6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


Download 44.15 Kb.
bet8/16
Sana02.02.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1147288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2

3-savol bayoni: Ma’lumki, narsa va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi “Buyumlar mantiqini”, ya’ni ob’ektiv dialektikani tashkil qiladi. Bu ob’ektiv dialektika inson tafakkur mantiqida, ya’ni sub’ektiv dialektikada ma’lum bir ilmiy tushunchalar, kategoriyalar ko‘rinishida aks etadi.
Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “guvoh”, “ta’rif”, “ifodalovchi” demakdir. Falsafa tarixida kategoriyalar masalasi Arastu tomonidan batafsil ishlab chiqilib, “Metafizika”, “Kategoriyalar” nomli asarlarida ko‘plab kategoriyalarning falsafiy ahamiyatini ta’riflab va tavsiflab bergan. Masalan, mohiyat va hodisa, miqdor va sifat, sababiyat, zaruriyat va tasodif, butun va bo‘lak, mazmun va shakl kabi tushunchalarning falsafiy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida ham mazkur kategoriyalar ko‘plab ishlatilib kelingan. Jumladan, Ibn Sino shunday yozadi: “Falsafa mavjudotni – ya’ni barcha mavjud narsalarni, uning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, voqelik, sababiyat tamoyillarini asos qilib oladi”. (Ibn Sina. Danishname.- M.,1957,171-bet.).
Har bir fan o‘zining kategoriya, ya’ni ilmiy tushunchalar tizimiga ega bo‘lib, ular orqali o‘z tadqiqot ob’ekti rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi.
Falsafiy kategoriyalar – ob’ektiv mavjudlikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim tomonlarini, xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalardir.
Falsafiy kategoriyalar boshqa fanlar tushunchalaridan bir qator muhim xususiyatlari ilan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, kategoriyalar – ob’ektiv dunyo rivojlanishining eng umumiy qonunlari in’ikosidir. SHu bois kategoriyalar ob’ektiv mazmunga egadir, ya’ni kategoriyalarning ob’ektiv mazmuni inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan voqelik rivojining eng umumiy in’ikosidir. Kategoriyalar inson tafakkurida ob’ektiv voqelikning aks etish shakllaridir. Ikkinchidan, kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida inson fikrining shakllari bo‘lib ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar. Kategoriyalarning mantiqiy mazmuni deganda inson tafakkuri hodisalarning mohiyatiga kirib borishi, uning chuqurlashuvi darajasi ko‘zda tutiladi. Kategoriyalar ob’ektiv dunyoning eng umumiy va muhim tomonlarini ifodalabgina qolmasdan, inson bilishining pog‘onalari va tayanch nuqtasi hisoblanadilar. Demak, falsafiy kategoriyalar – o‘z manbai, mazmuni jihatidan ob’ektivdir, lekin mavjudlik shakliga ko‘ra sub’ektivdir. Uchinchidan, kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik rolni bajaradilar. Falsafiy kategoriyalar – ilmiy bilish metodologiyasi, ma’lum narsadan noma’lum narsaga o‘tishning natijalarini izlab topish usulidir, ular tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to‘g‘ri aks ettirganliklari hamda ularni o‘zaro bog‘liq va rivojlanishda deb bilganliklari uchun bilish jarayonining eng umumiy metodi rolini bajaradi. To‘rtinchidan, falsafiy kategoriyalarning shakllanishi va rivojlanishi asosida inson moddiy-hissiy faoliyatining yig‘indisi bo‘lgan amaliyot yotadi. SHuning uchun ham falsafa kategoriyalari ijtimoiy amaliyot mahsuli hisoblanadi. Bu erda inson nazariy va amaliy faoliyatining birligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Falsafa fani olamni falsafiy anglash va dialektik tafakkurlash jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan, mazmunan boy va xilma-xil kategoriyalar yaratadi, ularning yordamida voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalarini mazkur fanning mazmun-mohiyati va predmetini e’tiborga olgan holda asosan uch turkumga bo‘lish mumkin: Birinchi turkumga – Borliq va uning mavjudlik shakllarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi. Ikkinchi turkumga – Borliqning yalpi o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini aks ettiradigan kategoriyalar kiradi. Uchinchi turkumga – Bilish jarayoni va uning qonuniyatlarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi.
Borliq bepoyon aloqadorliklar va bog‘lanishlar majmuidir. Turli fanlar bu aloqadorliklar va bog‘lanishlarni turli jihatdan o‘rganadi. Dialektika esa bir butun borliqqa va uning turli ko‘rinishlariga xos bo‘lgan eng umumiy aloqadorlikni va bog‘lanishlarni o‘rganadi va ochib beradi. Dialektikada bunday aloqadorliklarning uch turi mavjud: 1) uni­versal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqador­liklar. Bu jihati bilan dialektika konkret fanlardan farq qiladi.
Dialektika o‘rganadigan borliqning bu eng umu­miy aloqadorliklari va bog‘lanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi. Bular jumlasiga falsafa tarixida quyidagilar kiritilgan:

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling