6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja
Download 44.15 Kb.
|
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2
i) Imkoniyat va voqelik.
Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘zlarida ifodalovchi kategoriyalardir. Voqelik — bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi. Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. SHu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari ham bo‘lishi mumkin. Imkoniyat ob’ektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, ular tomonidan yaratiladi. Imkoniyat va voqelik kategoriyalarini, ularning o‘zaro dialektikasini chuqur bilib olish kishilarning amalii faoliyatida, ilmiy tekshirish ishlarida katta ahamiyatga ega. Imkoniyat va voqelik kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi ob’ektiv olamdan olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi, o‘zaro dialektik munosabatdagi kategoriyalardir. SHuning uchun imkoniyat va voqelikni bir-biridan farq qilish lozim, chunki ularni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliqtning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishga olib keladi. Ularni aralashtirib yuborish yo‘q narsani bor, deb bilishga, yangining kurash jarayonida eski ustidan g‘alaba qilishni ko‘rmaslikka olib boradi. Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski, umrini tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo‘lishi mumkin. Eskilikni ifodalovchi imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi. SHuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtinchadir. Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shart-sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari, uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. SHunga ko‘ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidangina to‘g‘ri bo‘lgan, lekin real asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat ob’ektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. SHuning uchun ham u hech qachon voqelikka aylanmaydi. Download 44.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling