jahon hamjamiyatida kambag’allar va boylar o’rtasidagi tafovutning kuchayishi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.


Bu ko’rsatkich 1960 yildagi 13:1 dan 1990 yili 60:1 ga, hozir esa 75:1 ga yetdi. Tengsizlik muammosining mohiyati shundaki, aholi tez o’sayotgan joylarda, iqtisodiyot o’sishi sust bormoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlari taraqqiyot yo’liga kirishga qaramay ko’pchiligi qoloqligicha qolmoqda.
"Noiloj rivojlanish", tashqi turtki nazariyasiga (R.Nurkse, E.Xogen) ko’ra, og’ir ahvoldan chiqish yo’li investisiyalar hisobiga rivojlanishga erishish bo’lib hisoblanadi, ya’ni chetdan qarz kiritish yo’lidir. "Industrlashtirish" nazariyasida shaxsiy iste’molni qisqartirish, davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotni moliyalashtirishna kuchaytirish, ayrim hollarda me’yordagi inflyasiyadan foydalanish taklif etilgan.
Insoniyay rivojlanish konsepsiyasi BMT tomonidan 1990 yili ilgari surilgan. Daromadlarning ko’payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi bog’lanishga qaratilgan.
Insoniy rivojlanish indeks ko’rsatkichi kiritilgan. Umrboqiylik, ta’lim va yashash darajalari asosida integral ko’rsatkich ishlab chiqilgan. Bunda iqtisodiy ko’rsatkich asosiy o’rinni egallaydi(sog’liq,ta’lim yetakchi).


QISQACHA XULOSALAR

Jahon xo’jaligi, jahon bozori va integrasion jarayonlarning uzoq tarixi bor. Ayniqsa Buyuk ipak yo’li (e.a. II asr) davrida aniq namayon bo’lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli kuchaydi. 11 Jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni ularsiz tasavvur etish qiyin. "Benilyuks" (1944), Umumiy bozor (1957), Yevropa hamjamiyati(ittifoqi), OPEK (1960), NAFTA, EKO, xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu aloqalarni ma’lum tartibga solib kelmoqdalar.


Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo’yicha neoklassik (sof ta’limot ) va neokeysnchilik nazariyalari keng tarqalgan. "Sof" ta’limot tarafdorlari fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor tamoyillari asosida rivojlanishini qo’llaydilar (erkin raqobat, hamma uchun bir xil imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo balansi o’z-o’zini tartibga soladi va boshqalar).


Tayanch ibora va tushunchalar.
"Xalqaro mehnat taqsimoti"; Jaxon bozori to’g’risidagi "sof" ta’limot; ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti; kapital chiqarishning neokeynschilik ta’limoti (F.Maxlup, B. Domar, R.Xarrod); "noiloj" rivojlanish va tashqi "turtki" nazariyalari; "solishtirma chiqimlar" nazariyasi; insoniy rivojlanish konsepsiyasi; insoniy rivojlanish indeksi; umrboqiylik, ta’lim va yashash darajalari.



Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling