6-mavzu: Kartoshkaning botanik morfologik tuzilishi biologik xususiyatlari va navlari bilan tanishish. Kartoshkani tarqalish tarixi
O‘zbekistonda kartoshka navlarining xilma-xilligi
Download 41.39 Kb.
|
8 Тарқатма матриал Картошка экинини навлари морфологик тузилишини
O‘zbekistonda kartoshka navlarining xilma-xilligi.
O‘tgan asrning 30-yillarigacha O‘zbekistonda Rossiyadan keltirilgan navlar ekilgan. O‘sha vaqtlarda ilmiy korxonalar bahorda ekish uchun ertapishar Rannyaya roza, Kurer, Xibinы 3, o‘rtapishar – Berlixingen, kechki muddatda ekishga - o‘rtapishar Lorx va kechpishar Voltman navlarini tavsiya qilganlar. 50-yillardan boshlab chetdan keltirilgan navlarni avval ilmiy tekshirish institutlarida, so‘ngra – davlat nav sinash uchastkalarida sinash natijasida kartoshka navlarining hilma-hilligi shakllantirilgan. Yozgi muddatda ekish uchun O‘zbekistonda 1952 y. birinchi marta ikkita nav rayonlashtirildi: o‘rtapishar Lorx va kechpishar Voltman. Rayonlashtirishda birinchisi 2001 yilgacha, ikkinchisi esa 1984 yilgacha saqlandi. Keyin bahorgi va yozgi muddatlarda ekish uchun nemes sorti Berlixingen (1955-1997) MDX navlari –Sedov (1963-2001), Priekulskiy ranniy (1972-1997), Falenskiy (1975-2001), Belorusskiy ranniy (1980-2001), Detskoselskiy (1986-2001) tavsiya qilindi. Faqat yozgi muddatlarda ekish uchun Temp (1989-2001) va Ogonek (1989-2001) navlari rayonlashtirildi. Aloqalarni uzilishi va kartoshka urug‘ligini keltirilishi to‘xtaganligi sababli 2002y. boshlab MDX navlari O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestridan chiqarib tashlandi. Davlat reestriga 1998y. dan boshlab Niderlandiya, Germaniya va Polsha davlatlarida yaratilgan kartoshka navlari kiritila boshlandi. Davlat reestrida Polshaning 2 ta navi (Koliya, Lotos) 2 yil (1998-1999y.y.), ikkita (Orlik, Perkoss) navi to‘rt yil (1998-2001 y.y.) davomida va Irga navi 5 yil (1998-2002y.y.) davomida reestrda bo‘lib turdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Reestrida 2002 yildan boshlab faqat mamlakatimiz, german va niderland navlari mavjud. O‘tgan asrning 60-yillarining boshidan boshlab kartoshka navlarining mahalliy seleksiyasi ishlari boshlandi. Oldiniga kolleksiya nav namunalaridan saralab olish yo‘li bilan, keyinchalik esa duragaylash usulida tanlash yo‘li bilan ishlar olib borildi. Seleksioner Obidov A. 60-yillarning boshlarida O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida chili kolleksiya namunalari ichidan yakka va yoppasiga tanlov yo‘li bilan kartoshkaning Obidov-1 navini yaratdi. Keyin u yaxshilandi va 1969-1989 yillarda yaxshilangan Obidov-2 navi nomi bilan rayonlashtirildi. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling