6 Mavzu: Falsafaning qonun va kategoriyalari. Reja


b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi


Download 44.15 Kb.
bet6/16
Sana02.02.2023
Hajmi44.15 Kb.
#1147288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 Мавзу Фалсафа қонунлари-2

b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi (dialektik ziddiyatlilik) qonuni dialektika qonunlari ichida markaziy o‘rinni egallab, bu qonunga muvofiq olamda har bir narsa va hodisa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno va taqozo etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi ziddiyat natijasida rivojlanish, eskining emirilishi va yangining paydo bo‘lishi yuz beradi.
Ma’lumki, olamda narsa va hodisalar turli-tumandir. Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosidir. Qarama-qarshiliklar deb olamda narsa va hodisalarda mavjud bo‘lgan tomonlar, hossalar va yo‘nalishlarga aytiladi. Borliqdagi har bir narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarning birligidan iborat bo‘ladi. Har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini o‘zaro inkor etuvchi tomonlar, xususiyatlar va tamoyillarga ega. Masalan, elektr manfiy va musbat, tabiatda esa o‘zaro tortilish va itarilish, tirik organizmda assimilyasiya va dissimilyasiya kabilar. Ana shu bir-birini taqozo etuvchi va o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi tomonlar o‘rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. Xuddi shu ziddiyat qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kurash va rivojlanishning sababi, manbai bo‘lib hisoblanadi. Rivojlanishning har bir bosqichi o‘ziga xos ziddiyatlar va turli qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal bo‘lishidan iborat.
Qarama-qarshiliklar va ularning o‘zaro munosabati, ziddiyat va ularning birligi jamiyatga, ijtimoiy hodisalarga, insonga, inson faoliyatiga, hatto uning bilish jarayoniga ham xosdir.
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivoj­lanishi va bartaraf etilishi jarayonidan iborat ekanligini tushunib olish uchun ayniyat, tafovut, zid­diyat, qarama-qarshilik kabi tushunchalarning o‘zaro munosabatlarini bilib olish lozim. Narsa va hodisalardagi o‘zaro o‘xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi. Ayniylik narsa va hodisalarning tomonlari va xususiyatlarining birga mavjudligini ifodalaydi. Har bir narsa yoki hodisada ayniylik bilan birga, tafovut ham mavjud bo‘ladi. Tafovut narsa va hodisalar tomonlarining har birining farq qiluvchi jihatlarining ifodalanishidir. Borliqda o‘z qarama-qarshi tomonlariga ega bo‘lmaydigan narsa va hodisa bo‘lmaydi. Binobarin, ularda ayniyat ham, tafovut ham bo‘ladi.
Tafovutlarning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi. Ziddiyatning mavjudligi taraqqiyotning manbai va harakatga keltiruvchi kuchini taqazo etadi.
Dialektikada qarama-qarshilik deb, borliqdagi nar­sa, hodisa va jarayonlarning o‘zaro bir-birini istisno qiladigan, shu bilan birga, bir-birini taqozo etuvchi tomonlari, tamoyillari va kuchlarining o‘zaro munosabatlari tushuniladi. Umuman, qarama-qarshiliklarni, ular orasidagi ayniyat, tafovut, ziddiyatlarni o‘rganish qarama-qarshiliklar birligi va kurashi haqidagi ta’limotning mohiyatini bilishga yordam beradi.
CHunki, har qanday narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishi ulardagi mavjud ziddiyatlar bir­ligi va kurashi natijasida yuz beradi. Ziddiyatlar rivojlanib, keskinlashgan holatida hal qilinmasa, konfliktga aylanishi mumkin. Ziddiyatlarning hal qilinishi o‘zgarish va rivojlanishga, bir sifatdagi narsa yoki hodisaning boshqa sifatdagi narsa yoki hodisaga aylanishiga, yoki narsa yoki hodisa o‘rniga yangi narsa va hodisa paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi hamma sohada amal qiladi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti ayni shu sababga binoan sodir bo‘ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini bilmay taraqqiyotning sabablarini tushunib bo‘lmaydi.
Lekin har bir sohadagi ziddiyatlarni konkret o‘rganmoq va ularni alohida o‘ziga xos hal bo‘lish yo‘llarini to‘g‘ri bilmoq katta ahamiyatga ega. Buning uchun ziddiyatlarning xillari, ularning narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi rolini to‘g‘ri va aniq bilib olish lozim.
Ziddiyatlar juda xilma-xildir. Ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol o‘ynaydi hamda har xil vazifani bajaradi. Ular, odatda, ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo‘lmagan, antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Ichki ziddiyat — bu narsa va hodisalarning o‘z ichidagi qarama-qarshi tomonlar, kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
Tashqi ziddiyat esa narsalar va hodisalar o‘rtasida­gi ziddiyatlardir. Lekin ichki va tashqi ziddiyatlarni bunday bo‘lish nisbiy xarakterga ega. CHunki, bir munosabatda ichki ziddiyat boshqa munosabatda tashqi ziddiyat bo‘lishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlatlararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa ular ichki ziddiyatlardir.
Asosiy ziddiyatlar orasida ularning biri bosh ziddiyatni tashkil qilishi mumkin. Bosh ziddiyat deb, rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyatga aytiladi. Bosh ziddiyat asosiy ziddiyatlar ichida muhim o‘rin tutadi, ularga nisbatan taraqqiyot jarayonida belgilovchi rol o‘ynaydi. Ijtimoiy taraqqiyotda bosh ziddiyatni aniq­lab olish mamlakat taraqqiyotini to‘g‘ri belgilab olishda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat hayotiga xos ziddiyatlarni tahlil qilganda, yana antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarni ham farq qilish zarur. Antagonistik ziddiyatlar ja­miyatdagi manfaatlari bir-biriga tubdan zid bo‘lgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Noantagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga mos keladigan yoki manfaatlarini o‘zaro kelishtirish mumkin bo‘lgan ijti­moiy guruhlar va tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Antagonistik ziddiyatlar konfliktlarga olib kelishi ham mumkin. Bunday holda ular bir tomonning mag‘lubiyati va ikkinchi tomonning g‘alabasi bilan hal qilinadi. Umuman, hamma ziddiyatlarni o‘z vaqtida hal qilib borish zarur, aks holda ularning keskinlashib borishi kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga, ziddiyatlar masalasiga, ularni hal etishning shakl va usullariga ham dialektik tafakkur asosida yondashish lozim. Jamiyat ziddiyatlari xilma-xil shakl va usullar bilan bartaraf etilishi mumkin. Ulardan ba’zilari eskining emirilib bori­shi va yangining qaror topib borishi asosida hal qilinib borilsa, boshqalari ayni shu ziddiyatlarni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni o‘zaro ke­lishtirish, murosayu-madoraga keltirish, bir-birlari bilan o‘zaro siyosiy muzokaralar olib borish, bitimlar tuzish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yo‘llari bilan bartaraf etilishi va shu asosda taraqqiyotni ta’minlash mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (o‘zaro kelishuv)dir.
YAngicha tafakkurning qaror topishi bilan jamiyat ziddiyatlarini hal qilishda Gegel qayd qilib o‘tgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Hozirgi davrda konsensus usuli jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda. Ayniqsa, uzoq muddatlar davomida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qarama-qarshi tomonlar, kuch­lar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qo‘l kelmoqda. Bu usul jahon xalqlarini milliy totuvlikka, o‘zaro hamkorlikka, hamjihatlik va birlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Download 44.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling