6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni
Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsiyalarni jalb etishdagi
Download 60.56 Kb.
|
6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqti-fayllar.org
6.4. Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsiyalarni jalb etishdagi
ahamiyati. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularga jalb etilgan investitsiyalarga nisbatan turli imtiyoz va rag‘batlarning qo’llanilishi. MIZni rivojlanishining muhim sharti bu investorlar uchun bo’lgan imtiyozlardir. Chunki ular kapital qo’yishdan avval ularga berilayotgan imtiyozlarni obdon sinchkovlik bilan o’rganadilar. Bu o’rinda soliq imtiyozlari muhim o’rin tutadi. Soliq imtiyozlari – eng keng tarqalgan usul bo’lib, u kapitalning jamlanishiga, ishlab chiqarishning zamonaviy sohalarining rivojlanishiga, milliy iqtisodiyotda progressiv o’zgarishlarga erishishga yordam beradi. Davlat soliq imtiyozlari berish orqali ham mahalliy, ham xorij kapitali investitsiyasini rag’batlantiradi. Bunda yangi qayta ishlash sohalari, qoloq va olis hududlar, yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi, sermashaqat va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ta’minlanadi. Lekin, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, MIZlar uchun beriladigan imtiyozlar tizimi natijasida davlat zarar ko’rmaydi. Aksincha, bu ilmiy- texnik salohiyatni o’stirish, yangi boshqaruv usullarini va tadbirkorlik shakllarni joriy etish, xizmat ko’rsatishning jahon standartlariga o’tish uchun to’lanadigan haqdir. Har bir mamlakat yoki uning u yoki bu hududi MIZlar tashkil etish jarayonida o’zining imtiyoz va rag’batlantiruvchi omillarini tanlaydi. Tajribalar ko’rsatishicha, hududlarda o’rnatiladigan imtiyozlar tizimi turlicha bo’lib, uning hududida amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga, turli xildagi MIZlarning umumiy sifatlari mavjuddir: anchayin qulay investitsiya sharoitlari, tashqi savdo, soliq, moliya va boshqaruv imtiyozlari. Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda, MIZlar hududi o’lcham jihatdan turlicha bo’lishi mumkin – 1,5 km 2 dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln km 2 gacha (Manaus, Braziliya). Ayrim hollarda, MIZlarni hali ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma hamda rivojlangan sanoatga ega bo’lmagan yangi xo’jalik hududlarida tashkil etish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. MIZlarni yangi xo’jalik o’zlashtirish hududlarida tashkil etish uzoq muddatli muhim davlat dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi (mineral xom ashyo bazasini mustahkamlash, mashinasozlik kompleksini yaratish va h.k.). Mana shunday hududiy siyosatni Argentina, Braziliya, Indoneziya, Xitoy, Meksika, Chili va boshqa mamlakatlar olib bormoqda. Har xil mamlakat hududidagi imtiyozlar va rag’balantirish omillari bir-biridan farqlanadi, ammo, ular mohiyatan bir-biriga o’xshaydi. MIZni tashkil qilish natijasida paydo bo’lgan tajriba shuni ko’rsatadiki, ularning har biri uchun o’ziga mos keluvchi imtiyozlar va rag’batlantiruvchi omillar mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda imtiyozlarni to’rtta asosiy guruhga bo’lib ko’rsatishadi: 1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo’lib, MIZ maydonida maxsus bojxona tartibini (eksport-import bojini kamaytirish yoki yo’q qilish) joriy etish va tashqi savdo operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini qo’llash. 2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yo’nalishdagi faoliyati va aniq belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog’liq soliq rag’batlantiruvi me’yorlarini o’z ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta’tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS solig’ini to’lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko’chmas mulk, mulk soliqlari, xorijlik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar, foydani xorijga o’tkazishga to’lanadigan soliqlardan to’la yoki qisman ozod etilishini o’z ichiga oladi. Ayrim hollarda, xorijiy investorlar uchun boshqa imtiyozlar ham ko’zda tutiladi, masalan, investitsiya ssudalari va investitsiya dotatsiyalari. Investitsiya ssudalari asosiy fondlarga nisbatan daromad solig’idan qo’shimcha chegirmalar (10-50 %)dan iborat bo’lib, imtiyozli davr tugagandan keyin tatbiq qilinadi. Investitsiya dotatsiyasi yangi investorlarga qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo’yilmalar hajmiga bog’liq bo’lib, odatda, moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past rentabelli korxonalarga beriladi. 3. Moliyaviy imtiyozlar o’z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Masalan, kommunal xizmatlarga pastroq tariflar, er uchastkalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo. Bundan tashqari, ko’pgina MIZlar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas, balki, xorijliklarga erkin sotilishi ham qo’llaniladi. Xorijliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy qiziqishining namunasi sifatida qabul qilinadi. Bu xorij investorlari uchun muhim imtiyoz sifatida qaraladi. 4. Ma’muriy imtiyozlar hududi ma’muriyati tomonidan korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish, xorij fuqarolarining kirib-chiqish tartibini soddalashtirish va korxonalarga turli xil xizmatlarni ko’rsatish maqsadida berildi. Maxsus iqtisodiy hududlar tuzilgan ko’pchilik mamlakatlarda investorlarga «bir joyda» yoki «24 soat mobaynida» xizmat ko’rsatish turlari joriy etilgan bo’lib, bunda ruxsatnoma va litsenziyalar berish masalalari bir joyning o’zida tez hal qilinadi. Yuqorida ko’rsatilgan imtiyozlar u yoki bu MIZning faoliyat sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli kombinatsiyalarda qo’llaniladi. Shu bilan birga, har bir tur hududga mos keluvchi imtiyoz va rag’batlarning standart jamlamasi ham mavjud. MIZlarda qo’llaniladigan imtiyozlar har doim ham mamlakatga xorij investitsiyalarini kiritishni rag’batlantiruvchi asosiy omil bo’lib xizmat qilmaydi. Unga nisbatan muhimroq omillar bo’lib, siyosiy barqarorlik, investitsiya kafolatlari, infratuzilma sifati, ishchi kuchining malakasi, ma’muriy jarayonlarning soddaligi va boshqalar xizmat qiladi. Shu bilan birga, boshqa barcha sharoitlar teng bo’lganda birinchi o’ringa taklif etilayotgan imtiyozlar va rag’batlar chiqadi. Download 60.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling