6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni
Download 471.17 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu EIZ larning ahamiyati
Sanoat-ishlab chiqarish zonalari:
■ari: a) «nuqtali» 1 — 2 gacha Yo’q Bojxona imtiyozlari Braziliya, Meksika, Puerto- Riko, Filippin, Karib havzasi b) sanoat park- lari 0,1 - 0,5 1 20 Majburiy emas Bojxona imtiyozlari Janubi-Sharqiy Osiyo, Meksika Savdo-ishlab chiqarish 1 -4 Majburiy Bojxona imtiyozlari AQSh Kichik biznes zonalari 0,01 - 3 Yo’q Moliyaviy, soliq im- tiyozlari Hindiston, Yaqin Sharq, Argentina, Frantsiya Ilmiy-texnologik (ilmiy-ishlab chiqarish) 2-20 Majburiy emas Soliq imtiyozlari Janubi-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamla-katlari Offshor moliya markazlari 0,05-0,1 Yo’q Soliq im- tiyozlari Karib havzasi, Gonkong, Singapur Kompleks: a) maxsus iqtisodiy 16 - 330 Majburiy Soliq, bojxona, moliya Xitoy b) “Maxsus” zonasiga o’x- shash alohida rejimga ega hududlar 80 dan yuqori Hudud qismlari uchun majburiy Soliq, bojxona, moliya Braziliya («Manaus»), Argentina («Olovli er») v) alohida iq- tisodiy zonalar Ma’muriy- hududiy tuzilmalar doirasida (shahar, tu- man) Alohida zonada joylashgan kichik (lokal) hududlar uchui majburiy Soliq, bojxona, moliya Rossiya (Kaliningrad viloyati) *Ma’muriy imtiyozlar barcha turdagi zonalar uchun bazaviy hisoblanadi. MIZda asosan bojxona, soliq va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq imtiyozlar qo’llaniladi. MIZ hajmi jihatdan o’rtacha 0,01 kv. km. dan 330 kv. km. gacha bo’lgan hududlarni qamrab olishi mumkin. MIZlar faoliyat yuritayotgan 123 ta mamlakatlar orasida eng ko’pi AQShga to’g’ri keladi. AQShda MIZlarning soni 240 tadan oshadi 15 . AQShda MIZlar 1930 yillarda tashkil qilina boshlagan. U «Tashqi savdo hududlari to’g’risida»gi (1934 y.) Qonun bilan birgalikda, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tashkil qilingan. MIZlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham MIZlar tashkil qilingan bo’lib, ular muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayapti. U yerda, ko’proq, turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar va ofshor markazlari tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda MIZlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 15 http://ivr.nm.ru/2001/rus/p0107/p010703.htm Е.Неклюдова. СЭЗ. kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan. Rossiyada MIZlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o’rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha MIZlar ham vaqt o’tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (MIZga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta’sir ko’rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o’lkasining «Naxodka» MIZ va Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin. Shunday qilib, dunyodagi MIZlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o’zgarib bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo’jalik faoliyati mohiyati tovar ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko’rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo’lgan turlariga o’zgarib boradi. Yuqoridagilarga muvofiq, shuni xulosa qilish mumkinki, MIZlar milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi. MIZni tashkil qilish, uning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshiruvchi muhim bo’g’in sifatida qaraladi. MIZda iqtisodiyot tashqi dunyo bilan yuqori darajada aloqada bo’lish imkoniga ega, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki hamda tashqi investitsiyalar uchun ijobiydir. Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo’lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. O’z hududida MIZni tashkil qilayotgan davlat uchun, MIZlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko’pgina hollarda, MIZlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy strategiyasiga qo’shilib ketadi. MIZni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo’lgan makroiqtisodiy masalalarning echimiga qaratilgan bo’ladi. Xususan: – iqtisodiy o’sish darajasini tezlashtirish; – sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish; – ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to’yintirish. Biroq, bu maqsadlarga to’g’ridan-to’g’ri erishish har doim ham amalga oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko’rsatishicha, MIZlar bu masalani, xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishining ko’payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Huddi mana shu vaqtning o’zida MIZlar, qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida etakchi malakaga ega bo’lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday MIZ doimiy rivojlanishda bo’ladi. Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u rivojlanishning yuqori bosqichida bo’ladi, bu, o’z navbatida, MIZ oldida turgan maqsadlarning o’zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi. MIZ maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, xalq xo’jaligining strategik rejasiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham MIZni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farqlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan maqsad va sabablardan tashqari, MIZni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e’tibor qaratiladi: – ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijada valyuta kirib kelishini ta’minlash; – ish bilan bandlik ko’rsatkichini oshirish; – hududni xo’jalikda yangi usul va texnologiyalarni qo’llash bo’yicha poligonga aylantirish va milliy xo’jalikning o’sishiga erishish. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida MIZlarni tuzish maqsadlari, ko’p jihatdan, rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o’xshashdir. Masalan, Rossiyada MIZlarning tuzilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: – mamlakat iqtisodiyotiga xorij kapitalini jalb etish; – tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish; – eksport saloxiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko’paytirish; – ham xorij, ham milliy ilmiy echimlarni va «nou-xau»larni joriy qilish hisobiga ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal tatbiq etishni ta’minlash; – hudud miqyosida yangi xo’jalik yuritish usullarini sinab ko’rish. MIZlarning tuzilishi, faoliyat yuritishi va rivojlantirilishining huquqiy asosi bu huquqiy aktlar bo’lib, ularda quyidagilar aniqlanadi: hududning maqsadi, vazifalari va boshqarish tartibi; xorij va milliy kapitalga beriladigan turli imtiyozlar; xorijiy investitsiyalarni boshqarish; tashqi savdo va bojxona; oltin valyuta zaxiralari boshqaruvi va kreditlar; arbitraj va da’volarning ko’rilish tartibi. Download 471.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling