6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


 Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadlari, obyektiv


Download 471.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana14.04.2023
Hajmi471.17 Kb.
#1357339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 mavzu EIZ larning ahamiyati

6.2. Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadlari, obyektiv 
zarurligi va tasniflanishi 
Jahon amaliyotidan ma’lumki, MIZ turli maqsadlarga erishish uchun 
tashkil etiladi.
Birinchidan, MIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqtisodiyotning xalqaro 
mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. 
Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini 
ko’paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko’ra xorijiy 
tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta’minlay olmasa, unda 
erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya 
muhitini yaratishi mumkin. 
11
Данько Т.П., Окрут З.М. Свободние экономические зоны в мировом хозяйстве. – М.: «ИНФРА-М», 1998. – 
С. 35. 
12
Друзик Я.С. Свободные экономические зоны. – Минск, 2000. – С. 29. 
13
Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish. Iqt. fan. 
nom. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. – T.: BMA, 2012. – B. 8. 


Ikkinchidan, MIZ birinchi navbatda import o’rnini qoplovchi mahsulot ishlab 
chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish uchun tashkil 
etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida 
import o’rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi. 
Uchinchidan, MIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar 
ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort 
sohalarining integratsiyalashuvi ham ko’zda tutiladi. 
To’rtinchidan, MIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy-
texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali butun milliy iqtisodiyotda undan 
foydalanishni nazarda tutadi. 

Download 471.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling