6-mavzu: Kartoshkaning botanik morfologik tuzilishi biologik xususiyatlari va navlari bilan tanishish. Kartoshkani tarqalish tarixi


O‘zbekistonda keng tarqalgan kartoshka navlari


Download 41.39 Kb.
bet3/6
Sana03.01.2023
Hajmi41.39 Kb.
#1075817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 Тарқатма матриал Картошка экинини навлари морфологик тузилишини

O‘zbekistonda keng tarqalgan kartoshka navlari.
Ertapishar navlar: Zarafshon, Quvonch 1656 M, Latona, Fresko, Red Skarlet.
O‘rtagi-ertagi navlar: Bahro-30, Hamkor 1150, Kondor, Marfona, Romano, Kurodo.
O‘rtagi ertagi-o‘rtagi kechki (o‘rtapishar) navlar: To‘yimli, Umid, Viktoriya, Pikasso, Sante, Red Star, Simfoniya.
O‘rtagi kechki navlar: Aqrob, Mondial, Diamant, Kardinal.
Malumki, har qanday navda ham ijobiy va salbiy belgilari va xususiyatlari bo‘lib, u turli yillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har bir xo‘jalikda bir nechta kartoshka navini yetishtirgan ma’qul. Ushbu navni o‘ziga xos parvarishlash texnologiyasiga bo‘lgan talabini bilishdan maqsad, uning genetik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishdir. Buning uchun ilmiy korxonalardan maslahat olish foydali. Har qanday navni parvarishlaganda, ushbu xudud sharoitiga o‘xshash mintaqada navlar sinalganda olingan hosildorlikka nisbatan, hech bo‘lmaganda xo‘jaliklardagi hosildorlik 80% ni tashkil qilish kerak.
Kartoshka morfologiyasi va anatomiyasi. O‘simlikning morfologik tavsifi seleksiya va urug‘chilik ishlarida muhim ahamiyatga ega, chunki qimmatli shakllarini (formalarini) tanlashni samarali o‘tkazishni ta’minlaydi. Masalan, navlarni klassifikatsiyalashda gul, o‘simta va tuganak ranglaridan keng foydalaniladi. Kartoshka o‘simligining morfologik belgilari u o‘stirilayotgan sharoit ta’sirida ma’lum darajada o‘zgaradi. Kartoshkaning ayrim qizil po‘stli navlarini 10 soatli qisqa kunda yetishtirilsa tuganagi po‘sti qizil emas oq bo‘ladi.
Kartoshkaning asosiy a’zolari quyidagi morfologik belgilari va anatomik tuzilishi bilan tavsiflanadi.
Poya. Tuproqqa ekilgan tuganak o‘simtalaridan (ko‘zchalaridan) yer ustki poyalari rivojlanadi. Tuganakda shakllangan ko‘zchalar miqdori tupdagi poyalar sonini belgilaydi. Odatda, yirik tuganakdan hosil bo‘lgan o‘simlik, mayda tuganakdan hosil bo‘lganga nisbatan ko‘p poyali bo‘ladi. Hosilni ko‘p yoki kam bo‘lishi tupdagi poyalar soniga ma’lum darajada bog‘liq. Shuning uchun tuganak ko‘p ko‘zchalarini unishiga ta’sir etuvchi chora- tadbirlar tuganakni kesish, o‘sishni boshqaruvchi moddalarni, nur ta’sir ettirish va boshqalarni qo‘llash foydalidir.
Yer ustki poyasi o‘tsimon, avval tik, so‘ng yoyilib o‘sadigan, mayda tuk bilan qoplangan, ko‘ndalang kesimi uch-to‘rt qirrali, tarkibida xlorofill bo‘lgani uchun rangi ko‘k. Tugunagi rangli bo‘lgan ko‘pchilik navlarning poyalari antotsion bilan pigmentlangan bo‘ladi. Namlik yetarli bo‘lmasdan, yorug‘lik kuchli bo‘lsa, o‘simlik kattalashib borgan sari pigmentlanishi kuchayadi.
Poya balandligi o‘simlikni o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, u gullash davrida eng uzun bo‘ladi. Ertagi navlarga nisbatan, o‘rtagi va kechpisharlar bo‘g‘inlari soni ko‘pligi va poyasi baland bo‘yli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Poya balandligi ekish qalinligi, tuproq unumdorligi va namligiga ko‘ra o‘zgaruvchan bo‘ladi (30 sm dan 150 sm gacha).
Poyaning yer ostki novda qo‘ltiq kurtaklaridan stolon (oq tomir) deb ataluvchi poya o‘sib chiqadi va uning uchki qismi yo‘g‘onlashib tuganak hosil bo‘ladi. Oqtomir (stolon) yo‘g‘onligi poyaga nisbatan ingichka bo‘ladi. Oqtomirlar uzunligi turlicha: ertagi navlarda qisqa, kechpisharlarda esa uzun bo‘ladi. Oqtomirlar poyaning yer ostki qismi qo‘ltig‘ida hosil bo‘lgani uchun, chopiq qilish, suv quyiladigan egat tubini chuqurlashtirish oqtomirlar va tuganaklar sonini ko‘paytiradi va natijada hosildorligini oshiradi. Oq tomir va poyaning yer ostki qismi anatomik tuzilishi yer ustki poya tuzilishiga o‘xshashdir.
Barg.Urug‘ va tuganak ko‘karib hosil qilgan birinchi barg, oddiy chetlari tekis bo‘ladi.
O‘simlik o‘sib kattalashgan sari uzuq-uzuq-toq patsimon qirqilgan barg, avval bir, so‘ng uch va undan ko‘p uchki bo‘lakdan va barg bandi bilan qo‘shilib ketgan o‘zak, o‘zakchalarda joylashgan qarama-qarshi yon bo‘laklardan tuzilgan. Bargning uchki toq bo‘lagi shakli va yirikligiga ko‘ra yon bo‘laklardan kattaroq bo‘ladi. Bargning bo‘laklari ana shu toq bo‘lakdan boshlab sanaladi. Bargni kesikligi, uni soni, bo‘lak va bo‘lakchalarini taqsimlanishiga bog‘liq. U poyaning o‘rta qismida ko‘p bo‘lib, uchki va asos qismida esa kesiklik darajasi kamayadi. Barg bandi asosida mayda har xil shakldagi bargchalar (quloqchalar) bo‘ladi. Barg sathi silliq yoki burushgan, pastki qismida barg tomirlari ko‘rinib turadi. Barglar poya bo‘ylab spiral shaklida joylashgan bo‘lib, fazoda joylashishi gorizontalga o‘xshaydi. Ayrim navlar barglari osilganroq yoki biroz ko‘tarilganroq holda joylashadi.
Gul. Kartoshka o‘simligi guli gulto‘daga yig‘ilgan bo‘lib, tarqoq gajak hosil qiladi va u turli uzunlikdagi umumiy gul to‘plamini hosil qiladi. Gulpoyasi birikkan. Gullari besh pallali tipda. U havo namligi 50 foiz bo‘lgan haroratda yaxshi saqlanadi. Onalik ustunchasi (pestik) og‘izcha, ustuncha va tugundan iborat. Og‘izchasi boshsimon, to‘g‘nag‘ichsimon yoki ajralgan parraksimon bo‘ladi. Ustunchasi to‘g‘ri yoki biroz ochilgan, tugunchasi ustki urug‘ murtaklari ko‘p bo‘lgan ikki meva barglaridan iborat.
Kartoshka, o‘z-o‘zidan changlanadigan o‘simlik, ammo chetdan changlanadigan navlari ham uchraydi. Ko‘p navlari sterillangan. Turli navlarda gullash energiyasi bir xil emas. Ayrim navlari g‘unchalarini tashlab yuboradi va gullamaydi, boshqalari esa qiyg‘os gullaydi, ammo meva hosil qilmaydi.
Mevasi– ko‘p urug‘li, ikki uch uyali ko‘k, sharsimon yoki ovalsimon shaklli rezavor-meva.
Mevasi pishib yetilish davrida oqimtir rangga kirib yoqimli hid chiqaradi. Ammo, tarkibida solanin moddasi ko‘p bo‘lgani uchun iste’molga yaramaydi.
Har bir mevada 50-100 dona urug‘ shakllanadi. Urug‘i yassi, mayda, sarg‘imtir rangli, biroz bukilgan murtakli. 1000 dona urug‘ning vazni – 0,5 g. Urug‘ni uzunligi 1,7-2,1 mm, eni–1,1-1,6 mm, qalinligi–0,2-0,5 mm bo‘lib, unuvchanligini 7 yilgacha saqlaydi.

Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling