6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


 O’zbekiston Respublikasida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil


Download 60.56 Kb.
bet9/9
Sana18.11.2023
Hajmi60.56 Kb.
#1783816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqti-fayllar.org

6.5. O’zbekiston Respublikasida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil 
etishning tashkiliy-huquqiy asoslari. O’zbekiston Respublikasida Maxsus 
iqtisodiy zonalarga jalb etiluvchi investitsiyalarning asosiy yo’nalishlari va 
samaralari. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil
etishning huquqiy asoslarini O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi
«Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi 220-I–sonli Qonuni, 17.02.2020 yildagi
O‘RQ-604-son
“Maxsus
iqtisodiy
zonalar
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni, 25.10.2017 yildagi PQ-3356-son “Erkin iqtisodiy zonalar
va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori,
09.03.2020 yildagi 134-son “Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zona to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra
erkin iqtisodiy zonalar quyidagi turlarga ajratiladi:
– erkin savdo zonalari;
– erkin ishlab chiqarish zonalari;
– erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini,
shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o’rash-joylash, saralash, saqlash
zonalarini o’z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash hududlarda,
aeroportlarda, temiryo’l tugunlarida yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona
hududining boshqa joylarida tuziladi.
Erkin ishlab chiqarish zonalari tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning
ustun tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni
joriy etish maqsadida xo’jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy
etiladigan hududlardir. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo’naltirilgan
ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-
iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o’z ichiga oladi.



Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo’lib, u


erda ilmiy-ishlab chiqarish va o’quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy
va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot
o’rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan
zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida
tashkil etiladi.
Respublikamiz hududida MIZlar tashkil etish bo’yicha ishlab chiqilgan «Erkin
iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi Qonun uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda
umumiy qoidalar, ikkinchi qismda Maxsus iqtisodiy zonalarning huquqiy tartiboti,
uchinchi qismda Maxsus iqtisodiy zonani boshqarish yoritib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi
bilan 2008-yilning dekabr oyida keng miqyosdagi mintaqaviy taraqqiyot dasturining
mantiqiy davomi sifatida «Navoiy» aeroportining bevosita yaqinida – Buxoro va
Samarqand shaharlaridan 100-175 kilometr uzoqlikda 564 gektar maydonni
egallagan «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasi (EIIZ) tashkil etildi. Yuksak
samarali, zamonaviy xorij asbob-uskunalari va texnikasi, texnologik tarmoqlar va
modullar,
innovatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish
hisobidan
yuqori
texnologiyalarga asoslangan, jahon bozorlarida raqobatdosh mahsulotlarni keng
ko’lamda ishlab chiqarish «Navoiy» EIIZ hududida xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining asosiy yo’nalishi etib belgilandi. Bu hududdagi ishlab chiqarish
faoliyatining istiqbolli yo’nalishlari - kimyo va neft-gazkimyo, zamonaviy qurilish
materiallari sanoati, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, dori-
darmon va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi.
Mazkur hududdagi er uchastkalari xo’jalik yurituvchi subyektlarga ularning
investitsiya faoliyati davrida eng kam ijara haqi evaziga ijaraga beriladi. Bunday
engillik tufayli investorlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyati uchun er
maydonlarini sotib olish va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qo’shimcha
mablag’ sarflashga hojat qolmaydi.
EIIZda faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarga alohida huquqiy tartib,
bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident



fuqarolarining hududga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketish, shuningdek, ular


tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning
soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Bu imtiyozlarning barchasi faqatgina EIIZ hududida faoliyat ko’rsatayotgan va
EIIZ direktsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun
amal qiladi. EIIZda faoliyat yuritish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiya olib kirgan
xo’jalik subyektlari er solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichik korxonalar
uchun), Respublika yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish
jamg’armasiga majburiy to’lovlardan ozod etiladi va buni yuqoridagi 6.2-jadvalda
ko’rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan MIZlar tor
ixtisoslik bo’yicha ish olib boradilar, «Navoiy» EIIZda ishlab chiqarishning barcha
turlari bo’yicha faoliyat olib borish mumkin. Navoiy boy mineral xom ashyo
resurslariga boyligini hisobga olganda, EIIZda faoliyat yurituvchilar xom ashyolarni
yanada kengroq qayta ishlashga va yuqori qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa, o’z navbatida, mahsulot ishlab
chiqarishda kerak bo’ladigan xom ashyo va materiallarning tashish xarajatlarining
sezilarli darajada iqtisod qilinishi natijasida tovar tannarxining maksimal darajada
optimallashishiga olib keladi.
EIIZning faoliyat ko’rsatishida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida
qo’shimcha ish joylarining yaratilishi mahalliy aholining daromadlarining va hayot
farovonligining ortishiga imkon tug’diradi. Navoiy viloyatida ishlab chiqarishda
yangi texnologiyalarni qo’llash va rivojlangan infratuzilma bilan mamlakatning
industrial markazi shakllantiriladi.
Eng asosiysi, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik mamlakat
YaIMining o’sishiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omildir. O’zbekistonda MIZlarni
tashkil etish uchun barcha sharoitlar va omillar mavjud.
O’zbekistonda MIZni tashkil qilish pirovard maqsad emas. Hududlarni tashkil
qilishdan asosiy maqsad, sanoat va iqtisodiyotning o’sish darajasini tezlashtirish va



ularni modernizatsiya qilish, ichki bozorni to’ldirish va eksportning o’sishi hisobiga


valyuta tushumlarini ko’paytirishdir.
MIZlarni tuzishdagi dastur – maqsadli, moliyaviy va tashkiliy muammolardan
tashqari hammasi uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham qayd
etishi lozim. Bularga:
– korxonalar xo’jalik aloqalarini qayta tashkil etish;
– mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini xalqaro bozorda davlat
tomonidan himoyalash;
– erkin tadbirkorlikning rivojlanishi yo’lida mahalliy to’rachilik va
jinoyatchilik, shu jumladan, amaldorlarning poraxo’rligi kabi to’siqlarning
mavjudligi taalluqlidir.
O’zbekistonda MIZni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari juda keng.
Shuni qayd etib o’tish kerakki, O’zbekistonda tabiiy boyliklarning, mehnat
rusurslarining
va
hududlarda
sanoat
ishlab
chiqarish
tarmoqlarining
rivojlanganligini hisobga olib, kelajakda MIZning turli ko’rinishlarni tashkil etish
mumkin.
Bizning fikrimizcha, MIZni tashkil etishda har bir hududning (viloyatning)
xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish zarur. Axir, hamma erda bir xil
imtiyozlar, rag’batlantirishlar tizimini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, viloyatning
geografik joylashuvi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, aholi turmush darajasi va
ishchi kuchining miqdori, u erdagi infratuzilma, aloqa tizimlari va shu kabilar barcha
viloyatlarda turlicha. Agar investorlarga har bir viloyatning imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda imtiyozlar va kerakli infratuzilma yaratib berilsa, hududlar
rivojlanishidagi muammolar masalasini hal qilishga yordam beradi. Bunda MIZ
O’zbekiston mintaqalarining iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtiruvchi
vositasini bajarishi mumkin.
2016-yil 26-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.



Ushbu Farmon mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish


quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan
zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb
qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy
infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim
omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining «Navoiy» erkin industrial-
iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari nomini
birxillashtirish maqsadida ularni «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy
zonalar deb atash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
Farmonda «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari
faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-
sentabrdagi R-4351-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Erkin iqtisodiy
zonalar faoliyatini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ishlab
chiqish komissiyasining erkin iqtisodiy zonalar hududida amalda qo‘llanilayotgan
soliq va bojxona rejimlarini birxillashtirish hamda ushbu zonalar ishtirokchilarining
quyidagilardan:
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar
uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot
muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga
majburiy ajratmalaridan;
o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar,
xomashyo, material va butlovchi buyumlar, shuningdek, mamlakatimizda ishlab



chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi


Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib
kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish (bojxona
rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-may kuni mamlakatda
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yettita erkin iqtisodiy
zona (EIZ) tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi.
Tuproq va iqlim sharoitlari noyobligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida
erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish to‘g‘risida kiritilgan taklifga binoan «Nukus-
farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm»,
«Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etishga qaror
qilindi.
Hozirgi kunda respublikamizning turli hududlarida turli yo’nalishdagi erkin
iqtisodiy zonalar tashkil etib kelinmoqda.

http://fayllar.org



Download 60.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling