6-mavzu. Issiqlik uzatish. Issnklnk uzatish prinsiplari. Issiklik o’’tkazuvchanlik.


Download 131.9 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi131.9 Kb.
#1253474
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza

Atmosferaning optik qalinligi (yoki kuchsizlanish koeffitsiyenti) deb nomlangan0 kattalikni kiritamiz va (15) ifodani quyidagicha yozamiz:

. (16)


Bu formula Bugge-Lambert qonuni yoki kuchsizlanish qonunini ifodalaydi.


Amalda atmosferada quyosh radiatsiyasining kuchsizlanishini xarakterlash uchun atmosferaning shaffoflik koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi:
. (17)

U holda (5.16) quyidagicha ifodalanadi:


(18)


agar Quyosh tikkada bo’lsa (m=1):



yoki (19)

Demak, shaffoflik koeffitsiyenti Quyosh tikkada bo’lganida radiatsiya oqimining qanchasi yer sirtiga yetib kelishini ko’rsatadi.


SHaffoflik koeffitsiyenti havo massasining fizikaviy xususiyatlarini tavsiflaydi. Havoda quyosh radiatsiyasini yutadigan gazlar va aerozol aralashmalar miqdori qancha ko’p bo’lsa, shaffoflik koeffitsiyenti shunchalik kichik bo’ladi. SHu bilan birga monoxromatik oqim uchun shaffoflik koeffitsiyenti Quyoshning burchak balandligi, demak atmosferaning optik massasiga bog’liq emas.
SHaffoflik koeffitsiyenti to’lqin uzunligining funksiyasidir. Nazariy hisoblashlar ideal (toza va quruq) atmosfera uchun quyidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi:



λ, mkm

0,35

0,39

0,45

0,50

0,60

0,70

0,80

1,00

2,00

Rλ

0,551

0,685

0,812

0,874

0,938

0,966

0,980

0,992

0,999

Bu bog’lanish ideal atmosferadagi sochilish kuchsizlanishning asosiy jarayoni ekanligi bilan tushintirilib, qisqa to’lqinlar uchun eng kuchli ifodalanadi.


Radiatsiya oqimining umumiy (integral) kuchsizlanishi ifodasini hosil qilish uchun uni barcha to’lqin uzunliklari bo’yicha integrallash kerak:

(20)


To’lqin uzunligiga bog’liqligi sababli bu integralni hisoblash yetarlicha qiyin. SHuning uchun Rλ ning biror o’rtacha qiymati kiritiladi va quyidagi ifoda hosil qilinadi:


(21)


bu yerda R – integral shaffoflik koeffitsiyenti.





Download 131.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling