6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Eksport-ishlab chiqarish zonalari


Download 471.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.04.2023
Hajmi471.17 Kb.
#1357339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 mavzu EIZ larning ahamiyati

Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy 
bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, 
xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur 
ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan 
holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida 
qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi. 
Bojxona bojini to’lash faqat mahsulot qabul qiluvchi mamlakatning milliy bojxona 
hududiga kirib borsagina amalga oshiriladi. 
Eksport-ishlab chiqarish zonasi hukumatning alohida qarorlari asosida tashkil 
etiladi. Ushbu qarorda hududni boshqarishni shakllantirish masalalari, qo’shimcha 
imtiyozlarni joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar aks ettiriladi. 
Eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish logistika, kommunal va 
ijtimoiy infratuzilmani yaratish, hudud chegaralarini o’rab olish va bojxona 
nazoratini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni 
talab etadi. 
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, o’rtacha kattalikdagi eksport-ishlab 
chiqarish zonasini tashkil etish va rivojlantirish uchun 50 mln. AQSh dollari 
miqdorida xarajat talab etiladi. Bunda mamlakatning boshqa hududlariga tovarlarni 
14
SPECIAL ECONOMIC ZONES: PERFORMANCE, LESSONS, LEARNED, AND IMPLICATIONS FOR 
ZONE DEVELOPMENT – The World Bank Group: documents1.worldbank.org 


kontrabanda yo’li bilan olib kirish xavfi sanoat tipidagi erkin bojxona zonasiga 
nisbatan sezilarli darajada kamayadi. 
Ilmiy-texnologik zonalar. Ilmiy-texnologik zonalarni (ITZ) erkin iqtisodiy 
zonalarning alohida guruhiga kiritish mumkin. Iqtisodiy adabiyotda ular texnologik 
parklar, texno-polislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilarmonlik 
markazlari deb ataladi. Bu hududlarning ajralib turadigan tomoni shundaki, mazkur 
hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot 
markazlari va universitetlar atrofida joylashgan fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, ilm 
ko’p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi. Bunday hududlarni tashkil etishdan 
maqsad sanoatga materiallar, yuqori malakali mehnat resurslari, yangi zamonaviy 
texnologiyalarni etkazib berishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Ilmiy texnologik 
zonalar uch toifaga bo’linadi: 
1. Innovatsion markaz — bu iqtisodiy tarkibi uncha katta bo’lmagan hudud
doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo’ljallangan. 
2. Ilmiy parklar - bu etarlicha katta hudud bo’lib, unda turli o’lcham va
rivojlanish bosqichidagi fan sig’imkorligi yuqori, ilm ko’p talab qiladigan 
firmalar joylashgan bo’ladi. Ular unchalik katta bo’lmagan ishlab chiqarishni
mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo’lga 
qo’yish imkonini beradi. 
3. Tadqiqot parki — bu tarkib doirasida ilmiy-texnik yangiliklar texnik 
timsol bosqichigacha ishlab chiqiladi. Bunday parklarda sanoat kompaniyalari
ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralari birlashadi. 
Ilmiy-texnologik zonalarning samaradorligini belgilovchi mezon — bu yangi 
texnologiya, yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarni bir joyga to’plash, 
ularni o’quv-tadqiqot va tijorat tashkilotlari tarmoqlari orqali qo’llab-quvvatlovchi 
mahalliy muhitning yaratilishidir. 
Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. 

Download 471.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling