6-mavzu. Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Download 471.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana14.04.2023
Hajmi471.17 Kb.
#1357339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 mavzu EIZ larning ahamiyati

Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash 
va o’qitishni nazarda tutadi. 
Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki 
sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishni ko’zda tutadi. Misol uchun AQSh 
va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar XX asrning 80-yillarida iqtisodiy 
turg’unlik holatidagi hududlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun tashkil 
etilgan. Ushbu hududlarda ishbilarmonlarga mamlakatning boshqa hududlariga 
nisbatan moliya-viy imtiyozlar va xo’jalik faoliyati erkinligi beriladi. Ushbu 
dasturlar xorijiy kapitalni jalb etishni rag’batlantirish uchun maxsus yo’naltirilgan. 
Shu maqsadda qoloq hududlarni rivojlangan hududlarga aylantirishda asosiy e’tibor 
xorijiy kapitalni jalb etishga qaratiladi. 
Ettinchidan, ayrim mamlakatlarda erkin iqtisodiy hudud iqtisodiyotni
modernizatsiya qilishning mintaqaviy usuli sifatida qaraladi. 
Maxsus iqtisodiy zonalar o’zining umumiy maqsadlariga ko’p o’xshash, biroq,
ularning funktsiyalari xilma-xil hisoblanadi Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-
tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog’liq. 
Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar xo’jalik faoliyatining 
ixtisoslashuviga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi: erkin savdo zonalari, sanoat-
ishlab chiqarish zonalari, ilmiy-texnologik (texnoparklar, texnopolislar), offshor 
markazlar, iqtisodiy-ekologik va tor sohaga ixtisoslashgan zonalar (turistik) va 


kompleks zonalar
14

Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) 
hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin 
chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda 
saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo 
zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. 
Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz 
va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa 
ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni 
qoplaydi. 

Download 471.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling