6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja
Download 1.46 Mb.
|
Maktabgacha pedagogika (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-Mavzu:Bolani intelektual zukko bo‘lishini ta’minlash. Reja
- Tayanch so‘zlar
Nazorat savollar
Bolalarningqurishmateriallaribilano‘ynaydigano‘yinlarigarahbarlikusullari qanday? Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi? Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar geometrik jisimlarning xususiyatlar qanday? 25-Mavzu:Bolani intelektual zukko bo‘lishini ta’minlash. Reja: Bolaning intellectual qobiliyatini o’stirishda amalga oshiriladigan mashg’ulotlar Тarbiyalanuvchilarning intellectual qobilatinin aniqlash usullari Tayanch so‘zlar: Bolalar,rivojlanish,tarbiya,ta’lim,mashg‘ulot 96 Bolalarga ta’lim berishdan maqsad ularni aqliy tomondan rivojlantirish bo‘lganligi sababli yuqoridagi metodlardan shunday foydalanish lozimki, ular bolalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy xulosalar chiqarishga imkon bersin. Me-todlar ta’limning mazmuniga qarab tanlanadi. Agar ta’lim berish metodini mashg‘ulotning ma’lum bir qismiga yoki ayrim mashg‘ulotga qo‘llanilsa, unda metod qismlarga bo‘linib, usulga aylanib ketadi. Usul—bu metodning bir qismi. Usul mustaqil vazifani hal etmaydi. Metod bajaradigan vazifaga bo‘ysunadi. Shuning uchun bitta usulni har xil metodda qo‘llash mumkin yoki har xil tarbiyachilar bitta metodga har xil usul qo‘shishlari mumkin.Metodlarning har bir guruhi tarbiyachi va bolalar fao-liyatining o‘ziga xosligini belgilab beradi. Kuzatish metodi bolalarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtirish imkonini beradi, bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniga ega bo‘ladilar. Bu asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi. Kuzatish — bolaning narsa, buyum va voqealarni ma’lum maqsad bilan rejali ravishda idrok etishidir; bunda idrok, tafakkur, nuth bir-biriga faol ta’sir etadi. Kuzatish metodi orqali tarbiyachi bolalarni narsa va buyumlarni taqqos-lashga, sabab-oqibat bog‘lanishlarini farqlashga, narsa-buyumlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ularning o‘ziga xos belgi va sifatlarini ajrata bilishga o‘rgatadi.Kuzatish metodi ma’lum maqsadga qaratilgan sayr, ekskursiyalarda, jonli obyektlarni (hayvonlar, o‘simliklarni) kuzatishda yetakchi o‘rin egallaydi. Kuzatishni bolalarning faol ishtirok etishi bilan bog‘lab olib borish maqsadga muvofiqdir. Kuzatishda solishtirish usulidan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Agar kuzatish bolalarningamaliy faoliyat-lari bilan qo‘shib olib borilsa, yanada yaxshi bo‘ladi: bular tasviriy faoliyat, qurish-yasash, og‘zaki nutq, ya’ni kuzatgan narsalarni amalda qo‘llay bilishdir. Namoyish etish metodi. Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Bolalarga bilim berishda ta’lim metodlari va ularni tanlash materialning mazmuniga, bolalarning yoshiga va tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Agar tarbiyachining oldida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni buyumlar,
to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirish zarur bo‘lsa, badiiy asarlardan foydalanish 97 mumkin. Bolalarning yoshi yoki tayyorgarlik darajasiga qarab tarbiyachi ta’limning turli xil metod va uyeullarini qo‘llaydi: masalan, kichik guruhda hikoya qilishga o‘rgatish uchun suratlar yoki o‘yinchoqlarni ko‘zdan kechirish, o‘rta guruhda — kichikroq ertak yoki hikoyalarni qaytadan gapirib berish, suratga qarab hikoya qilish, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida — reja bo‘yicha, boshlab berish bo‘yicha, xotira bo‘yicha ijodiy hikoyalar tuzish va hokazolar maqsadga muvofiqdir. Bolalarning ko‘nikma va malakalarni egallab borishiga qarab ta’lim metodlari ham o‘zgaradi: rasm chizishga o‘rgatishda dastlab kichkintoylar taqlid qilishi ke-rak bo‘lgan namuna beriladi, keyin esa bolalarning tasvir xilini o‘zgartira olishlari uchun ularga bir nechta namuna tak-lif qilinishi mumkin va, nihoyat, zarur ko‘nikma va malaka-lar paydo bo‘lgandan keyin o‘zlari o‘ylab rasm chizishlari tak-lif qilinadi. Har bir mashg‘ulotda tarbiyachi usullar birikmasidan foydalanadi. masalan, «qo‘g‘irchoqqa uycha quramiz» mavzusidagi mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kichik guruhda shunday usullar qo‘l-laniladi: kutilmagan o‘yin usuli («eshikni kimdir taqillat-yapti»), buyumlarni (dastlab qo‘g‘irchoqni, keyin uning mebel-larini ko‘rsatish), ko‘rsatilganlarga tushuntirish, bolalarga savol berish («stol nima uchun kerak?») va didaktik o‘yin (.o‘yin vaqtida bolalar xonasini mebel bilan jihozlaydilar). Bolaning oldida kattalarning obro‘si juda yuqori bo‘ladi. Bola bilmagan narsasini bilish uchun tarbiyachi va ota-onalarga ishonch bilan murojaat qiladi. Mana shunda kattalar bolaning savoliga, uni qiziqtirgan narsa to‘g‘risida javob berishdan bosh tortsalar, bola boshqa manbalardan javob qidirishga urinadi, bular aksariyat ishonchsiz manbalar bo‘ladi. Bu bilan kattalar bolaning aqliy rivojlanishiga to‘sqin-lik qiladilar, uning ma’naviy o‘sishiga yordam bermaydilar. Bolani qiziqtirgan savollarga kattalar har doim ham batafsil javob berishlari shart emas, agar shu savolga bolaning o‘zida yetarli bilim borligi sezilsa, u holda bolani mustaqil fikrlashga undan lozim (ya’ni «Qani, o‘zing o‘ylab ko‘r-chi, bu qanday narsa ekan?»). Bolaning savollari uning bilim dara-jasiga mos bo‘ladi. Avvaliga unga narsa va buyumlarning nomini, nimaligini («Bu nima?», «Nomi nima?») aniqlovchi savollar beriladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling