6-Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja
Download 46.97 Kb.
|
ИТМ 6 (1)
v) gipotetik usul; Bu usul o’rganilayotgan obyektning xossalari xususida faraz, taxmin qilishga asoslangan. Gipoteza (yun.hupothesis-asos, faraz)-biron-bir xodisa yoki uning sababi haqida taxminiy fikr bo’lib, uni hozirgi bilim va amaliyot darajasida tekshirib, isbotlab bo’lmaydi, lekin ma’lum ehtimollik bilan tushuntirib berish qobiliyatiga ega.
Gipotezani ishlab chiqishda analogiya, to’liqsiz induksiya, umumlashtirish, ehtimoliy sillogizm va boshqa usullardan foydalanadilar. Qanday hollarda gipoteza qurish ehtiyoji paydo bo’ladi? Xodisa sababini aniqlash uchun faktlar yetarli emas, lekin uni tushuntirib berish zaruriyati bor. Bunday holatda ishchi gipoteza olg’a suriladi. Tadqiqot obyekti va unga doir bilimda nomuayanlik darajasi katta, gipoteza esa dastlabki yondashuv sifatida muammo va izlanish yo’nalishiga ma’no beradi, faraz negizida yotgan g’oyani asoslashga qaratilgan harakatni faollashtiradi. faktlarga asos bo’lgan xodisa yoki xossalar tajribada bevosita namoyon bo’lmaydi, lekin ulardan kelib chiqqan ayrim belgilarni o’rganib gipoteza ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Fan va amaliyotda muntazam ravishda faktlar ochiladi, ular mavjud tasavvurlar, nazariyalar doirasida tushuntiriladi. Lekin, shunday yangi hodisalar kuzatiladiki,ularni biron-bir nazariya doirasida tushuntirib bo’lmaydi. Bunday vaziyatda tadqiqotchi xodisani namoyon etgan sabab xususida ilmiy gipotezani ishlab chiqadi. Tushuntirish ko’lamiga qarab gipoteza umumiy, juz’iy va yakka bo’lishi mumkin. Umumiy gipoteza nihoyatda keng miqyosda namoyon bo’ladigan narsa va xodisalarni anglash uchun ishlab chiqilgan farazdir. Masalan, Demokritning barcha narsalar eng kichik, bo’linmas atomlardan tuzilganigi haqidagi farazi. Faqat XIX asrga kelib ingliz ximigi va fizigi Djon Dalton (1766-1844) ayrim elementlarning atom og’irligini eksperimental tadqiqotda aniqladi, kimyoviy atomizm ta’limotini yaratdi. Juz’iy gipoteza ma’lum guruhga oid obyektlar sababi va qonuniyatlarini tushuntiradigan farazdir. Aytaylik, irsiyat birligi bo’lgan genni kelib chiqishini tushuntiradigan nazariya hanuz ishlab chiqilgani yo’q. AQSh olimi G.Kastler genni vujudga keltirgan boshlang’ich sabab-ipsimon informasion makromolekulalar bo’lishi kerak degan gipotezani olg’a surdi. Sosiobiologlar (E.Uilson, I Lamsden va boshqalar) insonga xos xatti-harakatlarni tomiri xayvonlarga borib taqalishi haqidagi farazni ishlab chiqishgan. Yakka gipotez – bu alohida hodisa yoki faktlarni tushuntirishga qaratilgan ilmiy farazdir. Taxmin qilinishicha 1908 yil 30 iyunda Sharqiy Sibirga tushgan Tungus meteoriti katta bo’lmagan kometaning yadrosidir. Urilishdan xosil bo’lgan zarba to’lqini 2000 km2 maydonni vayron qilib tashlagan, lekin bironta ham meteorit bo’lagi topilmagan. Fanda bir xodisa mohiyatini tushuntirishga da’vo qiladigan, bir-biri bilan raqobatda bo’lgan gipotezalar ham yaratilishi mumkin. XVI1 asrda nurning fizik tabiatini tushuntirishga qaratilgan ikkita gipoteza – korpuskulyar (I.Nyuton) va to’lqinli (Gyuygens) mohiyati haqidagi ilmiy faraz yaratildi. Ikki asr davomida u yoki bu gipoteza navbatma-navbat g’alaba qozonib turdi. XX asr boshlarida (1924) fransuz fizigi Lui de-Broyl nur tabiatini tushuntirish uchun asos bo’lgan tqlqinzarracha dualizmi ta’limotini ishlab chiqdi, oldin ishlab chiqilgan ikki yondashuv sintezi amalga oshirildi. Gipotezani tasdiqlaydigan tadqiqot vositalari va natijalari bevosita va bilvosita bo’ladi. Xususan, sabab bo’lib xizmat qilgan xodisani kashf qilish (masalan, Neptun planetasini kashf etilishi) ilmiy farazni bevosita tasdiqlashga kiradi. Download 46.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling