6-Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja


Download 46.97 Kb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi46.97 Kb.
#1600356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ИТМ 6 (1)

Umumlashtirish. Umumlashtirish mavhumlashtirishning yuqoriroq pog’onasiga o’tishni bildirib, unda narsa va hodisalardagi o’xshash, ular uchun umumiy bo’lgan belgi va tomonlar haqida obraz va tasavvurlar hosil qilinadi, tafakkurda ular birlashtirilib, umumiy mazmunga ega bo’lgan tushuncha ishlab chiqiladi. Shu bois tushunchani ma’lum belgilar guruhini o’zining mazmunida umumlashtirgan ilmiy bilish shakli deb izohlash mumkin.
Obyektlardagi xossa va tomonlarni oldin tahlil qilib, keyinchalik tasavvurlar, to’plangan faktlar va materiallarni umumlashtirish jarayonida tushunchalardan tashqari tamoyillar, g’oyalar va nazariyalar ishlab chiqiladi.
Kimyoviy izlanishlarda bir xil mikrozarrachalarning atomidan tashkil topgan, mustaqil mavjudligi, tarkibida ma’lum miqdorda atom yadrosi va elektronlarni bo’lishi kabi xolatlarni tahlil qilinishi va umumlashtirilishi molekula tushunchasini shakllanishiga olib keldi.
Adabiyotshunoslikda turli janrga ta’luqli asoslarda keltirilgan obrazlarni tahlil qilish, ularni yaratish usullarini o’rganish, olingan bilimlarni umumlashtirish badiiy obraz tushunchasini vujudga keltirdi.
Xulosa qilib aytganda umumlashtirish bilishda ijodiy samara beradigan nazariy tafakkur darajasi va usulidir.
Xulosa
- Tatbiq qilish ko’lamiga qarab modellashtirish umumilmiy usullar qatoriga kiradi.
- Modellashtirishda obyekt bevosita emas, balki model orqali bilvosita o’rganiladi.Model obyektning o’rindosh bo’lib, unga nisbatan nusxa ko’rinishiga ega bo’ladi.
- Model va obyekt o’rtasida gomomorfik va izomorfik munosabat, moslik bo’lishi mumkin.Tadqiqotda modeldan foydalanishni ikkita yo’nalishi mavjud: 1) obyektdan – modelga; 2) modeldan – obyektga (oldin model quriladi, u tadqiq qilingandan keyin obyekt – mahsulot ishlab chiqariladi).
- Matematik modellashtirishda bir-biridan farq qiladigan tabiiy va sun’iy ob’ktlarni bir turdagi tenglamalar bilan tavsiflash va tadqiq qilish mumkin.
- Komptyuterli modellashtirishning qulay va afzal tomoni shundan iboratki, ko’p prosessorli kompyuterlar tizimi va dastur paketlari yordamida har qanday murakkab obyektning grafik yoki animasiyali modelini tuzish va o’rganish mumkin.
- Nazariy tadqiqot usullari bevosita kuzatib bo’lmaydigan sifat, aloqa, xossa va bog’lanishlarni aniqlash va tushuntirish imkoniyatini beradi.
- Obyektlarga xos shunday sababiy bog’lanish va qonuniyatlar mavjudki, ularni faqat nazariy tahlil, mavhumlashtirish va sintezni amalga oshirish yo’li bilan o’rganish mumkin.
- Analiz obyektni qismlarga bo’lish va ularni har birini alohida-alohida o’rganish usulidir. Analizda obyekt unsurlari, ularning xossalari va miqdoriy o’lchamlari aniqlandi, unsurlarga xos farq qiluvchi umumiy belgilar ajratiladi. Tadqiqot materiallari sintez (umumlashtirish) uchun tayyorlanadi.
- Sintez-tahlil qilingan faktlarni, hosil bo’lgan tasavvurlar va tushunchalarni bir-biriga bog’lab bir-butun mazmunga ega bo’lgan g’oya tushuncha va nazariyani ishlab chiqish usulidir.
- Analogiya obyektlar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlikni o’rganib,bir obyektga xos bulgan belgilar shu turdagi boshqa obyektda ham bo’lishi mumkinligini asoslaydigan usuldir.
- Analogiya usulida tadqiq qilish predmetlardagi xossalar,strukturalar va munosabatlar bo’yicha amalga oshiriladi.
- Aniqlik jihatidan qat’iy, qat’iy bo’lmagan va yanglish(nochin) analogiyalar farqlanadi.
- Analogiya usulidan foydalanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1) ko’proq o’xshash elementlarni aniqlab olish; 2) taqqoslanayotgan xossalarni muhimlarini ajratib olish;3)asl obyektda qanday unsurlararo bog’lanish bo’lsa, o’rganilayotgan obyektda ham shunday bog’lanishlarni borligiga e’tibor qaratish lozim.
- Cheklangan faktlar asosida obyektning xossa va qonuniyatlari xususida ilmiy faraz qilish,asoslanishi kerak bo’lgan g’oyani olg’a surish gipotetik usuldan foydalanishni
- Tushuntirish ko’lami,qamrab olingan obyektlar miqyosiga qarab,gipoteza umumiy,juz’iy va yakka bo’lishi mumkin.
- Formallashtirish usuli– bu obyekt xossalarini simvollar (belgilar) bilan ifdalab, keyinchalik shu simvollar bilan ishlash yo’li va qoidalari tizimidir.Formallashtirish usulidan foydalarishning yorqin misoli iqtisodiy jarayonlarni matrisali modellashtirish apparati yordamida tadqiq qilishdir.
- Tadqiqot uchun zarur bo’lgan tushunchalarni hosil qilish, shakllantirish, ularni mazmunini boyitishda mavhumlashtirish va umumlashtirish usullari kata rol o’ynaydi.
- Obyektning o’rganilayotgan xossalarini fikrda ajratib olish, ularni tahlil qilish va mavjud yoki yangi tushunchalarda ifodalash mavhumlashtirish usulidan foydalanishni bildiradi.
- Umumlashtirish – bu tahlil qilingan xossalar uchun umumiy bo’lgan belgi va tomonlar xususida obraz va tasavvurlar hosil qilish, tafakkurda ularni birlashtirib, umumiy mazmunga ega bo’lgan tushuncha, g’oya yoki qoidani ishlab chiqish usulidir.

Download 46.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling