6-Mavzu: Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq


Download 43.74 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1368656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq,


  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish;

  • ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish;

  • ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integrasiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish .

Shu nuqtai nazardan forsayt markazlarini OTM huzurida tashkil etish taklif qilinmoqda.
Forsayt ijtimoiy-iqtisodiy va innovasion rivojlanish strategik yo‘nalishlarini ekspert baholash usullari tizimini, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsata oladigan texnologik rivojlanish prognozini o‘zida mujassamlashtiradi. Forsayt uslubiyati o‘nlab an’anaviy va yangi ekspert usullarini o‘z ichiga oladi. Bunda ularning doimiy ravishda takomillashib borishi ilmiy-texnik va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini oldindan ko‘rishga asos bo‘ladi.
Tarmoq va mintaqalarda innovasion ta’limni rivojlantirish, xo‘jalik faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish zaruriyati korxonalarda innovasion ta’limning axborot ta’minoti tuzilmalarini yaratish bilan bir qatorda, mintaqalarda innovasion ta’limni axborot- tahliliy ta’minlash maxsus tarmoqlararo axborot markazlarini yaratishni talab etadi. Bunday markazlar mintaqa korxonalarida innovasion ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bilim va ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, yuritish, tizimlashtirish bilan shug‘ullanishi lozim.
Inson resurslarining yuqori qiymati, avvalo, shu bilan belgilanadiki, ular ishlab chiqarishning raqobatli, «intellektual sig‘imli» ne’mat/xizmatlar kabi innovasion omillariga institutsional almashtirish global raqobatli bozorlarda innovasion ko‘rinishidagi daromadni shakllantirgan holda amalga oshiriladi
Boshqaruv ishida demokratiyani chuqurlashtirishning qudratli kuchi – inson omilini faollashtirish bo‘lib, bu mehnat resurslari faolligi va amaliy salohiyatiga tayangan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yuksak saviyaga ko‘tarish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.
Ma’lumki, keyingi paytda inson mehnati natijalarini baholashda nomoddiy aktiv ko‘rinishdagi intellektual mulk, ya’ni ilm-fan jadal rivojlanmoqda. Mahsulot ishlab chiqish sifatiga bo‘lgan talabning ortib borishi, raqobatning kuchayishi, innovasion texnologiyalarning rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonlarini muttasil ravishda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa xodimlar tayyorgarligini doimiy shay holatda tutish, inson omilini yanada faolashtirishni zarurat qilib qo‘ymoqda. Inson omili bilan bog‘liq ko‘plab tadqiqotlarning tahlilari, iqtisodiyotni boshqarishdagi oliy maqsad – inson omilini faollashtirish yo‘li bilan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni vujudga keltirishning muhim jihati sifatida asoslanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishda inson omilini faollashtirish bo‘yicha ilmiy asoslar ishlab chiqilgan. Bunda inson omilini bir butun tizim sifatida shakllantirishning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi, uning elementlarini tashkil etgan insoniylik sifatlari va ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyati hamda inson omili faollik darajasini baholashning standart-tashxis mezonlarini o‘z tarkibiga olgan konsepsiya ishlab chiqilgan.

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling