6-mavzu. Issiqlik uzatish. Issnklnk uzatish prinsiplari. Issiklik o’’tkazuvchanlik.
Download 131.9 Kb.
|
6-ma\'ruza
6-mavzu. Issiqlik uzatish. Issnklnk uzatish prinsiplari. Issiklik o’’tkazuvchanlik. (konvektiv issiqlik- uzatish) Reja: Quyosh radiatsiyasi. Spektral tarkibi. Quyosh doimiysi. Nurlanishning asosiy qonunlari. Atmosferada quyosh radiatsiyasining yutilishi va sochilishi. Kuchsizlanish qonuni. Atmosferaning shaffoflik xarakteristikalari. 5. Atmosfera shaffofligining integral xarakteristikalari. Quyosh radiatsiyasi. Spektral tarkibi. Quyosh doimiysi. Quyosh nurlagan elektromagnit energiyasi quyosh radiatsiyasi yoki nurli energiya deb ataladi. yer sirtiga yetib kelgan quyosh radiatsiyasining asosiy qismi issiqlikka aylanadi. Sayyoramiz uchun quyosh radiatsiyasi yagona energiya manbaidir. Harorati mutlaq noldan yuqori bo’lgan barcha jismlar o’zidan radiatsiya nurlaydi. Meteorologiyada nurlanayotgan jismning harorati va nurlanish qobiliyati bilan belgilanadigan haroratga bog’liq radiatsiya ko’riladi. Jismning nurlanish qobiliyati deb birlik vaqt davomida birlik yuzadan (S=1 m2) barcha yo’nalishlarda nurlanayotgan energiya miqdori tushuniladi. Bu kattalik nurli oqim yoki radiatsiya oqimi deb ham ataladi. SI tizimida uning o’lchov birligi J/m2s yoki Vt/m2. O’z navbatida nurlanayotgan jism atrofdagi jismlardan kelayotgan energiyani yutadi. Jism va atrof-muhit orasida nurlangan va yutilgan energiya farqlari bilan belgilanadigan nurli issiqlik almashinuvi yuzaga keladi. Issiqlik muvozanatida issiqlik kelishi uning yo’qotilishi bilan muvozanatda bo’ladi. Yer shari nurli muvozanat holatida bo’ladi, chunki u quyosh radiatsiyasini yutadi va nurlanishi orqali yo’qotadi. Radiatsiya nurlayotgan jism soviydi, ya’ni uning ichki energiyasi nurli energiyaga aylanadi. Radiatsiya yutilishida esa nurli energiya ichki energiya, keyinchalik esa energiyaning boshqa turlariga aylanadi. Jismlarning yutish va nurlash xossalari mutlaq qora jismga taalluqli Kirxgof, Plank, Vin va Stefan-Bolsman qonunlari bilan tavsiflanadi. To’lqin uzunligidan qat’iy nazar kelayotgan radiatsiyani butunlay yutadigan jism mutlaq qora jism deb ataladi. Bu qonunlar bo’yicha nurlanayotgan jismning harorati qancha baland bo’lsa, u shuncha ko’proq energiyani oladi (yutadi). Harorat ortishi bilan energiya maksimumi qisqa to’lqinlar tomoniga suriladi. Quyosh nurlanishi mutlaq qora jismning nurlanish qonunlari bilan tavsiflanadi, yer nurlanishi esa bundan biroz farq qiladi. Quyosh elektromagnit to’lqinlarni keng diapazonda nurlaydi: gamma-nurlardan to radioto’lqinlargacha. Meteorologiyada 0,1 mkm dan 4 mkm gacha to’lqinlar diapazoniga to’g’ri keladigan Quyosh radiatsiyasi ko’riladi, chunki bu to’lqinlar diapazoniga Quyosh radiatsiyaning 99% energiyasi to’g’ri keladi. Bu to’lqinlar diapazonidagi radiatsiya qisqa to’lqinli radiatsiya deb ataladi. Quyosh radiatsiya energiyasining to’lqinlar uzunligi bo’yicha o’zgarishi quyosh radiatsiyasi spektri deb nomlanadi (1-rasm). Quyosh radiatsiyasi spektrini shartli ravishda bir necha qismlarga bo’lish mumkin. 0,10,39 mkm to’lqinlar diapazonidagi radiatsiya – ultrabinafsha radiatsiya deb nomlanadi. Bu diapazondagi radiatsiyaga quyosh radiatsiyaning 9% energiyasi to’g’ri keladi. Ko’rinuvchan radiatsiya 0,40 dan 0,76 mkm gacha to’lqinlar diapazonini egallaydi va bu diapazonga quyosh radiatsiyasining 47% energiyasi to’g’ri keladi. Infraqizil nurlanish (0,764 mkm) quyosh nurlanishining tahminan 44% ini tashkil qiladi.
Download 131.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling