6-Mavzu: Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish


Download 43.74 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1368656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu

Inson omili – inson his-tuyg‘ulari, aql-idroki, ilmi, insoniy sifatlari, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlari, tabiati, fe’l-atvori, mehnatga munosabati, malaka, tajriba, ongi, dunyoqarashi, jismi, sog‘ligi, yoshi, jinsi, e’tiqodi, ruhiyati, qobiliyati, maylidan iborat murakkab sinergetik19 tizimdir.
Inson omilini tashkil etishda ishtirok etuvchi eng muhim va birinchi darajali insoniy sifatlarning tizimi shakllantirildi (6.1.1-jadval).

6.1.1.-jadval Iqtisodiyotni boshqarishda inson omilini tashkil etuvchi


sifatlarning tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi



Insoniy sifatlar

I. INSONIY, MA’NAVIY-AHLOQIY QADRIYaTLAR

1

Insonparvarlik

8

Mehr-muruvvat

14

Donolik

2

Vijdon

9

Halollik

15

G‘ayrat-shijoat

3

Odob-ahloq

10

Ruhan kuchlilik

16

Kamtarinlik

4

Or-nomus va andisha

11

Ma’naviyatlik

17

Sabr-qanoat

5

Saxiylik

12

Madaniyatlik

18

Oliyjanoblik

6

Irodalik

13

E’tiqod-sadoqat

19

To‘g‘riso‘zlik

7

Adolatparvarlik













II. MEHNATG MUNOSABAT

1

Mehnatsevarlik

6

Intizom

11

Tashkilotchilik

2

Malaka

7

Puxtalik va sifat

12

Talabchanlik

3

Tajriba

8

Mas’uliyat

13

Faollik

4

Ishbilarmonlik

9

Fidoiylik

14

Bamaslahat ish
ko‘rish

5

Tadbirkorlik

10

Tashabbuskorlik

15

Huquqini
anglagan

III. ILM VA KASB-HUNAR

1

Oliy, o‘rta, maxsus
kasbiy ilm

5

G‘oyaviy saviyasini
oshirishgaintiluvchan

9

Izlanuvchanlik




19Sinergetika – o‘zini o‘zi tashkil etish murakkab tizimlar nazariyasi

2

Qobiliyat va
iste’dod

6

Maqsadga intiluvchan

10

Ustoz, murabbiy

3

Bir necha ilm, kasb va
mutaxassislik egasi

7

Yangilikka
intiluvchanlik







4

Malakaviy saviyasini oshirishga
intiluvchan

8

Ilg‘or fikrlovchi







IV. ShAROIT

1

Mehnat

3

Hududiy

4

Ahloqiy-
ma’naviy muhit

2

Oilaviy













V. IMKONIYaT

1

Rag‘batlantirilish

4

Malaka oshirish va
o‘qitish

7

Oshkoralik va
plyuralizm

2

G‘amxo‘rlik ko‘rsatish

5

Erkinlik

8

Sog‘lom
raqobatchilik muxiti

3

Ishonch bildirish

6

Boshqaruvda ishtirok
etish

9

Ijtimoiy
himoyalanganlik

Bunda inson omili majmui 5 qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z mohiyatiga ko‘ra muayyan vazifalarni ado etish vazifasi ko‘zda tutilgan. Ushbu tizimda inson omili uyg‘un ob’ekt mohiyatiga ega bo‘ldi. Inson omilining umumiy insoniylik sifatlari turli darajada o‘zaro bog‘lanib muayyan voqeani sodir etadi. Bog‘lanish kuchini kamayishi, yoki yo‘qolishi hodisa va voqeaning sodir bo‘lish holatini kamaytirishga, yoki yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu inson omilini tashkil etuvchi insoniy sifatlarning o‘zaro bog‘lanish qonuniyati deb atalib, unga shunday ta’rif berildi.
    1. Inson omilini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini baholash


Innovasion taraqqiyot -bozor iqtisodiyoti rivojlanishida yangi sifat bosqich bo‘lib, unda ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish orqali bozorda mahsulotlarning yangi turlari, texnologiyalarni takomillashuvi, resurslardan samarali foydalanish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishiladi (6.2.1-jadval).

6.2.1-jadval


Iqtisodiy tizimlarning qiyosiy tahlili



Ko‘rsatkichlar

Iqtisodiy tizimlar turlari

Agrar
iqtisodiyot

Industrial
iqtisodiyoyot

Innovasion
iqtisodiyot

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari

Qishloq xo‘jaligi

Sanoat

Sanoatning yuqori texnologik fan sig‘imli
tarmoqlari

Asosiy ishlab chiqarish
tarmoqlari

Er, ishchi kuchi

Kapital tadbirkorlik
qobiliyatlari

Inson kapitali

Mahsulotlarning qiyosiy ustunlik
ko‘rsatkichlari

Narxlar pastligi, keng assortiment

Narxlar pastligi, yuqori sifat

Tovarning ko‘p funksionalligi
va yangililigi

Iqtisodiy sub’ektlar muvaffaqiyati ko‘rsatkichlari

Mahsulotning xalqaro sifat standartlarga javob berishi va eksportda ishtirok etish

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, eksportda ishtirok etish

Bozorda mahsulotning bu turi yo‘qligi, ekologik tozaligi, resurs tejamligi,
eksportbopligi

Asosiy omillar:



  • globallashuv miqyosini, tovar va xizmatlarning sotish bozorlarini kengayishi, oqibatda raqobat kurashini kuchayishi va narxsiz raqobat usullarini faol qo‘llanilishiga olib keldi;

  • jamiyat hayotining hamma sohalariga fan-texnika yutuqlarini faol joriy etilishi;

  • ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlarining jadallashuvi;

  • atrof muhitdagi salbiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish faoliyatiga ekologik normalarni kiritilishi va yangi ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish zarurati;

  • ayrim tabiiy resurslar turlarini kamayib borishi natijasida resurs tejovchi texnologiyalarni, resurslarni muqobil manbalarini qidirish va joriy etish zarurati;

  • zamonaviy iste’molchining hulqidagi o‘zgarishlar, iste’molchi tanlovida yangi mezonlarni vujudga kelishi.
    1. Kadrlarni boshqarish strategiyasining mohiyati va turlari


Innovasion sohada kadrlarni shakllantirish va boshqarish zamonaviy tafakkurni tizimlashtirish, inson ongi ijodining natijaviyligiga erishish, oldindan ko‘ra bilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bunday yondoshuv innovasion tizimni demokratlashuvini va yanada insonparvarlashuvini ta’minlab, sifat darajasini oshishiga xizmat qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda innovasion rivojlanishni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga (ITTKI) yalpi ichki mahsulotning 3 foizgacha bo‘lgan mablag‘ning doimiy ajratilishidir.
Innovasiyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishga bo‘lgan yondashuvlarni takomillashtirish jarayonida, tashkiliy tuzilmalari, hamda tashkilotning kadr, axborot va resurs salohiyatidan foydalanish sifatini oshirish bazasida innovasiyalarni boshqarish usul va uslublari tahliliga alohida e’tibor qaratiladi. Ammo, innovasiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi har qanday tadbirlar, albatta, raqobatdosh ilmiy mahsulot ishlab chiqarish va undan daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Innovasion sohada kadrlarni shakllantirish texnologiyasi deganda nima tushuniladi.
Innovasion sohada kadrlarni shakllantirish texnologiyasi – bu korxonaning (tashkilotning) samarali faoliyati uchun talab etiladigan xodimlarni turli parametrlar orqali pog‘onaviy darajada shakllantirish usul va vositalar majmuasi bulib, bu borada maqsadli harakatlar mexanizmining uzluksiz ishlab turishidir. Innovasion soha kadrlar tizimi
– bu tashkilot darajasida ishlovchilar salohiyatidan samarali foydalanishda normal-funksional va rivojlanish uchun tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy choralarning o‘zaro bog‘liqlik tizimidir.
Karera – bu xodimning kelajakda o‘z mehnati, o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi yo‘llari va mehnatdan qoniqishi bo‘yicha sub’ektiv shaxsiy idrokidir. bu xodimning xizmat pila-poyasida siljib borish, ko‘nikmalar, qobiliyatlar, malakaviy imkoniyatlar va mukofotlash xajmining o‘zgarib borishidagi intilishini anglatadi.
Innovasion sohada kadrlarni shakllantirishda kuyidagilarga e’tibor berish zarur:

  • ehtiyojni (layoqatini)bilimini aniqlash;

  • kadrlarni jalb etish;

  • kadrlardan samarali foydalanish;

  • kadrlarni rivojlantirib borish (malakasini oshirish va qayta tayyorlash);

  • kadrlar to‘g‘risida axborotlarni tashkil etish;

  • kadrlarni almashtirish(ishdan bo‘shatish);

  • kadrlar zahirasini shakllantirish va ularni rag‘batlantirish;

  • innovasion sohada kadrlarni shakllantirishda kuyidagilarga e’tibor berish zarur.

Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi:

  • kadrlarni rivojlantirishga ehtiyoj (talab va amaldagi kompetensiyaning mos kelmasligi);

  • kadrlarni rivojlantirish istiqbollari (kompetensiyasi);

  • kadrlarni boshqarish strategiyasi;

  • kadrlar zahirasini boshqarish.

Innovasiyada kadrlarni shakllantirish strategiyasi:

  • kadrlar strategiyasi;

  • ochiq (korxona innovasion tarkibni tashqi manbalardan to‘ldiriladi);

  • yopiq (korxona innovasion tarkibini ichki manbalardan to‘ldirishga qaratiladi);

  • rejalashtirish;

  • korxona tuzilmasi;

  • shtat jadvali;

  • zahira.

Innovasion sohada kadrlarni shakllantirishga segmentlarning ta’siri.
Dastlabki tavsifi:

  • Yoshi

  • Jinsi

  • Millati

  • Jismoniy imkoniyati

  • Hulqiyoki o‘zini tutishi Muhimlik tavsifi:

  • Ma’lumoti

  • Etiqodi

  • Aqliy qobiliyati

  • Yashash joyi

  • Daromadi

  • Ish tajribasi

  • Xarakteri

  • Oilaviyligi

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling