6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja


Download 1.46 Mb.
bet26/51
Sana28.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1135898
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (2) (1)

Nazorat savollar



  1. Bolalarning intellectual faolligida ota- onalar qanday e’tibor berishi kerak?


  1. Bolalarning aqliy salohiyati yuksak darajada rivojlanishi uchun tartbiyachi nimalarga katta e’tibor berishi kerak?

98
26-Mavzu:Bolaning rivojlanishida o‘yinchoqlarning ahamiyati Reja:





  1. Bolaning rivojlanishida o’yinchoqlarning o’rni

  2. O‘yinchok bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi

  3. O’yinchoqlarga qo’yiladigan gigienik talablar

Tayanch so‘zlar: Bolalar,rivojlanish,tarbiya,ta’lim,mashg‘ulot

Farzandlarimiz milliy xunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoqlarni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik " degan fikrni birinchi prezidentimiz I.A Karimov "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida ta’kidlaydi.( 156 bet) Darhaqiqat go‘dakning ulg‘ayib kelajakda qanday yo‘ldan borishi o‘zi ning hayet tarzini qanday axloqiy ma’naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar o‘ynagani bilan belgilanadi O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ularni tarki b toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ularni shakllantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy ko‘g‘irchok bolalarni boshka millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni biri nchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchok estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoklarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.


O‘yinchok bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiklashtirishini rivojlantiradi.


Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoklar (shakldoklar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshk.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.


Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi.


Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar. mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.


Qurish-yasash o‘yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiridi hamda ijodkorl ikka intilish uyg‘otadi. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:


kublar, prizmalar, kon uslar, piramida. sli ndrlar, plasti nkalar. geometrik shakllar to‘plami.


turli blok - devor, kolonka va boshqa arxitektura va qurilish materiallari.


99
Mayda (stol o‘yi nlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xii bo‘ lishi mumkin.


Didaktik o‘yinchoklarning asosini xalq o‘yinchoklari tashkil kiladi. Ular o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.


Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoklar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar va boshqalar.


Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.


Musiqali va teatrlashtirilgan o‘yinchoklar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta


yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.


Pedagogic talab o‘ynchok obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g‘oyasi nuktai nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O‘yinchok bolada olijanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o‘yinchok real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.


Gigiyenik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.


Badiiy talablar. Shakl, buyoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi.





Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling