6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja
Download 44.15 Kb.
|
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialektikaning rivojlanish nazariyasi bir butun borliqning o‘zgarishi va rivojlanishining eng umumiy qonunlari va tamoyillarini qamrab olgan umumfalsafiy ta’limotdir.
- Miqdor va sifat o‘zgarishlari birligi.
Rivojlanish — bu progressdan iborat o‘zgarish bo‘lib, keng ma’noda quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Rivojlanish shunday o‘zgarishki, u narsa va hodisalarning quyi bosqichi o‘rnini yuqoriroq bosqich olishidir. Rivojlanish boshqa jihatdan narsa va hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tubdan o‘zgarib, boshqa narsa va hodisalarga aylanishidir. Rivojlanish, umuman olganda, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat emas, uni bunday tushunish xatodir. Bunday tushunishni tabiat rivojlanishi ham, jamiyat tarixi ham rad etadi. Har qanday real rivojlanish spiralsimon holda, uning har bir yangi o‘rami oldingisiga qaraganda kengroq boyroq, mazmunliroq, yuqoriroq, asosda egri-bugri yo‘llar bilan sodir bo‘ladi.
Dialektikaning rivojlanish nazariyasi bir butun borliqning o‘zgarishi va rivojlanishining eng umumiy qonunlari va tamoyillarini qamrab olgan umumfalsafiy ta’limotdir. Dialektikada borliq rivojlanishining quyidagi eng umumiy qonunlari o‘rganiladi: 1). Dialektik ziddiyatlilik (qarama-qarshiliklar birligi va kurashi) qonuni; 2). Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonuni; 3). Inkorni inkor qonuni (Rivojlanishda vorisiylik va davomlilik qonuni). Miqdor va sifat o‘zgarishlari birligi. Taraqqiyotning dialektik konsepsiyasi mohiyatini yoki rivojlanish jarayonining sodir bo‘lishini, narsa va hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi mexanizmini anglash lozim. Bunday murakkab jarayonni miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonuni aks ettiradi. Bu qonunning mohiyati shundaki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan, uzluksiz, tadrijiy va doimiy tarzdagi miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va tub sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi. Bu qonunning mohiyati miqdor, sifat, me’yor, uzluksizlik, sakrash kabi tushunchalar mazmuni asosida anglab olinadi. Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni o‘rganar ekanmiz, ular bir-birlaridan o‘zlarining turli xususiyatlari bilan farqlanishlarini ko‘ramiz. Bunda ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsa — ularning sifatidir. Sifat deb, narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlarning birligiga aytiladi. Sifat bir narsa yoki hodisani boshqa narsa yoki hodisadan ajratib turadigan shunday muayyanlikka, uning o‘zgarishi uning o‘rniga boshqa narsa va hodisani vujudga keltiradi. Narsa va hodisalarning sifat va xususiyatlari ham ob’ektivdir. SHuni aytish kerakki, borliqdagi narsa va hodisalar bir-biridan faqat sifatlari bilan emas, balki miqdorlari bilan ham farqlanadilar. Ularning sifatlari doimo miqdorlari bilan birga mavjuddir. Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor deb ataladi. Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son tariqasida, ikkinchi holatda o‘lchov daraja tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va hodisalarning makondagi o‘zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida ifodalanadi. Ijtimoiy hodisalarning miqdor muayyanligini, tabiat hodisalarida bo‘lganidek, hamma vaqt ham aniq ifodalab bo‘lmaydi. Lekin bunda ham sifat va miqdor birlikda bo‘ladi. Masalan, bir ijtimoiy tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri jihatidan farq qilishi bilan birga (sifat), ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, unumli mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlarning soni, milliy daromadning ma’lum miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) va shu kabilar bilan farq qiladi. Miqdor ham sifat kabi ob’ektiv mavjud bo‘lib, u predmet va hodisalarning eng muhim tomonini ifodalaydi. Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat me’yorga ham ega bo‘ladi. Me’yor narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegaradir. Boshqacha qilib aytganda, sifat bilan miqdorning birligi me’yor, deyiladi. Me’yor narsa va hodisalarning shunday muayyanligiki, uning buzilishi narsa yoki hodisaning sifatining o‘zgarishiga, uning boshqa sifatga o‘tishiga, ya’ni boshqa narsa va hodisaga aylanishiga olib keladi. Ijtimoiy hodisalarda me’yorning roli juda kattadir. Ayniqsa, san’atda me’yor juda muhimdir. Tabiat va inson go‘zalligini me’yordan chiqib ifodalash mumkin emas. Me’yor ma’naviy-ahloqiy hodisalarga ham taalluqlidir. Har bir ijtimoiy tuzumda uning ahloqiy normalari doirasidan chiqib ketilsa, u jinoyatga aylanib ketadi. CHunki bu chegaradan, ya’ni me’yor doirasidan chiqish bilan bir faoliyat boshqa bir faoliyatga aylanadi. Bunday holda odatda boshqa sifat va miqdor birligiga asoslangan yangi me’yor vujudga kelgan bo‘ladi. Download 44.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling