6-mavzu: Kartoshkaning botanik morfologik tuzilishi biologik xususiyatlari va navlari bilan tanishish. Kartoshkani tarqalish tarixi
Kechki kartoshka asosiy ekin sifatida
Download 41.39 Kb.
|
8 Тарқатма матриал Картошка экинини навлари морфологик тузилишини
Kechki kartoshka asosiy ekin sifatida yetishtirilsa bahor faslida yerdagi begona o‘tlar yo‘qotiladi va tuproqda nitrifikatsiya jarayonini kuchaytirish uchun uni kartoshka ekilgunicha toza yer sifatida saqlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda, yozgi kartoshka asosiy ekin sifatida ekiladigan maydonga u ekilishidan oldin qo‘yidagicha ishlov beriladi:
atmosfera yog‘in – sochinlaridan to‘plangan namlikni saqlab qolish uchun erta bahorda (mart) borona solish; aprel-may oylarida 1-2 marta sidirg‘a kultivatsiya qilish; ekish oldidan ag‘darmasdan haydash va boronalash. Yer begona o‘tlar bilan kuchli ifloslashgan bo‘lsa uni kultivatsiya qilish va ag‘darmasdan haydash oralig‘ida sug‘orib, begona o‘tlar urug‘ini ko‘karishga majbur etib, navbatdagi ishlov berishda ular yo‘qotiladi. Kechki kartoshka uchun ekish oldidan yerga ishlov berish jarayoniga barcha hollarda joriy tekislash kiritilishi kerak. O‘zbekiston sabzavot poliz va kartoshka ilmiy tadqiqot instituti oziq-ovqatga ishlatiladigan kechki kartoshkani quyidagi muddatlarda ekishni tavsiya etadi: markaziy zonada (Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysida) ertagi navlar 1-10 iyulda, o‘rtagilar – 10-20 iyunda, o‘rtagi kechpishar – 1-10 iyulda. Janubiy zonalarda (Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida) navlar bo‘yicha tegishlicha: 10-20 iyulda, 25 iyun – 5 iyulda va 10-20 iyunda; Shimoliy zonalarda (Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoi viloyatlarida) – 20-30 iyunda, 10-20 iyun va 25 may-10 iyunda. Mayda tuganaklar, o‘rtacha va yiriklarga nisbatan yomon saqalanadi. Shuning uchun ularni oldin ekish kerak. Shu bilan birga chetdan keltirilgan urug‘liklarni ham oldin ekish maqsadga muvofiqdir. Bizni sharoitimizda kartoshkani ekish chuqurligini, uni ekish muddati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlariga ega. O‘zbekistonda yozgi ekish muddati davrida tuproq kuchli qizib va u tezda qurib qoladi. Shuning uchun urug‘lik tugunak chuqur ekilsa, u tuproqning harorati past va namligi ko‘p qatlamiga joylashadi. Shu sababli ekilgan tugunaklardan baquvvat nihol olish uchun yozgi muddatda u chuqur ekiladi. Yozgi muddatda o‘rtacha yiriklikdagi urug‘liklar 10-12 sm chuqurlikka, yiriklari esa 12-14 smga ekiladi. Yozgi muddatda ekish yuqori xaroratli kunlarda utkaziladi, uruglik tugunaklardan tuliq kuchat olish uchun ular tuproqning namligi kup bulgan qatlamiga joylashtirilishi zarur. Shu sababli oldindan olingan egatlarni sugorib, yetilgan davrida ekish tavsiya etiladi. Kartoshka yozda tekis dalaga ekilsa, ekish bilan bir vaqtda egat olinib shu kuni sugorilishi kerak. Sugorish bir kunga kechiktirilsa, xata miqdori sezilarli darajada kupayib ketadi. Kechki muddatda ekiladigan kartoshka 70 sm oraliqda olingan egatlarga, qatordagi o‘simliklar oralig‘ini 20 sm dan 40 sm gacha masofa oralig‘igacha ekiladi. Bunday masofaga ekilganda bir o‘simlikning oziqlanish maydoni 0,14-0,28 m2 bo‘lib, gektardagi o‘simliklar soni 21-74 ming tupni tashkil etadi. O‘zbekiston sharoitida yozgi muddatda ekilgan kartoshka nihollari ekilganidan 10-12 kundan so‘ng hosil bo‘ldai. Bu muddatda ekilganda qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Shu sababli kechki kartoshka ekilgan maydonlarda nihol hosil bo‘lgunicha borona solinmaydi va kultivatsiya qilinmaydi. Ayrim hollarda nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng kultivatsiya qilinadi. Kartoshka ekilgan maydonlarda qator orasiga ishlov berishning ikkinchi bosqichi nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng boshlanadi. Yozda ekilgan kartoshka qator orasi 12-16 sm chuqurlikda 2 marta kultivatsiya qilinadi va qo‘lda 2 marta chopiq o‘tkaziladi. Birinchi kultivatsiya va chopiq nig‘ollar bo‘yi 18-20 sm ga yetganda, ikkinchisi esa birinchisidan 20-25 kundan so‘ng o‘tkaziladi. Kultivatsiya qilish KRN-2,8A, KXO-4 rutumli kultivatorlar bilan va GF-2, GF-4 markali pushta hosil qiluvchi frezerli mexanizmlar yordamida o‘tkaziladi. Kartoshka ekilgan maydonlarda kontakt va sistemali ta’sir etadigan gerbitsidlar qo‘llaniladi. Kartoshka ekiladigan va ekilgan maydonlarda quyidagi usul va muddatlarda gerbitsidlar qo‘llaniladi: ekilgunicha, urug‘lik tugunaklar unaboshlash bosqichida, nihol hosil bo‘lishiga yaqin; 5-10 foiz nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng, o‘simlik bo‘yi 20 sm yetgan va yoki begona o‘tlar urug‘ bargli bosqichida. Birinchi to‘rt usulda tuproq orqali, nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng esa- bargi orqali ta’sir etadigan gerbitsidlardan foydalaniladi. Kartoshka ekilgan maydonlarda quyidagi gerbitsidlarni qo‘llashni tavsiya etadi: nihollar hosil bo‘lgunicha gezagard 50 (prometrin) 50% s.p. -–3-4 kg/ga, stom 33% k.e. –3-6 l/ga; nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng (begona o‘tlarda 2-6 dona barg hosil bo‘lganida)- zelek super 104 g/l k.e. – 1 l/ga, tarta super – 5% k.e. – 2-4 l/ga. Yozda ekilgan kartoshkaning dastlabki o‘suv davrida harorat juda yuqori bo‘ladi va ana shu davrda yog‘ingarchilik deyarli bo‘lmaydi. O‘suv davrining ikkinchi yarmida, ya’ni kartoshka tugunaklar hosil qilayotgan va ayniqsa hosili yetilayotgan davrda harorat pasayib, o‘suv davri oxiriga kelganda yomg‘ir yog‘a boshlaydi. Shuning uchun kechki kartoshka albatta sug‘orilgan yerga ekiladi yoki ekilgandan keyin darhol suv beriladi. Kechki kartoshka ekilganidan so‘ng darhol sug‘orilishi kerak. Kechki kartoshka sizot suvi yuza joylashgan yerlarda o‘suv davri mobaynida 7-10 chuqur joylashganda esa 12-15 marta sug‘oriladi. O‘suv davridagi sug‘orishlar bir xilda 8-10 kunda oralatib sug‘oriladi. Hosilni yig‘ishtirishga ikki hafta qolganda sug‘orish to‘xtatiladi. Yozgi muddatlarda ekiladigan kartoshka uchun o‘g‘itlar tuproqga ekish oldi ishlovida beriladi. Fosforli o‘g‘itlarni 25% va azotli o‘g‘itlarni 20% ertagi va kechki muddatlarda kartoshkani ekish vaqtida beriladi. Azotli o‘g‘itlarning qolgan qismining 30% birinchi oziqlantirishda, ya’ni o‘simliklar bo‘yi 15-20 sm yetganida va qolgan 50% ikkinchi oziqlantirishda, shonalash davrida beriladi. O‘zbekistonning bir qator xo‘jaliklarida kartoshkaga o‘g‘itlardan foydalanishda quyidagi tizim qo‘llaniladi. Yozgi muddatlarda kechki kartoshka yetishtirishda tuproqqa asosiy ishlov berish davrida 20-25 t/ga go‘ng, 300-350 kg/ga ammofos va 150-200 kg/ga kaliy tuzi beriladi. Ertagi va kechki kartoshkada ikki marta oziqlantirish o‘tkaziladi: birinch marotaba kompleks ishlov berilganda va shonalash davrida 250-300 kg/ga ammiak selitrasi har bir qator oralariga solinadi. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling