6-Mavzu: Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish


Innovasion tizimda malakali kadrlarni tayinlash va qayta tayyorlash tizimi


Download 43.74 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi43.74 Kb.
#1368656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu

6.4 Innovasion tizimda malakali kadrlarni tayinlash va qayta tayyorlash tizimi


Innovasion sohada kadrlarni shakllantirish va boshqarish zamonaviy tafakkurni tizimlashtirish, inson ongi ijodining natijaviyligiga erishish, oldindan ko‘ra bilish zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday yondoshuv innovasion tizimni demokratlashuvini va yanada insonparvarlashuvini ta’minlab, sifat darajasini oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlar guruhi (segmentlari)ni aniqlash. Kadrlar siyosati orkali innovasion maqsadlarga erishish mumkin:

  • innovasion sohada kadrlar zahirasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish darajasi bo‘yicha boshqaruvni ijtimoiy, salohiyatli, dastlabki

va yakuniy turkumlarga bo‘lish mukin.Kadrlarni ijtimoiy zahirasi – bu keng ma’nodagi tushunchani anglatadi. Bunda barcha mexnat resurslari kamrab olinadi (tashqi va ichki imkoniyatlar) va tashkilotning istikboldagi kadrlar ta’minotining asosi yaratiladi;

  • salohiyatli zahira rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar ta’lim darajasiga va mutaxassisligiga qo‘yiladigan asosiy talablarga javob berishi yoki boshka parametrlar xisobga olingan xolda yaqin kelajakda javob berishi tushuniladi. Tashkilotning har bir bo‘linmasida shaxsiy zahirasi shakllanishi lozim;

  • dastlabki zahira – bu salohiyatli zahiradagi xodimlar soni bo‘lib, rahbarlik lavozimiga ko‘yilish ehtimoli katta bo‘ladi.

Yakuniy zahiraga faqat barcha mezonlarga deyarli to‘lik javob berayotgan ishlayotgan xodimlar kiritiladi (6.4.1-jadval).


6.4.1-jadval


Innovasion ko‘nikma hosil etish mezonlari



Daraja

Mezonlar

Ko‘nikmani shakllantirish mezonlari ko‘rsatkichlari

Salohiyat

Ijtimoiy- demografik talablar

Ta’lim darajasi, amaliy ish tajribasi va insonlar bilan ishlash tajribasi, yoshi (shaxsiy hujjat bo‘yicha)

Dastlabki

Boshqaruv sifati

Innovasion guruhga nomzodni kiritishda professional va shaxsiy sifatlarini ekspert bahosi (so‘rov va test o‘tkazilish natijalari)

Yakuniy

Ish natijasi

Innovasion faoliyatda yakuniy natijalari (belgilangan vazifalarni bajarilish natijasi bo‘yicha), nomzodni ma’lum vazifani bajarishi uchun roziligi

Innovasion tizimda zamonaviy axborot texnologiyalari:

  • davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi;

  • elektron xujjat va elektron xujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzoni qo‘llash;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari axborot tizimlari va resurslari;

  • lokal, korporativ va global axborot tizimlari;

  • milliy axborot tizimini shakillantirishda axborot tizimlari majmuasini yaratish va integrasiyalash usullari;

  • davlat idoralari taqdim etayotgan axborotga fuqarolarni masofaviy foydalanishga imkoniyat yaratish;

Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling