6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni
Download 471.17 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu EIZ larning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turistik-rekreatsion zona
- Erkin savdo zonalari
- Maxsus sanoat zonasi
Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud. Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo- ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud. Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab- joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. (Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.) Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy- texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi (Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi). Iqtisodiy adabiyotda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda «erkin iqtisodiy hudud» terminidan foydalaniladi. Biroq, bu termin uning mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. Bunda qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma’muriy tartib, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo’jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni engillashtiradi, ma’lum imtiyozlar beradi. Ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlari, import nazoratlaridan ozod etilgani uchun ham bunday hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb ataladi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy- huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi. Shuning uchun, fikrimizcha, bunday hududni «erkin» emas, balki «maxsus» iqtisodiy hudud, deb atash o’rinlidir. Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalar tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, maxsus iqtisodiy zona deganda tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud tushuniladi 1 . Maxsus huquqiy rejim — maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart- sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui; Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri — maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi; Maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati bo‘lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi. “Maxsus iqtisodiy zonalar” to’g’risidagi Qonun 2 ning 5-moddasiga asosan, Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi: 1 17.02.2020 yildagi O‘RQ-604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” 2 https://lex.uz/docs/-4737511 maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi; maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini baholash uslubiyotini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida investorlarning, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining hamda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan mavjud byurokratik to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkil etadi; maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilish jarayoni monitoringini amalga oshiradi; maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasining va ishtirokchilarining faoliyati samaradorligini baholashdan o‘tkazadi; maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etadi; maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining hamda ma’muriy kengashlarining faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. Iqtisodchi-olimlar tomonidan erkin iqtisodiy hudud tushunchasining mazmuni va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kungacha iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarga 30 xilga yaqin ta’rif berilmoqda. Chunki, na xorijiy adabiyotlarda, na mahalliy adabiyotlarda EIHning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan umumiy belgilari yoki umumiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tilmagan. Turli davrlarda EIHning mohiyatidan kelib chiqqan holda turlicha ta’riflanmoqda. Masalan, iqtisodchilardan A.Kuznetsov: «An’anaviy ma’noda EIH deganda, davlatning suveren hududi bo’lib, u erdagi xorijiy tavorlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin» 3 , deb ta’riflaydi. 1973-yil 18-mayda Kioto shahrida bo’lib o’tgan konventsiyada EIH tushunchasiga rasman izoh berilgan. Unda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud bu ma’lum bir davlat xududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi» 4 . Bizning fikrimizcha, bu ta’rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o’tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to’g’ridir. Ushbu tushunchadan ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlaridan, import solig’i va import nazarotilardan ozod etilgani uchun ham bu hudud erkin iqtisodiy xudud, deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga xorijdan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan, deb e’lon qilinmaydi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi. EIHlarning mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o’ynashini hisobga olgan holda O’zbekistonda ham “Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi 5 Qonun qabul qilingan. Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geofafik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Erkin iqtisodiy zona – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi. Davlatning EIHni tashkil etish orqali maxsus hududlarga investitsiya oqimini kuchaytirishga qaratilgan intilishlarini T.Danko va Z.Okrutlar ta’kidlab o’tadilar. 3 Кузнецов А. Свободные зоны и национальная экономика. // «Мировая экономика и международные отношения». – №12. 1990. – С. 24. 4 Рыбаков С.А., Орлова Н.А. Особые экономические зоны в России. – М.: «Вершина», 2006. – С. 248. 5 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi «Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi 604-sonli Qonuni. Ular EIHni «qulay investitsiya muhitini yaratish uchun hamda ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag’batlantiruvchi omil, mexanizm», deb biladilar 6 . Iqtisodiy lug’atlarda EIHning xorij investitsiyalarining kirib kelishini rag’batlantirishiga urg’u berilgan. U yerda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud – xorij kapitali ishtirokidagi faoliyatni rag’batlantiruvchi, imtiyozli valyuta- moliyaviy va anchayin qulay soliq rejimlariga ega bo’lgan hududdir» 7 . Biroq, professor E.Avdokushenning fikriga ko’ra, mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo’l ochib berishni istamagan holda, balki investitsiyalarni ma’lum bir hududga yoki sohaga yo’naltirish niyatida, mamlakatning ba’zi yerlarida EIHlarni tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, so’ngi paytlarda davlatlar o’rtasida boshqa mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratib berilayotgan shart- sharoitlar, imtiyozlar borasida kuchli raqobat bormoqda. Demak, bundan xulosa qilsak, bu kurashda EIH «jahon xo’jaligi miqyosida ko’chib yurgan kapitallar uchun o’ziga xos qopqon» 8 , deb hisoblasa bo’ladi. Iqtisodiy ilmiy adabiyotlarda, ko’pincha, EIHga investorlarni nima jalb qilishi yuzasidan baxs yuritiladi. Ba’zi bir olimlar, bu masalaning echimi, faqatgina qulay rejim, xo’jalik yuritishning maxsus sharoiti, deb hisoblaydilar. Xususan, Ya.Druzik ko’rsatishicha, «...har qanday erkin iqtisodiy hududning rivojlanishidagi muhim sababchisi imtiyozlardir (bo’lib hisoblanadi)...» 9 . Boshqa bir olimlar guruhi, masalan, V.Ivchenko, L.Samoylova, A.Kunetsovlar EIH rejimi taklif etadigan imtiyozlar tizimi, har doim ham xorijiy investitsiyani jalb etishda asosiy omil bo’lib hisoblanmaydi, deb biladilar. Olimlarning yozishicha, «xorijiy investorlar uchun imtiyozlar hal qiluvchi emas, ularni, ko’proq, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, xususiy mulkka nisbatan bo’lgan munosabat, erkin xalqaro bitim va shartnomalar qiziqtiradi» 10 . 6 Данько Т.П.,. Свободние экономические зоны в мировом хозяйстве. – М.: «ИНФРА-М», 1998. – С. 31. 7 Краткий внешнеэкономический словарь-справочник. Под редакцией В.И.Рыбалкин. – М.: «Международные отношения», 1991. – С.82. 8 Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. – М.: «Юрист», 1999. – С. 162. 9 Друзик Я.С. Свободные экономические зоны. – Минск, 2000. – С. 14. 10 Ивченко В.В., Самойлова Л.Б. Свободные экономические зоны в зарубежных станах и России. Учеб. пос. – Калининград, 1999. Ayni paytda T.Danko va Z.Okrutlar ko’rsatishicha, «Erkin iqtisodiy hudud hamisha davlat yurisdiktsiyasi ostida bo’ladi» 11 . Ushbu masala bo’yicha muallif professor K.Semenov fikriga qo’shiladi, Uning yozishicha, «...Erkin iqtisodiy hududning davlatga nisbatan bo’lgan mustaqilligi absolyut emas, balki nisbiydir...» va «...EIHdagi qonun mahsulot egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan butkul ozod etmaydi, balki uni engillashtiradi. Bu hudud, unga olib kirilgan tovarlarga turli boj va soliqlar to’lanmasligi yuzasidan erkindir» 12 . O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan M.Raimjonova EIHni quyidagicha ta’riflagan: «mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma’muriy boshqaruvga ega bo’lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag’batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb tushuniladi» 13 . Download 471.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling