6-Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja
Download 46.97 Kb.
|
ИТМ 6 (1)
b) analogiya va gipotetik usul; Analogiya (yun. anologiya – moslik,
o’xshashlik) bilvosita mulohaza yuritish va xulosa chiqarish usulidir. Analogiya bo’yicha tadqiq qilishda xossa, struktura va munosabatlarda mavjud bo’lgan o’xshashlikka e’tibor qaratiladi. Usuldan foydalanish quyidagicha sodir bo’ladi: bir obyekt (A) xossalarini o’rganishdan xosil bo’lgan bilim o’sha turdagi ikkinchi obyektni (V) bilish muammosi doirasiga o’tkaziladi va shu bilan obyekt (V) o’rganilgan hisoblanadi. Masalan, Tyan-Shan tizmasi, uning stratigrafiyasi, geomorfologiyasi va geologik davrlari haqida har jihatdan asoslangan bilimga egamiz. Fan tog’ tizmasi esa yetarli darajada o’rganilmagan obyektdir. Bunda biz Tyan-Shan tog’ tizmasiga doir bilimlarimizni analogiya bo’yicha fikrlashga asoslanib va ekspidisiya uchun katta xarajat qilmasdan Fan tog’ tizmasini o’rganish muammosi doirasiga kiritamiz, shu tog’ tizimi haqida bilimga ega bo’lamiz. Bunday analogiyani sxemasi quyidagicha: Tyan-Shan tog’ tizmasi, a, v, c, d, ye, f xislatlarga ega. Fan tog’ tizmasi a, v, s, d xislatlarga ega Fan tog’ tizmasi ye, f xislatlarga ham egadir. Analogiya bo’yicha tadqiqot o’tkazishni 3 ta turi mavjud: xossalar bo’yicha analogiya; strukturalar bo’yicha analogiya munosabatlar bo’yicha analogiya Xossalar bo’yicha analogiya o’tkazilganda bir turdagi ikki predmet o’xshash yoki aynan belgilarga ega bo’lishi kerak degan g’oya, faraz olg’a suriladi. Astronomlar bir turdagi sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlarida o’xshash unsurlar mavjud deb, Quyoshda topilgan yangi element-geliy Yerda ham bo’lsa kerak degan xulosaga kelishgan. Ko’p o’tmay bu xulosani chinligi tasdiqlandi. Yerda geliy elementi topildi. Strukturalar (S) va munosabatlar (M) xususida analogiya usuliga tayanib tadqiqot o’tkazishda obyektlarda mavjud bo’lgan o’xshash yoki aynan S va Mlar taqqoslanadi, olingan natija bo’yicha xulosa qilinadi. Aniqlik jihatdan qat’iy, qat’iy bo’lmagan va yanglish (yolg’on) analogiyalar farqlanadi. Qat’iy analogiya ishonchli, qat’iy bo’lmagan analogiya ehtimolli, yanglish analogiya nochin xulosa beradi. Qat’iy analogiya modellashtirish usuliga asoslangan tadqiqotlarda, bir qator matematik, tabiiy va texnik ilmiy yo’nalishlarda qo’llaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda qo’llaniladigan qat’iy bo’lmagan analogiya usuli ehtimolli xislatga ega bo’lgan bilim beradi. Yanglish analogiyadan masala mohiyatini tushunmagan paytda yoki muxolif tomonni adashtirish maqsadida foydalanadilar. XIX asrni oxirida vujudga kelgan sosial-darvinizm ta’limotida biologik evolyusiya va jamiyatni rivojlanishi o’rtasida analogiya (o’xshash tomonlari qayd qilish) o’tkazilib, ijtimoiy taraqqiyotni xarakatlantiruvchi kuchi hayot uchun kurash va tabiiy tanlanishdir degan nochin hoya olg’a surildi. Analogiyani ishlatganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko’proq o’xshash xossalarini aniqlab olish; taqqoslanayotgan predmetlarning muhim bo’lgan o’xshash belgilarini ajratib olish va ko’rib chiqish; taqqoslanayotgan predmetlardagi belgilar o’zaro uzviy aloqada bo’lishi lozim. Asl obyekt bo’lgan «I» predmeti a belgisi b, v, g, d belgilari bilan uzviy bog’langan. Asl obyekt bilan taqqoslanayotgan «K» predmetdagi o’xshash a belgi ham shu predmetdagi b, v, g, d belgilar bilan aloqada bo’lishi kerak; o’zaro taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari mumkin qadar oz bo’lishi shart. Agar taqqoslanayotgan «I» va «K» predmetlardagi zaruriy belgilar bir-biridan farq qilishsa, «K» predmetga nisbatan qilingan xulosa xato chiqadi. Sosial-darvinizm ta’limotida shunday xatolik yo’l quyilgan. Yuqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilish analogiya bo’yicha mulohaza yuritish va xulosa chiqarishni chinlik, ishonchli bo’lish darajasini oshiradi. Rus olimi M.V.Lomonosov ayotgan ediki, analogiyalar isbotlanmaydi, balki aniqlangan narsani asoslaydi. Shu bilan birga, analogiya ilmiy farazga turtki beradi, yangi fikrni paydo bo’lishiga yordam beradi, to’g’ri chiqqan holda ko’p kuch va sarf-xarakajatni tejaydi. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling