6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Download 471.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana14.04.2023
Hajmi471.17 Kb.
#1357339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 mavzu EIZ larning ahamiyati

Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish 
maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar 
(texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, 
innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) 
to‘plangan hudud. 
Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma 
obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-
ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat 
ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat 
ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud. 
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq 
rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-
joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. (Erkin savdo 
zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.) 
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning 
alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-
texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va 
ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali 
shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi 
(Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi). 
Iqtisodiy adabiyotda turli xildagi hududlarning mohiyatini yoritishda «erkin 
iqtisodiy hudud» terminidan foydalaniladi. Biroq, bu termin uning mohiyatini to’liq 
ifoda eta olmaydi. Bunda qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma’muriy 
tartib, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va 
xo’jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni engillashtiradi, ma’lum 


imtiyozlar beradi. Ko’rinib turibdiki, EIH tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan 
erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to’lovlari, import
nazoratlaridan ozod etilgani uchun ham bunday hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb 
ataladi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalari va investorlarni mavjud iqtisodiy-
huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi. Shuning uchun, 
fikrimizcha, bunday hududni «erkin» emas, balki «maxsus» iqtisodiy hudud, deb 
atash o’rinlidir. 
Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalar tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, 
maxsus iqtisodiy zona deganda tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori 
texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, 
belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud 
tushuniladi
1
.
Maxsus huquqiy rejim — maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya 
faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart-
sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui; 
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri — maxsus iqtisodiy 
zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi; 
Maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy 
kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan 
tasdiqlangan loyiha hujjati bo‘lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini 
rejalashtirish, 
qurish, 
rekonstruksiya 
qilish 
va 
shaharsozlik 
jihatidan 
o‘zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi. 
“Maxsus iqtisodiy zonalar” to’g’risidagi Qonun
2
ning 5-moddasiga asosan, 
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil 
etish sohasidagi vakolatli davlat organi: 
1
17.02.2020 yildagi O‘RQ-604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” 
2
https://lex.uz/docs/-4737511 


 
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni 
tashkil etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni 
tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini baholash 
uslubiyotini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 
 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida investorlarning, 
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining hamda tegishli vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralarning o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; 
 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan 
mavjud byurokratik to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal 
etishga doir ishlarni tashkil etadi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining ro‘yobga 
chiqarilish jarayoni monitoringini amalga oshiradi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasining va ishtirokchilarining faoliyati 
samaradorligini baholashdan o‘tkazadi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni 
tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etadi; 
 
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni 
tashkil etish, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining hamda 
ma’muriy kengashlarining faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. 
Iqtisodchi-olimlar tomonidan erkin iqtisodiy hudud tushunchasining mazmuni 
va mohiyati xususida turli fikrlar mavjud. Hozirgi kungacha iqtisodiy adabiyotlarda 
EIHlarga 30 xilga yaqin ta’rif berilmoqda. Chunki, na xorijiy adabiyotlarda, na 
mahalliy adabiyotlarda EIHning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan umumiy 
belgilari yoki umumiy ko’rsatkichlari ko’rsatib o’tilmagan. Turli davrlarda EIHning 
mohiyatidan kelib chiqqan holda turlicha ta’riflanmoqda. Masalan, iqtisodchilardan 
A.Kuznetsov: «An’anaviy ma’noda EIH deganda, davlatning suveren hududi bo’lib, 


u erdagi xorijiy tavorlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki 
xarid qilinishi mumkin»
3
, deb ta’riflaydi. 
1973-yil 18-mayda Kioto shahrida bo’lib o’tgan konventsiyada EIH 
tushunchasiga rasman izoh berilgan. Unda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud bu 
ma’lum bir davlat xududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona 
hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va 
soliqlaridan ozod etiladi»
4
. Bizning fikrimizcha, bu ta’rifda turli xildagi EIHlarning 
asosiy xususiyatlari yoritib o’tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va 
olib chiqib ketishga nisbatan to’g’ridir. Ushbu tushunchadan ko’rinib turibdiki, EIH 
tom ma’noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan 
tovarlar bojxona to’lovlaridan, import solig’i va import nazarotilardan ozod etilgani 
uchun ham bu hudud erkin iqtisodiy xudud, deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga 
xorijdan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan, deb e’lon 
qilinmaydi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarni mavjud 
iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi.
EIHlarning mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o’ynashini hisobga olgan holda 
O’zbekistonda ham “Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi
5
Qonun qabul qilingan. 
Erkin iqtisodiy zonalar – shunday geofafik hududki, unda mamlakatda qabul 
qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy 
etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga 
aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, 
mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi 
joriy etiladi. Erkin iqtisodiy zona – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, 
soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi. 
Davlatning EIHni tashkil etish orqali maxsus hududlarga investitsiya oqimini 
kuchaytirishga qaratilgan intilishlarini T.Danko va Z.Okrutlar ta’kidlab o’tadilar. 
3
Кузнецов А. Свободные зоны и национальная экономика. // «Мировая экономика и международные 
отношения». – №12. 1990. – С. 24. 
4
Рыбаков С.А., Орлова Н.А. Особые экономические зоны в России. – М.: «Вершина», 2006. – С. 248. 
5
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi «Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi 604-sonli Qonuni.


Ular EIHni «qulay investitsiya muhitini yaratish uchun hamda ishlab chiqarishni, 
savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag’batlantiruvchi omil, mexanizm», deb biladilar
6

Iqtisodiy lug’atlarda EIHning xorij investitsiyalarining kirib kelishini 
rag’batlantirishiga urg’u berilgan. U yerda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud – 
xorij kapitali ishtirokidagi faoliyatni rag’batlantiruvchi, imtiyozli valyuta- 
moliyaviy va anchayin qulay soliq rejimlariga ega bo’lgan hududdir»
7
. Biroq, 
professor E.Avdokushenning fikriga ko’ra, mamlakat xorij investitsiyalariga 
butunlikcha yo’l ochib berishni istamagan holda, balki investitsiyalarni ma’lum bir 
hududga yoki sohaga yo’naltirish niyatida, mamlakatning ba’zi yerlarida EIHlarni 
tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, so’ngi paytlarda davlatlar o’rtasida boshqa 
mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratib berilayotgan shart-
sharoitlar, imtiyozlar borasida kuchli raqobat bormoqda. Demak, bundan xulosa 
qilsak, bu kurashda EIH «jahon xo’jaligi miqyosida ko’chib yurgan kapitallar uchun 
o’ziga xos qopqon»
8
, deb hisoblasa bo’ladi.
Iqtisodiy ilmiy adabiyotlarda, ko’pincha, EIHga investorlarni nima jalb qilishi 
yuzasidan baxs yuritiladi. Ba’zi bir olimlar, bu masalaning echimi, faqatgina qulay 
rejim, xo’jalik yuritishning maxsus sharoiti, deb hisoblaydilar. Xususan, Ya.Druzik 
ko’rsatishicha, «...har qanday erkin iqtisodiy hududning rivojlanishidagi muhim 
sababchisi imtiyozlardir (bo’lib hisoblanadi)...»
9
. Boshqa bir olimlar guruhi, 
masalan, V.Ivchenko, L.Samoylova, A.Kunetsovlar EIH rejimi taklif etadigan 
imtiyozlar tizimi, har doim ham xorijiy investitsiyani jalb etishda asosiy omil bo’lib 
hisoblanmaydi, deb biladilar. Olimlarning yozishicha, «xorijiy investorlar uchun 
imtiyozlar hal qiluvchi emas, ularni, ko’proq, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy 
barqarorlik, xususiy mulkka nisbatan bo’lgan munosabat, erkin xalqaro bitim va 
shartnomalar qiziqtiradi»
10
.
6
Данько Т.П.,. Свободние экономические зоны в мировом хозяйстве. – М.: «ИНФРА-М», 1998. – С. 31. 
7
Краткий внешнеэкономический словарь-справочник. Под редакцией В.И.Рыбалкин. – М.: «Международные 
отношения», 1991. – С.82. 
8
Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. – М.: «Юрист», 1999. – С. 162. 
9
Друзик Я.С. Свободные экономические зоны. – Минск, 2000. – С. 14. 
10
Ивченко В.В., Самойлова Л.Б. Свободные экономические зоны в зарубежных станах и России. Учеб. пос. – 
Калининград, 1999.


Ayni paytda T.Danko va Z.Okrutlar ko’rsatishicha, «Erkin iqtisodiy hudud 
hamisha davlat yurisdiktsiyasi ostida bo’ladi»
11
.
Ushbu masala bo’yicha muallif professor K.Semenov fikriga qo’shiladi, Uning 
yozishicha, «...Erkin iqtisodiy hududning davlatga nisbatan bo’lgan mustaqilligi 
absolyut emas, balki nisbiydir...» va «...EIHdagi qonun mahsulot egalari va 
investorlarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan butkul ozod etmaydi, balki uni 
engillashtiradi. Bu hudud, unga olib kirilgan tovarlarga turli boj va soliqlar 
to’lanmasligi yuzasidan erkindir»
12

O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni 
faollashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan M.Raimjonova EIHni 
quyidagicha ta’riflagan: «mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va ma’muriy 
boshqaruvga ega bo’lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda uning 
nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat 
yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va 
rag’batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud, deb tushuniladi»
13


Download 471.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling