Nazorat savollar
1.Syujetli-rolli o’yinlar, sahnalashtirilgan o’yinlar, qurilish yasashga doir o’yinlar. Ular qanday o’yinlar turlari sanaladi?
MTM da tashkil etiladigan bolalar o’yinlari qanday turlarga ajratiladi?
3.Tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladigan erkin harakat yoki mashg’ulot nima?
24-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yiniga raxbarlik qilish.
Reja:
Tarbiyachi maktabgacha ta’lim muassasalarida o’yinlarga rahbarlik qilishdagi o’rni
Tarbiyachi har bir guruhdagi bolalar bilan ishlaganda qo’llaydigan rahbarlik usullari
Tayanch so‘zlar:Ertak,bola,ijod,o‘yin,usul,tarbiyachi,ta’lim,tarbiya
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradi lar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xii she’r, ertak qahramonlari ning o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi. Sahnalashtirish ishini quydagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin:
1.bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda quydagi talabga rioya q i l ish kerak:
Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchi lar ko‘p bo‘lishi kerak.
2.Asarda mazmun yaxshi bo‘lib qolmasdan, harakatlarning ham ko‘p bo‘lishi kerak
3.Asar ifodali o‘qishga mos kelishi shart.
4.Mazmuni qiziqarli bo‘lishi kerak.
5.Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirishi uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning
mazmunini o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq,soyateatirida ko‘rsatish orqali tanishtiriladi.
91
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish, postanovka ko‘rsatish, rasmlar nomoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |